5. Individual yondashish tamoyili. Bu tamoyil bolalarning yosh xususiyatlarini, ya’ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak, degantalablardan kelib chiqadi va bu tamoyil matematikani o‘qitish davrida amalga oshirilishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish. Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli ta’limiy o‘yinli faoliyatdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi ta’limiy oyinli faoliyatlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’limiy oyinli faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy oyinli faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. Matematika ta’limiy faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha:
1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o‘rinni egallashi kerak.
2. Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
4. Matematika ta`limiy faoliyatlarida eng asosiy o‘rgatish usuli ko‘rgazmali o‘rgatish usulidir. O‘rgatish usulida harakatli o‘yin, didaktik o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi.
5. Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko‘rgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi dastur mazmunida bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
Ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi:
1. Bolalarning ilmiy, psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari asoslari qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib borish.
5. O‘rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy faoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalar: kattalik, shakl, tevarak-atrof, vaqt tushunchasini rejalashtirishni bilish.
7. Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish.
8. Ta’lim faoliyatlarida turli analizatorlardan keng foydalanish.
9. Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart-sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta`lim faoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak.
Matematikadan ta`lim faoliyati haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi kerak.
Tarbiyachi ta’lim faoliyatlarga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi ta’lim faoliyatida buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi ta`lim faoliyatida bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta`lim faoliyatida bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rganishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’lim faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari bir ta`lim faoliyatidan ikkinchi ta`lim faoliyatiga o’tganda kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda, yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni oradan ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tgandan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak.
Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin. Hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar matematik bilimlar tizimini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo‘ladi. Matematika o‘qitishda ta`limiy faoliyatning har xil turidan foydalaniladi. Ta`limiy faoliyat turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator ta’limiy faoliyatlarningmateriallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi.
Buyumlar va geometrik shakllarning har xil belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratishga doir mashqlar katta ahamiyatga ega, bunday mashqlar shu vaqtning o‘zida bolalarning shakl, kattalik, miqdor va hokazolar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, ya’ni amaliy, o‘yin, musobaqa elementlari bilan bog‘liq mashqlardan, interfaol usullardan foydalanadi. Uch-to‘rt yoshdagi bolalarni o‘qitishda, ayniqsa, o‘yin elementlaridan keng foydalaniladi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik materialni va usulni almashtirish bilim va ko‘nikmalarni alohida zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishni ta’minlovchi vositadir. O‘yin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki o‘yin asosiy narsadan – matematik ishdan chalg‘itishi mumkin, natijada bolalar mashg‘ulot rejasida nazarda tutilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |