Rul yuritmasi trapetsiyasining turlari:
a-ko‘prik orqasida joylashgan trapetsiya; b-ko‘prik oldida joylashgan trapetsiya; v-sharnirli trapetsiya; g-olti sharnirli trapetsiya; d-olti sharnirli mayatnik richagli trapetsiya; ye-sakkiz sharnirli mayatnik richagli trapetsiya.
Trapetsiyalarning oldingi balkaga nisbatan joylashishi bo‘yicha orqada joylashgan (6-rasm, a) yoki oldinda joylashgan (6-rasm, b) bo‘ladi. Avtomobilning g‘ildiraklari nomustaqil osmaga ega bo‘lganida yaxlit ko‘ndalang tortqili trapetsiyalar (6-rasm a va b), mustaqil osmaga ega bo‘lganda esa, bo‘g‘inlarga ajratilgan ko‘ndalang tortqili trapetsiyalar (6-rasm, v, g, d, ye) ishlatiladi.
Ko‘ndalang tortqilarni choksiz trubadan tayyorlanib, uning rezbali uchlariga sharnirli bo‘g‘inlar biriktiriladi. Oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklarni yaqinlashuvini (sxojdeniye) rostlash maqsadida ko‘ndalang tortqining uzunligini rostlanadigan qilib tayyorlanadi.
Ko‘ndalang torqining uzunligini o‘zgartirish uchun sharnir 1 bilan rezba yordamida birikgan ko‘ndalang tortqi 3 ni maxsus kalitda burab (stopor gaykasini bo‘shatib) rostlanadi, 7-rasm. Tortqilarda qirqilgan rezbalar turli yo‘nalishga ega bo‘lib, rostlanishni aniq bajarish uchun rezba qadami har xil bo‘ladi.
Ko‘ndalang tortqi
1-sharnir bo‘g‘ini; 2-stopor gayka; 3-ko‘ndalang tortqi.
Ko‘ndalang tortiqilarning sharnirlarida tirqish bo‘lmasligi kerak. Shu sababli sharnirlarda yeyilishdan sodir bo‘ladigan tirqishlarni avtomatik rostlaydigan sharnirlar ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, 8-rasm.
Sharnir
1-prujina; 2-sharnirning barmog‘i.
Sharnir barmog‘i 2 ni siqib turgan prujina 1 barmoqning o‘qi bo‘ylab siquvchi kuch hosil qilishi hisobiga tirqish hosil bo‘lishni oldini oladi.
Rul chambaragi va kolonkasi
Avtomobilning xavfsizligini ta’minlovchi qismlarning biri jarohatlantirmaydigan rul mexanizmi hisoblanadi. Avtomobil to‘siqqa urilganida rul mexanizmi haydovchining jarohatlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jarohatlanish avtomobilning oldingi qismini ezilishi hisobiga, rul mexanizmini haydovchi tomonga siljishi natijasida sodir bo‘ladi. Shu sababli, avtomobil to‘siqqa urilganida rul mexanizmining karteri, imkon boricha ezilmaydigan joyga o‘rnatiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra avtomobillar bo‘yicha avtomobillarni oldi tarafi bilan to‘qnashish barcha yo‘l-transport hodisalarining 50% dan ko‘pini tashkil etadi. Shu sababdan halqaro qoidalar bo‘yicha avtomobillarga jarohatlantirmaydigan rul mexanizmlarini o‘rnatish talab etiladi.
Jarohat yetkazmaydigan rul mexanizmlarining turli konstruksiyalari - zarba energiyasini haydovchiga jarohat yetkazadigan kuchni kamaytirishi lozim.
TICO avtomobilida jarohatlanishga qarshi rul mexanizmi o‘rnatilgan bo‘lib, unda rul vali kardan sharnirlari bilan ulangan, uchta qismdan iborat, 9-rasm.
To‘qnashish natijasida avtomobilni oldingi qismi ezilganida, rul valini sharnirlarda tahlanish hisobiga, rul chambaragi haydovchi tomonga deyarli siljimaydi.
TICO avtomobilining shikastlantirmaydigan rul mexanizmi.
1-yuqorigi val; 2-kardanli uzatma; 3-rul chambaragi; 4-rul mexanizmi.
Rul boshqarmasiga diagnoz qo‘yish
Rul boshqarmasida quyidagi nosozliklar uchraydi:
rul chambaragidagi lyuft;
rul chambaragini aylantirish uchun qo‘yiladigan me’yoridan ortiq kuch;
detallarni bir-biriga nisbatan siljishlari.
Yengil avtomobil rul chambaragidagi lyuft 10 gradusdan ortmasligi kerak. Rul chambaragiga qo‘yiladigan kuch esa 7 . . 12N oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Rul boshqarmasiga diagnoz qo‘yishda rul chambaragidagi lyuft va rul chambaragiga qo‘yiladigan kuch aniqlanadi, rul yuritmasining tortqilaridagi sharnirli bo‘g‘inlari holati va mahkamlanganligi tekshiriladi. Lyuftni aniqlash uchun dinamometr – lyuft o‘lchagichi (13-rasm) rul chambaragiga o‘rnatiladi. Rul chambaragini burchakli siljishini 10N kuch ostida aniqlanadi. Bunday qilinganida detallarning ezilish xususiyatlaridan hosil bo‘ladigan noaniqliklarning oldi olinadi. Lyuftdan tashqari, sharnirli bo‘g‘inlarning chervyak podshipniklaridagi tirqishlar tekshiriladi. Rul mexanizmidagi tirqishni aniqlash uchun, rul tortqisini yechib qo‘yib, soshka valini bo‘ylama siljitib aniqlanadi. Mexanizmlardagi ishqalanish kuchlarini dinamometr-lyuft o‘lchagichga qo‘yilgan kuch bo‘yicha aniqlanadi. Rul boshqarmasida gidrokuchaytirgichlari bo‘lgan avtomobillarning rul chambaragidagi lyufti, dvigatel ishlab turganida tekshiriladi. Gidravlik kuchaytirgichli rul boshqarmasining soz ishlashi: moy idishidagi moyning sathi va dvigatel ishlab turganida hosil qiladigan moy bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Rul kolonkasini mahkamlanganligini tekshirish uchun, birikishdagi detallar siljitib ko‘rilib va gaykalarni tortib chiqish orqali tekshiriladi.
Rul boshqarmasini rostlashda tortqilar sharnirlari va mexanizmning ilashish detallari tirqishlari yo‘qotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |