Rus musiqasi katta rivojlanish yo‘lini b'osib o'tdi. Rus musiqa san’atining yuksalishiga M. Glinka, A. Dargomijskiy, A. Borodin, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov. P. Chaykovskiy. A. Skryabin, S. Raxmaninov, A


-yilda M .P.M usorgskiy yana bir betakror o ‘ziga xos asar



Download 15,71 Kb.
bet4/5
Sana22.05.2023
Hajmi15,71 Kb.
#942106
1   2   3   4   5
Bog'liq
otabek mus ish

1874-yilda M .P.M usorgskiy yana bir betakror o ‘ziga xos asar
- “Ko'rgazmadan rasmlar” fortepiano pyesalari turkumini yozdi, bu turkum iqtidorli rassom va arxitektor V.Gartman rasmlari ko'rgazm asidan olingan taassurotlar asosida yaratildi.
1870-yillar o'rtasi va oxiri M .P.M usorgskiy hayotida og'ir davr bo'ldi. Tom oshabinlar yaxshi qabul qilishlariga qaramasdan “Boris Godunov” operasi qisqartirishlar bilan buzilgan holda juda kam qo'yilardi. Operaning birinchi marta qo'yilishidayoq senzura bir nechta sahnalami ta’qiqlab qo'ygan edi. 60-yillardagi rus san'atkorlarini jonlantirgan ko'tarilish 70-yillarga kelib shafqatsiz bostirish (reaksiya) bilan almashdi. Sezgir va ta’sirchan M.P.M usorgskiy butun vujudi bilan reaksiya azoblarini boshidan o'tkazdi. Bu yillarda u yolg'izlikdan iztirob chekadi.
Vaziyat taqozosi bilan o'sha yillarda “Moguchaya kuchka” ijodiy yig'ilishlari to'xtab qoldi. Uzoq davom etgan og'ir kasallik M.Balakirevni do'stlaridan, musiqadan ajratib qo'ydi. A.Borodin hatto “Knyaz Igor” operasi ustidagi ishni ham tashlab, ijtim oiy-m a’rifiy faoliyatga berilib ketdi, o'sha vaqtda Peterburg konservatoriyasining professori N.Rimskiy-Korsakov esa o'zining butun vaqtini kompozitsiyaning texnik tomonlarini o'rganishga sarflardi. “Xovanshina” operasini yaratish kabi ulkan g'oyaga berilib ketgan M .P.Musorgskiyga bulaming hammasi “Yangi rus maktabi” ishiga nisbatan sotqinlik bo'lib tuyilardi: “Moguchaya kuchka” yuraksiz sotqinlarga aylanib qoldi”, - o'kinch bilan o 'z xatida shikoyat qiladi.
Ushbu vaqtning o g 'ir kechinmalari “Quyoshsiz” deb nomlangan zulmatli romanslar turkumi va fojiaviy “O'lim qo'shiqlari va raqslari”da o 'z aksini topdi (ikkala turkum ham A.Golenishev-Kutuzov so'zlariga yozilgan). M.P.Musorgskiyning ikkinchi turkumdan “Trepak” qo'shiq-raqsi nodir asarlardan bo'lib, u tundagi bo'ronda qolib, muzlab qolayotgan qashshoq dehqonning achchiq taqdiriga bag'ishlangan.
M.P.Musorgskiy hayotining so'nggi yillarida ayniqsa o'zini yolg'iz sezadi. Ishni yo'qotishi bilan haqiqiy muhtojlik boshlandi. Kompozitoming sog‘ligi ham yomonlashib bordi. Faqatgina janubga qilgan safari unga qandaydir yorug‘lik olib keldi. 1879-yil yozida taniqli rus xonandasi D.Leonova M.P.Musorgskiyni jo ‘m avoz sifatida Rossiyaning janubiga o‘zi bilan konsert safariga taklif qildi. Bu konsertlarda M.P.Musogskiy o 'z asarlari, ko'proq operalardan parchalar ijro etdi. Safardan katta taassurot qoldi va qaytib kelganda u yangi ijodiy rejalarga to‘lib-toshgandi. Biroq 1881-yil boshida uning sog‘ligi keskin yomonlashdi. 14—fevralda o g ‘ir bemor kompozitorni harbiy gospitalga yotqizishadi, shu yerda u 16- mart kuni vafot etdi.
Oxiriga yetkazilmagan “Xovanshina”ni N.Rimskiy-Korsakov yakunladi. M oskva shahridagi Mamontov xususiy opera sahnasida qo'yilgan “Xovanshina” Dosifey partiyasini yosh rus xonandasi F.I.Shalyapin mohirona ijro etganligi tufayli juda katta muvaffaqiyat qozondi. Shu yillaniing o'zida F.Shalyapin Boris Godunov rolini betakror ijrochisiga aylandi.
Keyinroq, 1917—yilda, keksayib qolgan S.Kyui “Sorochinsk yarmarkasi” operasini oxiriga yetkazdi va o ‘zi tahrirdan o'tkazdi. Bu og‘ir vazifaga kompozitor V.Shebalin yanada chuqurroq yondashdi, u “Sorochinsk yarmarkasi”operasini yangidan ko‘rib chiqib, uni mohirona orkestrlashtirdi. Hozirgi kunda opera aynan uning tahririda ijro etiladi.


Download 15,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish