Rezba
Rezba (rus. rezat — kesmoq soʻzidan) — har xil shaklli detallarning ichki yoki tashqi sirtiga
oʻyilgan ariqcha va boʻrtmalar. Mashina detallari, mexanizmlar, asboblar, apparatlar,
inshootlarning qismlari va detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ariqcha va boʻrtmalarning
shakliga qarab, uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, trapetseidal, tirak, truba; oʻlchov tizimiga
koʻra, metrik va dyuym; kirim soniga qarab, 1,2 va koʻp kirimli; detalning oʻiilgan sirtiga va
yoʻnalishiga qarab, tashqi (vint, bolt va boshqalar) va ichki (gayka) xillarga, oʻramning
yoʻnalishiga (chapdan oʻngga yoki oʻngdan chapga) qarab, oʻnaqay va chapaqay xillarga
boʻlinadi. R.ning ikki qoʻshni boʻrtmasi yoki ariqchasi orasidagi masofa (S) R. qadami deyiladi.
U oʻzgarmas (ravon) va kattalashib boradigan boʻlishi mumkin.
R.ni qoʻlda (plashka, metchik bilan), metall kesish stanoklarida (maxsus moslama — kesish
kallagi oʻrnatib), oʻyish va kesish stanoklarida ochish mumkin. R. oʻyish stanogi bosym
taʼsirida tashqi R. oʻyish uchun ishlatiladi. Yassi va dumaloq qurolli xillari bor. Bunda
zagotovka sirtidan qirindi olinmaydi. R. metall kesish stanogida tashqi hamda ichki R. kesish
mumkin. Bunda plashka yoki keskichlar yordamida zagotovka sirtidan kirindi olinadi. R.
qirqish keskichlari oʻrnatilgan kallaklar bilan R. ochishning uyurma usuli keng tarqalgan. Bu
usulda kallaklar detalga nisbatan ekssentrik tarzda joylashtiriladi. Detal kallakning bir
aylanishiga mos ravishda R. kadamiga teng oʻq boʻyicha suriladi.
R. elementlari (tashki, ichki va oʻrta diametri, qadami va boshqalar) R. oʻlchash asboblari va
qurollari yordamida tekshiriladi. Bular: kalibrlar, mikrometr, rezbomer, R. andazalari, sinus
lineykalar, mikroskop, optimetr, proyektor va boshqa
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rezba&
action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Rezba&oldid=1815745
"
dan olindi