Operatsion tizimda resurslarni taqsimlash.
Umumiy holda har iste'mol qilinadigan (uning), iste'molchilar uchun ma'lum qiymatga ega bo‘lgan ob'ekt resursdir.
Resurslarning umumiy klassifikasiyasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Mavjudligi xaqiqiyligiga qarab: fizik va virtual
Xossalarning kengaytirish imkoniga qarab: moslanuvchan (elastik) va qat'iy
Faollik darajasiga qarab: faol va passiv
Mavjudlik vaqtiga qarab: asosiy va ikkinchi darajali
Tuzilishi (struktura) jihatidan: oddiy va murakkab
Tiplanishi bo‘yicha: ishlab chiqiladigan va va iste'mol qilinadigan
Amalga oshirish formasi bo‘yicha: yumshoq va qattiq
Funksionallik ortiqchaligiga qarab: qimmat va arzon
Foydalanish xarakteriga qarab: parallel foydalaniluvchi va ketma-ket foydalaniluvchi.
Fizik resurslar deb, real mavjud bo‘lgan va uni foydalanuvchilar orasida taqsimlanganda unga xos bo‘lgan fizik xususiyatlarga ega bo‘ladi (saqlab qoladi).
Virtual resurs-fizik resursning qandaydir boshqacha modelidir. Virtual resurs, foydalanuvchi tasavvur qilgan holda mavjud emas.
Resurslarni qimmat va arzon resurslarga bo‘linishi, ularni taqsimlashdagi funksional ortiqchaligi prinsipini amalga oshirishdan kelib chiqadi.
Asosiy resurslardan biri prosessordir. Bunda prosessor faqat ko‘pprosessorli tizimlardagina resurs sifatida chiqadi, bir prosessorli tizimlarda esa prosessor vaqti resurs hisoblanadi. Uni taqsimlash parallel sxema bo‘yicha olib boriladi.
Keyingi resurs ko‘rinishi – xotiradir. U ham bir vaqtning o‘zida taqsimlanishi (xotirada bir vaqtda bir nechta jarayon bor bo‘lsa) va parallel (xotira jarayonlarga navbat bilan beriladi) taqsimlanishi mumkin. Operativ xotirani jarayonlar orasida samarali taqsimlash eng dolzarb masaladir. Umumiy holda shaxsan xotira va unga murojaat har xil resurslardir. Ularning har biri bir-biridan bog‘liq bo‘lmagan holda berilishi mumkin ammo xotira bilan to‘liq ishlash uchun ikkalovi zarurdir. M-n, tashqi xotira bir vaqtda taqsimlanishi, unga murojaat esa navbat bilan taqsimlanishi mumkin.
Tashqi qurilma yana bitta resurs ko‘rinishidir. Bevosita murojaat mexanizmi mavjud bo‘lsa, ular bir vaqtda taqsimlanadilar. Agar qurilma faqat ketma-ket murojaatga ega bo‘lsa, u taqsimlanadigan resurs hisoblanmaydi, m-n, printer, magnit lentadagi jamlama.
Dasturiy modullar ham resurslardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bir marta foydalaniladigan resurslar faqat bir marta to‘g‘ri bajarilishi mumkin.
Ish vaqtida ular yo o‘z kodlarini yoki berilgan kattaliklarni buzishlari mumkin. Bunday modullar bo‘linmaydigan resurslardir. Qayta foydalanadigan modullar imtiyozli, imtiyozli bo‘lmagan, reenterabel va qayta kiradigan bo‘lishi mumkin.
Kattaliklar (ma'lumotlar) axborot resurslar sifatida qaralishi mumkin. Bular yo operativ xotiradagi o‘zgaruvchilar yoki fayllar bo‘lishi mumkin. Ma'lumotlardan faqat o‘qish uchun foydalanilsa, ularni oson ajratish mumkin. Jarayonlarga bu ko‘rinishdagi resurslarni o‘zgartirishga ruxsat berilsa, ularni bo‘lish muammosi ancha murakkablashadi.
Yana shunday resurslar borki, ularni egasi jarayonlardan bemalol olishi mumkin, m-n, xotira. Ba'zilarini esa egasidan, hisoblash natijasini yo‘q qilmasdan olib bo‘lmaydi. M-n, kompakt-diskka yozishni to‘xtatib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |