Adabiy merosi.
Nisoriy uning turkcha va forscha devon tar-
tib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan
emas. Taqdiri noma’lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar,
haqiqatan ham, Xojaning iste’dodli shoirlardan bo‘lganini ko‘rsatadi.
Xususan, bir g‘azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she’r unga
ma’qul bo‘lib, maqtaganini qayd etib o‘tadi. Mana o‘sha she’r:
Kunduz avqotim
1
sening hajringda nolon kechadur,
Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
Ulki, jondin kechadur, sham’i visolingni ko‘rub.
Vah, na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur.
Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi,
Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig‘ nola qil, zulfi g‘amidin kechalar
Kim, mahali nola-vu faryod-u afg‘on kechadur.
Darhaqiqat, she’r yuksak san’atkorlik bilan yozilgan. Shoir
so‘zlarning ma’no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foyda-
langan. Masalan, g‘azalda radif bo‘lib kelayotgan “kechadur” ko‘p
o‘rinlarda ikki ma’noda kelyapti. Uchinchi-to‘rtinchi baytlarda bular
yoniga “voz kechmoq”, “gunohini kechmoq” ma’nolari ham qo‘shilyap-
ti. Bir so‘z bilan aytganda, butun she’rni birgina so‘z — “kechadur”
har maqomga solib o‘ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat ta-
lab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko‘z tashlaylik.
She’rning har bir misrasi bir necha xil ma’no ifodalaydi. Jum-
ladan, matladagi ilk misraning birinchi ma’nosi: kunduzi vaqtim se ning
hajringda nola bilan o‘ta (kecha)di. Ikkinchi ma’nosi: kunduz kunim
sening hajring tufayli nolalarga to‘la qora tun (kecha)dir. Birinchi mis-
rada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo‘lsa, keyingi misrada tun
(kecha)dagi to‘lg‘onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma’nosi: Bu
kecha zulfing kabi holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so‘z tur
-
kumiga mansub “kecha” so‘zi misraning boshi va oxirida ega va ot ke-
1
Avqot – vaqtlar.
89
sim munosabatida takror qo‘llanyapti. Shu misraning ikkinchi ma’nosi:
kechasi mening holim zulfing kabi parishonlikda o‘ta (kecha)di. Misra
boshidagi “kecha” – ot so‘z turkumi, misra oxiridagi so‘z esa – fe’l, ega
va fe’l kesim munosabatida. Misrani boshqacharoq, ya’ni kechasi ho-
lim zulfing kabi parishonlikda o‘tadi ma’nosida talqin qilsak, bu so‘zlar
orqali hol va fe’l kesim munosabati yuzaga keladi. Bu yerda zulf so‘zi
o‘ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora zulf kabi kecha qorong‘u,
yoyilgan zulf kabi oshiq holi parishon. Radif bo‘lib kelayotgan “ke-
chadur” so‘zlari orqali yuzaga keltirilayotgan badiiy san’atlarga e’tibor
bering: bu so‘z ifodalayotgan ikkala misradagi birin chi ma’nolar ham,
ikkinchi ma’nolar ham o‘zaro shakldosh bo‘lib, tajnis san’atini yuzaga
keltirmoqda. Aynan bir so‘zni ifodalagan birinchi va ikkinchi ma’nolar-
da esa takrir san’ati hosil qilingan.
Ikkinchi baytning birinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qo-
ra sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning bari ko‘zim oldida bir
xil (yakson), ya’ni qop-qora kecha (tun)dir. Ikkinchi ma’nosi: ey pari,
anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning ham-
masi ko‘zimga bir xil (yakson), ya’ni vayrona kabi kechadir (o‘tadi).
Shu baytning uchinchi ma’nosi: “yakson” (bir xil) so‘ziga “yil, oy, kun,
soat birdek o‘tadi”, degan ma’no ham berish mumkin. Shunda birin-
chi aniqlovchi so‘z “yil” bo‘lganligi uchun hammasi birdek, ya’ni yildek
o‘tadi degan mazmun kelib chiqadi. Shu tariqa g‘azalning har bir bay-
tidan ko‘pdan ko‘p ma’nolarni uqish mumkin.
Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kel-
gan. Doston 1514–1520- yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan
bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan
ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tarixi-
da ko‘proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi. Uning bizgacha ikki hikoy
-
alar to‘plami – Temur Sultonga bag‘ishlangan “Miftoh ul-adl” (“Adolat
kaliti”), Kistan Qaro Odilga bag‘ishlangan “Gulzor” asarlari yetib
kelgan. “Miftoh ul-adl” 1508–1510- yillarda, “Gulzor” 1538- yilda
yozil gan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nus xasi
saqla
nib qolgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka-
demiyasi Sharqshunoslik ins
tituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.
1962- yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |