Rsatkichlari Faza rotorli asinxron elektr dvigatellarining tabiiy mexanik tavsiflari


Generator-dvigatel tizimining tormozlash tavsiflari



Download 63,65 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2022
Hajmi63,65 Kb.
#568883
1   2   3   4
Bog'liq
3.Faza rotorli asinxron dvigatellarni ishga tushirish qarshiliklarini xisoblash va tanlash.

Generator-dvigatel tizimining tormozlash tavsiflari. -D tizimida asosiy tormozlash rejimi, bu energiyani tarmoqqa qaytarib generatorli tormozlashdir. Yuritma w > wnom burchak tezlik bilan ishlayotganda (4- rasm) avval dvigatelning qo‘zg‘atish toki ko‘paytiriladi, bunda EYK generatordagi kuchlanish qiymatidan ortib ketadi.
Mashinalarning o‘rni almashadi: dvigatel tormoz­lash momentini ta’minlab generatorga aylanadi, gene­rator esa, dvigatelga aylanib, generator rejimida ishlayotgan asinxron dvigatel orqali energiyaning aktiv qismini tarmoqqa qaytaradi.
Shundan so‘ng w < w02 bo‘lib, hamma mashinalar o‘zining asosiy rejimiga dvigatel qo‘zg‘atish toki o‘zgargunga qadar qaytadi.
Dvigatel tokini oshirib tormozlash imkoniyati tugagandan so‘ng, generatorning qo‘zg‘atish toki kamaytira boshlanadi. Bu esa yana yakordagi kuchlanishning kamayishiga olib keladi, shundan keyin tormozlash rejimlari olinadi. Lekin bunda yuritma burchak tezligi nominal qiymatidan kam bo‘ladi (4- rasm).
Zamonaviy elektr yuritmalarida boshqariluvchi to‘g‘rilagich-dvigatel (BT-D) tizimi keng qo‘llaniladi. Ular katta kuchlanish 1000 V gacha toki bir necha ming ampergacha bo‘lgan ko‘p fazali boshqari­luvchi tiristor va tranzistorli to‘g‘rilagichlarni o‘z ichi­ga oladi. BT-D tizimining foydali ish koeffitsiyenti G-D tizimnikidan ancha ortiq. Yuritmaning elektromagnit inersiyasi G-D tizimiga o‘xshab generator qo‘zg‘atish chulg‘ami ikkita mashinaning yakor zanjiri inersiyasi bilan emas, faqat asosan dvigatel yakori inersiyasi bilan aniqlanadi.
Statik o‘zgartgich (BT) qo‘lanilganda BT-D tizi­mining ishonchliligi -D tizimiga qaraganda ikki marta ortadi. Shu bilan birga yuritmaning massa- hajm o‘lchamlari ham kamayadi. Keltirilgan afzalliklar BT-D tizimining hozirgi kunda keng ko‘lamda qo‘llanilishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ventil o‘zgartgichlarining boshqarish tizimlarini yaratish prinsiplari va tasnifi. Bir fazali boshqariluv­chi to‘g‘rilagichlarning ishlash prinsipini 5- rasm­dan tushuntirish mumkin. Sinxronlashtiruvchi qurilma SQ arrasimon kuchlanish generatori AKG ni boshqaradi. Bu generator faza bo‘yicha tarmoq kuchlanishi Ut bilan sinxronlashtirilgan davomiyligi 180° elektr gradusiga teng bo‘lgan ustun kuchlanishi Uust ni shakllantiradi.
Taqqoslash sxemasi TS da turli qutbli Ub va Uust (6- rasm) kuchlanishlari taqqoslanadi. Ua=Ub ga teng bo‘lganda taqqoslash sxemasi TS uzunligi l =180°- a bo‘lgan Uts kuchlanishini hosil qiladi. l burchak boshqarish ventilining ochilish davomiyligini aniqlaydi. Tranzistorliga nisbatan tiristorli boshqarish ventili uchun impuls shakllantiruvchi yordamida qisqa Uishlarni olish kerak. Bu impulslar tiristorning boshqa­rish elektrodiga beriladi va uni ochadi. Tiristorning yopilishi esa uning asosiy elektrodida (anod va katodda) qutblar o‘zgarganda ro‘y beradi.
Ventillarning barcha boshqarish sxemalari faza prinsipi bo‘yicha ishlaydi, ya’ni bunda boshqarish burchagi deb yuritiladigan ventilni ochish burchagi a o‘zgartiriladi. Shuning uchun boshqarish tizimida asosiy element fazani surish qurilmasi (FSQ) hisoblanadi.
Boshqarish impulslarining faza surilishini ta’minlash usullari bo‘yicha tizimlar «gorizontal» va «vertikal» prinsipi bo‘yicha qurilgan bitta va ko‘p kanalli tizimlarga bo‘linadi. Bir kanalli tizimda barcha boshqarish impulslarining faza surilishi bitta FSQ da amalga oshiriladi, ularni ayrim ventillarni boshqa­rish kanallari bo‘yicha taqsimoti maxsus kommutator orqali amalga oshiriladi
Ko‘p kanalli tizimda impulslarni faza surilishi har bir kanalda o‘zining FSQ orqali amalga oshiriladi.
Zamonaviy boshqarish tizimlari 6- rasmda foydalanilgan «vertikal» boshqarish prinsipi bo‘yicha qurilmoqda. Bu holda boshqarish kuchlanishi ustun kuchlanishi bilan taqqoslanadi. Kuchlanishni o‘zgartirish bilan faza surilishini olish mumkin.
Uch fazali nol sxemali o‘zgartgich-dvigatel tizimi­dagi jarayonlar va tizimning statik tavsiflarini ko‘rib chiqamiz. Ekvivalent sxemada quyida­gi belgilashlar qabul qilingan: e2a, e2b, e2s — EYK larning oniy qiymatlari, bu EYK kuchli transformator ikkilamchi chulg‘amlarining fazalarida hosil bo‘ladi: ia, ib, is — ventillardan o‘tayotgan toklarning oniy qiymatlari: Ud va id — o‘zgartgich chiqishidagi to‘g‘rilangan tok va kuchlanishning oniy qiymatlari: Id — to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati: rtr va Xtr — transformator fazalari qarshiliklarining aktiv va induktiv tashkil etuvchilarini uning ikkilamchi zanjiriga keltirilgan qiymatlari:
(3)
bu yerda: R1 va R2 — transformator fazasi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari qarshiliklarining aktiv tashkil etuvchilari, X1 va X2 — mos ravishdagi qarshiliklar­ning induktiv tashkil etuvchilari; w1 va w2 — birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning o‘ramlar soni.
To‘g‘rilangan EYK o‘rtacha qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Download 63,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish