7.7. IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati
WR tarmoqlarda QoS. Bu erda WR tarmoqlarda xizmatlarni ta’minlashni asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Bu usullar differensial optik xizmatlar (Differentiated optical Services, DoS) modelini kengaytiradi.
DoS modeli yorug‘lik yo‘nalishini ajoyib optik xarakteristikalarini e’tiborga tortadi. Bu optik parametrlarga quyidagilar kiradi: xatoliklarni yuzaga kelish chastotasi (Bit Error Rate, BER), ushlanib qolish, djitter va ximoyalash, nazorat. Ishonchlilik rejimlari. Bu optik parametrlar va rejimlar berilgan yo‘nalishga tegishli optik xizmatlar sifatini o‘lchash uchun asos xisoblanadi. Bu o‘lchashlarni maqsadi – IP da QoS ekvivalent sinflarida optik xizmatlar sinfini aniqlaydi.
QoS tuzilishi 6 ta komponentdan iborat.
Xizmatlar sinfi. QoSda xizmatlar sinfi yorug‘lik yo‘nalishi bo‘ylab uzatiladigan optik signallarni yomonlashishini va sifatini xarakterlaydigan parametrlar yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu parametrlar ushlanib qolish, BER o‘rtacha qiymati, djitter va o‘tkazish oralig‘i yoki funksional vazifalarga asoslangan imkoniyatlar – nazorat, ximoyalash, ishonchlilik.
Marshrutizatsiyalash algoritmi va chastotani vazifasi. YOrug‘lik yo‘nalishini yaratish uchun, butun yorug‘lik yo‘nalishi trassasi bo‘ylab o‘tadigan unga mo‘ljallangan to‘lqin uzunligi zaxiralangan bo‘lishi kerak. Marshrutlarni tanlash uchun qo‘llaniladigan algoritm va yorug‘lik yo‘nalishini yaratishdagi to‘lqin uzunligi, marshrutizatsiya va to‘lqin uzunligini vazifasini (Routing and Wavelength Assignment, RWA) algoritmi sifatida ma’lum. WR tarmoqlarda QoS ni ta’minlash uchun turli to‘lqinli kanallarni QoS xarakteristikasini xisobga oladigan RWA algoritmini qo‘llash zarur.
Yorug‘lik yo‘nalishlari guruxlari. Tarmoqni yorug‘lik yo‘nalishlari guruxlar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi, ya’ni xar bir gurux DoS xizmatiga mos kelishi kerak.
Trafikning klassifikatsiyasi. Joriy trafik tarmoq tomonidan ta’minlanadigan sinflardan biri bilan assosatsiyalanadi. Tarmoq ichida yagona klassifikatsiya qo‘llaniladi.
Yorug‘lik yo‘nalishlarini vazifalarini algoritmilgoritmi. Xizmat ko‘rsatish sinflarini farqlash uchun adabiyotlarda yorug‘lik yo‘nalishini vazifalarini ko‘plab algoritmlari tavsiya etilgan.
Ulanish nazorati. DiffServ arxitekturasida, DWDM tizimlarda resurslarni optik taqsimlagich mavjud, ya’ni yorug‘lik yo‘nalishlarini dinamik ifodalash uchun mo‘ljallangan. Resurslarni optik taqsimlagich resurslar (tashuvchilar soni, kross-konnektorlar, kuchaytirgichlar) xolatini kuzatadi va yorug‘lik yo‘nalishi xarakteristikalarini baxolaydi (BER xisoblash) va funksional imkoniyatlar (ximoyalash, nazorat, ishonchlilik).
Shuningdek resurslarni optik taqsimlagich zanjir bo‘ylab oxirdan oxirgacha chaqiriqlarni birinchi o‘rnatishga javobgar, ya’ni yorug‘lik yo‘li bilan kesishadigan boshqa optik domenlarni ifodalaydigan.
7.3-rasm. WR tarmog‘i
Yuqorida ko‘rib chiqilgan komponentlarning barchasi tarmoqning oxirgi qurilmalarida va/yoki resurslarni optik taqsimlagichda mujassamlangan. 7.3-rasmda oxirgi qurilmali, resurslarni optik taqsimlagichli va OXS ichki qurilmali WR tarmog‘i keltirilgan. Ichki OXSlar faqatgina yorug‘lik yo‘lini o‘rnatishda, tarmoqni kommutatsiyalanadigan yadrosini konfiguratsiyasi uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |