2.2.Aholi tadbirkorligi rivojlanishining o‘zgarish dinamikasi
Respublikamizda miqiyosida moliyaviy resurslardan foydalanish tufayli bajarilgan ishlar samarasi o‘laroq, hozirgi kunda 13 ming 248 ta oilaviy korxona faoliyat olib boryapti. Ularda 22 ming 579 nafar odam ish bilan ta’minlangan. 2017 yilning o‘zida oilaviy korxonalar tomonidan 379 milliard 399 million so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Joriy yilning birinchi choragida oilaviy tadbirkorlar tomonidan salkam 6 milliard 579 million so‘m soliq to‘langan23.
Lekin bugungi zamonning talabi o‘zgacha, sharoitlar boshqacha. Yiliga yarim million nafardan ko‘payib borayotgan respublikamiz nufusi ro‘zg‘orining butligiga erishish, odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasini hal etishni har bir oilaning tadbirkorlik resurslaridan foydalanmay turib bajarish mushkul bo‘lib qolayotgan edi. Buvayda tumanida ham bu holatlar e’tibordan chetda qolmayapdi.
Aholi tadbirkorligini rivojlantirishdan ko‘rildigan asosiy maqsad aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy iqtisodiy turmush tarzini yuksaltirishdan iboratdir. Farg‘ona viloyatida hozirgi kunda 3708,1 ming aholi istiqomat qiladi. Ishsizlik darajasi bugungi kunda 9,4 foizni tashkil qilmoqda ya’ni 348,5 ming kishi. Xususan hozirgi kunda Buvayda tuman aholisi 224,7 ming kishini tashkil etadi. (2.2.1-jadval)
2.2.1-jadval
Farg‘ona viloyatining 2020-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlarning nomi
|
O‘lchov birligi
|
2018 yil yakuni
|
2019 yil yakuni
|
hajm
|
o‘sish,
%
|
hajm
|
o‘sish,
%
|
Doimiy aholining o‘rtacha soni
|
ming kishi
|
3 683,1
|
101,7
|
3 708,1
|
101,8
|
Ishsizlik darajasi
|
%
|
9,7
|
x
|
9,4
|
x
|
Yalpi hududiy mahsulot
|
mlrd so‘m
|
25 181,2
|
103,9
|
34 910,0
|
106,0
|
Sanoat mahsulotlari
|
mlrd so‘m
|
12 832,5
|
107,5
|
19 600,0
|
108,0
|
Iste’mol mollari
|
mlrd so‘m
|
4 568,1
|
103,2
|
4 557,7
|
108,7
|
Mahalliylashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi
|
mlrd so‘m
|
27,5
|
x
|
155,6
|
x
|
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari
|
mlrd so‘m
|
18 007,7
|
101,7
|
19 025,1
|
105,6
|
Pudrat ishlari
|
mlrd so‘m
|
2 682,7
|
109,6
|
4 064,6
|
118,0
|
Chakana savdo aylanmasi
|
mlrd so‘m
|
11 277,6
|
105,3
|
12 920,9
|
104,8
|
Xizmatlar - jami
|
mlrd so‘m
|
9 237,8
|
108,5
|
10 881,3
|
109,5
|
Asosiy kapitalga investisiyalar
|
mlrd so‘m
|
4 978,4
|
146,6
|
8 250,0
|
136,9
|
Tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari
|
o‘rin
|
101 867
|
x
|
32 190,0
|
x
|
Kichik biznes va axoli tadbirkorligining ulushi
|
|
|
|
|
|
yalpi hududiy mahsulotda
|
%
|
69,8
|
x
|
67,6
|
x
|
Sanoatda
|
%
|
35,8
|
x
|
42,7
|
x
|
qishloq xo‘jaligida
|
%
|
96,2
|
x
|
97,3
|
x
|
Xizmatlarda
|
%
|
72,8
|
x
|
71,9
|
x
|
O‘tgan yillarga nisbatan Yalpi hududiy mahsulot - 101,8 foiz, Sanoat mahsulotlari 106 foiz, Iste’mol mollari 108, foiz, Mahalliylashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 108,7 foiz, Qishloq xo‘jalik mahsulotlari - 105,6 foiz, Pudrat ishlari - 118,0 foiz, Chakana savdo aylanmasi - 104,8 foiz, Asosiy kapitalga investisiyalar - 109,5 foiz, Tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari - 136,9 foiz miqdorda o‘sishga erishilgan. Bu ko‘rsatkichlarning asosiy foizida axoli tadbirkorligini ulishi katta ekanini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, yalpi hududiy mahsulotda 67,6 foiz,sanoatda- 42,7 foiz, qishloq xo‘jaligida- 97,3 foiz, xizmatlarda- 71,9 foizli ulushlarga ega. Bu mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan Axoli tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida Davlat moliyalashtirish tadbirlarining samarasi deyish mumkin.
2.2.2-jadval
Farg‘ona viloyatida 2019-2021 yillarda kichik biznes sub’yektlarining
iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi to‘g‘risida
T/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2019 yil
|
2020 yil
|
2021 yil
|
1.
|
Yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
70,6
|
71,4
|
67,6
|
2.
|
Sanoatda kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
40,8
|
37,2
|
42,7
|
3.
|
Investisiyada kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
49,8
|
65,0
|
61,2
|
4.
|
Jami xizmatlarda kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
75,5
|
73,5
|
71,3
|
5.
|
Qishloq xo‘jaligida kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
98,7
|
97,3
|
97,3
|
6.
|
Qurilishda kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
87,1
|
94,1
|
85,9
|
7.
|
Chakana savdoda kichik biznes sub’yektlarining ulushi
|
91,1
|
88,4
|
87,5
|
8.
|
Kichik biznes sub’yektlarida band aholi ulushi
|
80,5
|
80,3
|
82,0
|
9.
|
Kichik biznes sub’yektlarining eksportdagi ulushi
|
44,5
|
48,5
|
54,2
|
10.
|
Kichik biznes sub’yektlarining importdagi ulushi
|
55,5
|
54,0
|
77,2
|
11.
|
Kichik biznes sub’yektlari soni
|
20 502
|
22 854
|
28 864
|
12.
|
Yangidan tashkil etilgan kichik biznes sub’yektlari soni
|
3 292
|
2 930
|
5 747
|
13.
|
Tugatilgan kichik biznes sub’yektlari soni
|
1 046
|
615
|
426
|
Axoli tadbirkorligini moliyalashtirish tadbirlari tufayli tadbirkorlik sub’yektlarining o‘sishini kuzatishimiz mumkin. Buvaydatumanida 2020 yilning 1 Aprel holatiga jami 274 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 64 taga, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 261 tani tashkil etib, 62 taga ko‘payganligi kuzatilgan. Shuni takidlab щtish kerakki. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyatida yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan birgalikda 34611 ta tadbirkorlik sub’yektlari xizmat qilmoqda.
2.2.3-jadval
Buvayda tumanida moliyalashtirish tadbirlari tufayli tadbirkorlik sub’yektlarining o‘sishi.
|
Ro‘yxatga
olingan
|
Faoliyat
ko‘rsatayotgan
|
01.01.2019 y.
|
01.04.2020 y.
|
01.01.2019 y.
|
01.04.2020 y.
|
Farg‘ona viloyati
|
3221
|
3924
|
3190
|
3806
|
Buvayda
|
208
|
274
|
199
|
261
|
Buvayda tumanida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalarning viloyatda tutgan ulushi 7.2 foizga teng bo‘lib, mos ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar 7.1 foizni tashkil etgan.
2020 yil 1 aprel holatiga tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari soni 937 ta tashkil etadi. Jumladan, paxta va g‘allachilik yo‘nalishida 275 ta, sabzavot va polizchilik yo‘nalishida 10 ta, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishida 577 ta, chorvachilik yo‘nalishida 31 ta (shundan parrandachilik yo‘nalishida 1 ta), baliqchilik yo‘nalishida 21 ta, va boshqa yo‘nalishlarda 23 ta. Yil boshidan yangi fermer xo‘jaliklari va tugatilgan fermer xo‘jaliklari mavjud emas.
2.2.1- rasm. Buvayda tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining tarmoq yo‘nalishlar bo‘yicha tarkibiy bo‘linishi.
Aholi tadbirkorligi bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan moliyalashtirish tadbirlari natijasida 2021 yilning yanvar-mart oylarida tumanda 65,1 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 100,0 % ni axoli tadbirkorligi hisobiga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.
2.2.3 rasm. Yanvar-mart oylarida Buvayda tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning tarkibi (mlrd. so‘mda)
Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq Buvayda tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida 44,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,3 % ga erishilib, umumiy hajmning 68,6 % ni tashkil etdi. Hududiy korxonalar tomonidan esa joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 20,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2019 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish su’rati 106,8 % ni tashkil etib, umumiy hajmga nisbatan 31,4 % tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |