Руководство по семинарная работе по малакологии


-расм. Deroceras reticulatum



Download 7,68 Mb.
bet18/19
Sana24.02.2023
Hajmi7,68 Mb.
#914241
TuriРуководство
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Малакалогия Uslubiy korsatma 2020

2 -расм. Deroceras reticulatum ning reproduktiv organining umumiy ko’rinishi. Gj-germofrodit bez, Gy-germofrodit yo’li, Ob-oqsil bez, Pj-penial bez, Pr-penis retraktori, Pe-penis Uq- urug’ qabul qilgich, Sod-spermovidukt.


Mashg’ulotni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun savollar:

  1. Qorinoyoqlilarning bu vakillarini nima uchun shilliqqurtlar deb ataladi?

  2. Deroceras reticuJatum ning xo’jalik ahamiyati nimadan iborat?

  3. Nima uchun Deroceras reticuJatum ni Evropa turi deb ataladi?

  4. Poyachako’zlilar urug’i vakillari chig’anoqlarining reduktsiyaga uchrash sababi nimada?

  5. Shilliqqurtlar faslning qaysi davrida ko’payadi?

Shillitsnurtlar jinsiy organining tuzilmshi chig’anoqli mollyuskalarnikidan farq qiladimi?

Taqqoslovchi belgilar

Broadband phaeozona

Broadband almaatini

1 .Sistematikasi:
a) bradybaenidae
b) buliminidae
v) hygromiidae
g) laurinae







2. Chig’anoq aylanalari soni:
a) 5.5
b) 5-5.5
v) 6.5







3.Chig’anoq rangi:
a) och qo’ng’ir yoki jigarrang
b) oqishsimon. uning usti spiralsimon uzun - uzun och jigarrang chiziqlar bilan qoplangan
v) to’q sarg’ish







4. Chig’anoq balandligi:
a) 6.1 —7,2
b) 8-10
v) 12-13







5.Chig’anoq skulpturasi:
a) ingichka chiziqlardan tashkil topgan
b) qalin va dag’al shu’lasimon chiziqlardan yoki spiralsimon chuqurchalardan iborat
v) ingichka shu’lasimon
chiziqlar va chuqur
jo’yaksimon qoplangan









Muxokama uchun savollar:

  1. Gelmint lichinkalari boshqa turlarga nisbatan nima uchun Xeroprela candacharira turida ko’proq uchraydi?

  2. Balandlik mintaqalariga nisbatan chig’anoq rangning o’zgarib borishi sababini aniqlang



11-Amaliy mashg‘ulot
Mollyuskalarini yig’ish va ular kollektsiyasini tayyorlash

Ishning maqsadi: Dala sharoitida mollyuskalarni yig’ish va ular kollektsiyasini tayyorlashni o’rganish.


Kerakli jihozlar: gurgut qutusi, turli xil plastmassa bankalar, shtangentsirkul, yumshoq qisqichlar, jarrohlik qaychisi, parafinli vannachalar, tomizg’ichlar, preparoval ninalar.
Ishning bajarilishi uchun qo’yilgan vazifalar. 1. Material yig’ish metodlarini A.A.Shileyko(1984), A.Pazilov, D.A.Azimov (2003) o’rganish. 2. Dala sharoitida tegishli idishlarga joylashtrish. 3. Har bir idishga tegishli etiketka yozish. 4. Labaratoriya sharoitida turlar tarkibini aniqlash. 5. Mollyuskalar kollektsiyasini tayyorlash.
Ishning bajarilishn yuzasidan umumiy ma’lumot.
Materialning asosiy qismi bahor oylarida yig’iladi. Mart oylarining ikkinchi o’n kunligidan boshlab material yig’ish boshlanadi. Materalni balandlik mintaqalar kesimida yig’ish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’zbekistonda landshaft va iqlim zonalari -cho’l, adir, tog’ va yaylov balandlik mintaqalariga bo’linadi.
Cho’l mintaqasida, material yig’ish mart oyining ikkinchi dekadasidan boshlab yig’iladi. Cho’l mintaqasida molyuskalar asosan, ariq bo’ylarida o’tlar orasidan, bog’lardagi o’simlik to’shamlari ostidan, issiqxonalar atrofi va bedapoya maydonlaridan yig’iladi.
Adir mintaqasida aprel oyining boshlaridan to may oyining ikkinchi o’n kunligigacha material yig’ish mumkin. Material, asosan, nam havoda ertalab teriladi, chunki bu paytda shudring hali qurimagan bo’ladi va ko’pgina mollyuskalar faol harakatda bo’lganligi sababli ularni oson topish mumkin. Adir mintaqasida mollyuskalar- butali o’simliklar orasidagi toshlar ostidan, o’tli o’simliklar poyasidan, yon bag’irlardagi turli xil tosh uyumlari ostidan, suv bo’ylaridagi turli xil o’tlar orasidan yig’iladi.
Tog’ mintaqasida material may oyining ikkinchi dekadasidan iyun oyining o’rtalarigacha yig’ish mumkin. Tog’ mintaqasida mollyuskalarni quydagi biotoplardan-turli xil tosh uyumlari orasidan, butali va daraxtli o’simliklar ostidagi o’tli o’simliklar poyasidan, yirik xarsang toshlar ostidan, yirik bargli o’simlik barg to’shamlari ostidan yig’iladi.
Yaylov mintaqasida material asosan yoz oylarida yig’iladi. Bu mintaqada mollyuskalar yaylov o’tloqlari, qoyali toshlar yoriqlari, o’tli o’simliklar o’sadigan maydonlardagi tosh uyumlari ostidan yig’iladi.
Material, asosan, qo’lda teriladi, chunki qo’lda terilganda tabiy landshaftlarning xilma-xil biotoplarini to’liq o’rganish imkoniyati katta bo’ladi.
Mollyuskalar yumshoq pintset bilan teriladi. Pintsetdan tashqari yana, bankada spirt yoki boshqa fiksator, bir qancha probirkalar va gurgut qutisi bo’lishi kerak.
Terilgan materiallar alohida yorliq yopishtirilgan qutichalarga joylashtirildi. Yorliqda material terilgan joy nomi, biotop va kim tomondan qachon terilganligi ko’rsatiladi.
Laboratoriya sharoitida terilgan materiallar qayta saralanib yirik va mayda chig’anoqlar alohida- alohida qutilarga solinadi. Tirik materiallar fiksatsiyaga tayyorlanadi.
Fiksatsiya qilish R.Ya.Bratchik metodi orqali amalga oshiriladi. Tirik mollyuskalarni sovuq suv solingan bankalarga joylashtirib, rezina prokladkali qopqoqlar bilan yopiladi. Bankalardagi mollyuskalar 17-18 soatdn keyin nobud bo’ladi. Shundan so’ng ularni suvdan chiqazib olib, 40-45% li spirtga, 5-6 kundan so’ng 70% spirtga solinadi, ikki xaftadan so’ng esa 75% spirtga joylashtiriladi.



Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish