O‘zingizdek bo‘ling
Taniqli bo‘lishga harakat qilayotgan biznesmenlar bilan nimalar ro‘y beradi?
Yuqoridan kelib gapirish, rasmiy murojat, sun’iy do‘stona munosabat, yuridi jargon
va shu kabilar. Ularning xatini o‘qiganingizda uni huddi robot yozgandek tuyuladi.
Bunday kompaniyalar sizga murojaat qilishadi, siz bilan muloqot qilishmaydi.
Bu kabi professionallik niqobi – be’manilikdir. Lekin baribir kichik
kompaniyalar bu stilga taqlid qilishadi. Ular agar o‘zlari haqida ma’noli, ajoyib
gapirishsa, huddi professionallar kabi muhim ahamiyatli kompaniya bo‘lib qolamiz
deb o‘ylashadi. Aslida esa o‘zini bunday tutish ahmoqona ko‘rinadi. Uni ustiga
o‘zingizni proffessional ko‘rsatib, siz kichik kompaniyalarning eng muhim
afzalliklaridan birini qurbon qilasiz. Bu afzallik esa, atrofdagilar bilan to‘g‘ri va
oddiy aloqa qilishda, hech bir yuridik va PR-bo‘limlarining zaruratisiz, munosabatga
kirishish imkoniyatidir.
O‘z ko‘lamingizga munosib jaranglashning hech bir uyatli joyi yo‘q.
O‘zini haqqoniy tuta olish – biznes yuritishning eng oqilona uslubidir. Birinchi
ta’surot ko‘pincha til yordamida yaratilar ekan, unda yolg‘ondan boshlashning nima
keragi bor?
O‘zingizcha bo‘lishdan qo‘rqmang.
Ya’ni qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar– elektron pochtada yozishishdami,
buyurtmalarni rasmiylashtirishdami, bloglarda postlar yozishdami, intervyu va
taqdimotlar vaqtidami va boshqa hollardami, o‘zingizga munosib tilda gaplashing.
Do‘stlaringiz bilan qaysi tilda gaplashsangiz, mijozlaringiz bilan ham shu tilda
gaplashing. Har xil jargon va alohida slenglardan foydalanmang. Agar oddiy so‘zlar
bilan muammoni hal etish imkoni bo‘lsa, jarangdor so‘zlardan foydalanmang.
“Monetizatsiya” va “transparentlilik” haqida gapirmang, qanday qilib pul topish va
halol bo‘lish haqida gapiring. To‘rtta so‘z kerak bo‘lgan joyda, yetitasidan
foydalanmang.
Xodimlaringizni xatlarni mana bunga o‘xshash yuridik ilovalar bilan
yakunlashga majbur qilmang: “Bu e-mail-xat, aynan tegishli qabul qiluvchi (qabul
qilib oluvchilar)gagina atalgan bo‘lib, u maxfiy saqlanishi va axborotning tarqab
ketmasligi kerak”. Bu huddi kompaniyangizning: “Biz sizga ishonmaymiz va buni
sudda isbotlaymiz” degan xati bilan barobardir. Odamlarni shu tariqa siz bilan
xotirjam aloqa o‘rnatishlariga erishishingizda omad tilaymiz!
Yozganda uni o‘qilishi uchungina yozing, shunchaka nimanidir yozish
kerakligi uchun emas. Yozganlaringizni ovozingizni chiqarib o‘qing. U haqiqatdan
ham kimgadir urojaat qilayotganingiz kabi jaranglayaptimi? Matnni iloji boricha
suhbat ruhida yozishga harakat qiling. Xat yozish uslubi rasmiy bo‘lishi kearak deb
kim aytdi? So‘zlarni qog‘ozga tushirayotganingizda, o‘z shaxsiy fikrlash
tarzingizdan voz kechishingiz kerak deb kim aytdi? Qoidalar haqida unuting.
Muloqot qiling!
Yozayotganingizda uni boshqa odamlar ham o‘qishi mumkinligi haqida
o‘ylamang. Aynan kimga yozayotgan bo‘lsangiz o‘sha odam haqida o‘ylang va unga
atab yozing. Matnni ko‘pchilik o‘qishi mumkin deb yozish esa, gaplarning birbiriga
qovushmasligiga va qo‘pol bo‘lib chiqishiga olib keladi. Aynan aniq manzilga
murojaat qilish bilan esa, siz o‘qni katta ehtimol bian aniq nuqtaga tekkiza olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |