20
akademiyasida iyeroglif alfavitini ochganligi to`g`risida ilmiy xabar qildi. Olim
og`ir ilmiy mehnat va moddiy nochorlik tufayli, 1832 yil
42
yoshida
vafot
etdi.
Shampol`ondankeyin
ham
Misryozuvinio`zganishdavometdi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr
xronologiyasi», «Misr fir’avnlari to`g`risida» nomli asarlarini yaratdilar.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi:
1)
Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni
o`tkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi ishlab chiqildi. Arxeologik
qazishmalar natijasida topilgan topilmalar tizimli o`rganildi va doimiy saqlana
boshlandi.
2)
Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila
boshlandi.
3)
Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib,
yirik asarlar to`plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil
qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib brogan olim O. Mariyettning
misrshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmati katta bo`ldi. Ingliz tarixchisi Flinders
Pitriuning davomchisi bo`ldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested
II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed. Meyer «Qadimshunoslik
tarixi» asarlarini yaratdilar. XIX asrning o`rtalarida fransuz olimi O. Mariyett
qadimgi Memfisdan muqaddas ho`kizlar sog`onalarini topdi. G. Maspero XIX asr
oxirida Sakkaradagi piramidalarni tadqiq qilib, V-VI sulola piramidalarining
xonalari ichki devoridagi matnlarni chop qildi. Fiva shahrida u Yangi podsholik
fir`avnlarining mo`miyolari yashirilgan ulkan maxfiy joyni topdi.
Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to`g`ri keladi.
Angliyada «Kembridj Qadimgi tarixi» seriyasi chop etilib (I-XI tomlari
19281938-yillarda chop etildi), nemis olimlari A. Ermanva X. Tropye (1926-1931
y) V tomli Misr lug`atini tuzdilar.
A.Gardner
III
tomli
«Vilbur
papirusi»,
«Ramseslar
davri
ma’lumotihujjatlari» va «Misronomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy
arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX
asrning 20-yillaridan boshlab o`zi misrlik bo`lgan olimlar arxeologik
qazishmalarni boshladilar.
Rus olimlari Misr tarixini o`rganishda o`z hissalarini qo`shdilar. V.G.
Barskiy 1727-1730-yillarda bir necha Sharq mamlakatlarini aylanib chiqib,
shunda u Misrda ham bo`lgan. U Qohira, Rozett va Iskandariyada bo`lib, o`zining
«Sayohat» degan asarida Iskandariyaning mashhur yodgorliklaridan birini
mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlarni ilova qilgan. Muallif bu
rasmlarni shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni
yozuvchi o`z zamonasiga ko`ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur rus olimlari V.
Turayev, I. Nikolskiy, V. I. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini
rivojlantirishda muhim o`rin egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: