E’tikofdagi odam qiladigan ishlar
1. E’tikofga kirgan odam masjidda yeydi, ichadi, uxlaydi. O’zi yo oilasining ro‘zg‘orini tebratish uchun molni masjidga kiritmay oldi-berdi bilan igug‘ullanishi mumkin.
2. Masjidga matoni olib kirish;
3. Muhtoj bo‘lmagan narsa bilan savdo-sotiq qilish;
4. Ibodat va toat bo‘lishiga ishonib, tafakkur qilmay shunchaki sukut saqlab o‘tirish;
5. Xayrli bo‘lmagan, har qanday befoyda suhbat qurish makruhdir.
6. Jinsiy aloqa va shunga undovchi har qanday harakat Haromdir.
7. Jinsiy aloqa va shunga undovchi harakatlar e’tikofni buzadi.
Kecha va kunduzlari e’tikof
1. Kishi bir necha kun e’tikof o‘tirishni nazr qilgan bo‘lsa, kechalar ham bu nazrga kiradi.
2. Kishi bir necha kechalarda ketma-ket e’tikof qilishni Nazr qilgan bo‘lsa, kunduzlari ham e’tikof o‘tirishi lozim.
3. Ikki kun e’tikof o‘girishni nazr qilgan kishi ikki kechada ham e’tikofda bo‘lishi lozim (bu holda e’tikofni kechasidan boshlaydi).
4. Kechalarni istisno qilib, faqat kunduzlari e’tikof o‘tirishni niyat qilish joizdir.
5. Agar kishi bir oy e’tikofni nazr qilib, bunda faqat kunduzlari yoki faqat kechalarini qalbida niyat qilsa, tili bilan aytmaguncha, qalbida qilingan niyati durust bo‘lmaydi.
E’tikofning mashru’ligi (joizligi)
E’tikof Kitob va sunnat bilan mashru’ bo‘lgan. Ixlos bilan ado etilgan e’tikof amallarning eng sharaflilaridandir. E’tikofga kiruvchi o‘z qalbini dunyo ishlari, o‘ylari, tashvishlaridan to‘xtatib, nafsini mavlosiga taslim qiladi. Islom olimlaridan Atoulloh (Alloh rahmat qilsin) deydilar: "E’tikofga kiruvchi katta darvoza oldida bir iltijo yoki tilak so‘rab, yolvorib kutgan, Rabbim meni avf etmaguncha, bu eshikdan ketmasman, demoqchi bo‘lgan kishi kabidir".
Takrorlash uchun savollar
1. Ro‘za nima? Ramazon ro‘zasining farz bo‘lishi sababi, hukmi, farz bo‘lish shartlari, adosining durust bo‘lish shartlari va ruknlarini aytib bering.
2. Ro‘zaning qanday turlari bor? Saharda niyat qilish va niyatning maqsadini tayinlash shart bo‘lgan va bu holat shart bo‘lmagan ro‘zani tushuntiring.
3. Ramazon oyi qanday sobit bo‘ladi? Shak nima? Shak kuni makruh bo‘lmagan ro‘za qaysi?
4. To‘g‘riso‘z yoki yolg‘onchi odamning xabari qachon qabul qilinadi, qachon qabul qilinmaydi? Qurbon hayiti oyi bilan boshqa oylar o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
5. Ro‘za ochilmaydigan 10 holat, ham ro‘za ochilib, ham kafforat lozim bo‘ladigan 10 holat va ro‘za ochilib, faqat qazosini tutish lozim bo‘ladigan 10 holatni aytib bering.
6. Kafforatni ta’riflang. Uni shart qiluvchi omillarni sanab o‘ting. Bir necha kafforat qachon bir paytda ado qilinadi? Qazo ro‘za tutishi kerakligiga qaramay, kunning qolgan qismini ro‘za tutib o‘tkazishi lozim bo‘lgan kishining misolini ayting.
7. Ro‘zador uchun makruh, makruh bo‘lmagan va mustahab amallarni sanab o‘ting.
8. Ro‘zador qachon ro‘zasini bchishi mubohbo‘ladi? Yo‘lovchi qachon ro‘zasini ochsa, fazilatliroq bo‘ladi? O’lguncha ro‘za tutishga niyat qilib, ro‘zg‘or tashvishlari bilan uni ado etolmagan kishining hukmi nima?
9. Nafl ro‘zaning qazosi qachon ado qilinadi, qachon ado qilinmaydi? Kishi nazrini qachon bajarishi kerak? Tashriq kunlari ro‘za tutishni nazr qilgan odamning hukmi nima? Kishi agar nazrini bir shartning voqe’ bo‘lishiga bog‘lasa, faqat bu holat qazoga kelmasdan nazr qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?
10. E’tikofni ta’riflang, uning turlari, shartlari, e’tikofdagi kishiga masjiddan chiqish qachon joiz bo‘lishini, e’tikofda qanday harakatlar muboh bo‘lishini aytib bering? E’tikofning buzilishini, nazr qilgan kishi nima qilishi kerakligini ayting.
11. Faqat kechalari yoki faqat kunduzlari e’tikof qilish nima bilan sobitdir? E’tikofning Islomdagi o‘rni, foydalarini ayting?
"Nurul izoh"dan
Do'stlaringiz bilan baham: |