Obyektlarni himoya qilish choralarini tanlash
Yer yuzasi deformatsiyasi va siljish hisoblari asosida obyektlarni himoya qilish choralari tanlanadi.
Hammadan oldin obyektga ta’sir qiluvchi yo'l qo'yarli va cheklangan deformatsiya va siljish qiymatlari aniqlanishi kerak.
Yo'l qo'yarli deformatsiya deb shunday deformatsiyaga aytiladiki, uning ta’siridan yetgan ziyonni obyektni ta’mirlab ekspluatatsiyasini davom ettirish mumkin.
Agar hisoblangan yer yuzasi deformatsiyasini qiymati yo'l qo'yarligidan katta bo'lsa, maxsus himoya choralari qo'llanishi kerak.
Shunday choralarni xarakterini aniqlash uchun zarur ko‘rsatkich bo‘lib yer yuzasi deformatsiyasini cheklangan qiymati hisoblanib, u bino va inshootlami avariya holatiga olib keladi.
Agar yer yuzasi deformatsiyasini hisoblangan qiymati cheklangandan katta bo‘lsa, u holda obyektlarga maxsus himoya choralari, ya’ni konstruktiv choralar talab qilinadi.
Konstruktiv himoya choralari - bu obyektni temir-beton kamar bilan, po iat ustunlar bilan mustahkamlash, binoni qiyshaygan joyini domkrat bilan to‘g‘rilash, temir уоЧ ostiga ballast to‘kish va boshqalar hisoblanadi.
Himoyani tog‘-kon choralari kon ishlarini maxsus usullarda olib borishni ko‘zda tutib, ular deformatsiyani kamaytirishga olib keladi. Himoyani tog‘-kon choralariga quyidagilar kiradi: qazib olingan bo‘shliqni to‘ldirish, kon ishlarini ma’lum ketma-ketlikda olib borish, zaxirani qisman qazib olish, kon ishlarini katta chuqurlikda olib borish va himoya ustunlarini qoldirish.
Xavfsiz qazish chuqurligi deb - kon ishlarini obyektlarga ta’sir bo‘lmay olib borilgan chuqurligiga aytiladi. Kon ishlarini ushbu chuqurlikdan pastdagi gorizontda olib borishni, qisman ta’mirlash va sozlash ishlariga olib kelishi mumkin.
Xavfsiz va cheklangan qazish chuqurligi Hx va Hchek quyidagi formula bilan hisoblanadi: Hx = Kδ × m ; Hchek = kchek × m ; bu yerda, Kδ - yer yuzasini yo‘l qo‘yarli deformatsiyaga bog‘liq koeffitsiyent.
Kδ - Уег yuzasini yo‘l qo‘yarli deformatsiyaga bog‘liq koeffitsiyent;
Kchek - yer yuzasining cheklangan deformatsiyaga bog‘liq koeffitsiyent;
Ɛy.q va iyq - gorizontal deformatsiya va qiyalikni ko‘rilayotgan obyekt uchun yo‘l qo‘yarli qiymati;
Ɛchek va ichek - ko‘rilayotgan obyekt uchun gorizontal deformatsiya va qiyalikni cheklangan qiymati.
Temir yo'llarni, truboprovodlarni, avtomagistrallarni, suv havzalarini himoya choralarini tanlashda xavfsiz qazish chuqurligini hisobga olish kerak.
Temir yo‘l va suv obyektlari osti qazilayotganda xavfsiz chuqurlik qiymati qatlamni qazib olish qalinligiga, obyektlaming kategoriyalariga bog‘liq. Masalan, temir yo‘llar uning foydalanishiga va zarurligiga qarab to‘rtta kategoriyaga va suv obyektlari ikkita guruhga bo‘linadi.
Fuqorolik binolari ostida kon ishlari olib borish imkoniyatlarini aniqlash uchun deformatsiyalar yig‘indisi Δl ko'rsatkichidan foydalaniladi. Formula siljish va deformatsiyani hisoblash temasida keltirilgan.
Me’yoriy ko‘rsatkichlardan deformatsiyalar yig‘indisini yo‘l qo'yarli va cheklangan qiymatlariga o'tish uchun quyidagi omillarni hisobga olish kerak: tuproq xususiyatlari, devoming qalinligi va materiali, bino konfiguratsiyasi va ustining qanday yopilganligi, beton plitkalari, temir karkas va boshqalar.
Δly.q va Δlchek - deformatsiya yig‘indisini yo'l qo'yarli va cheklangan m e’yoriy ko'rsatkichlari.
n1 , n2 , n3 , n4 , n5 - tuproq, material, devor qalinligi, yemirilishi, bino formasini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |