Ro`yxatga olindi: №


 Manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish prinsiplari



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

7.2. Manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish prinsiplari
Aksiyadorlik   jamiyati   faoliyati   davomida   uning   mulkiy,   yoki   boshqa
manfaatlari   hamda   kreditorlar   va   boshqa   mijozlarining   mulkiy,   yoki   boshqa
manfaatlari o‘rtasida Boshqaruv organlari, mansabdor shaxslari, nazorat vazifasi
yuklatilgan   mas’ul   xodimlarning   harakati   va/yoki   harakatsizligi   natijasida
kompaniyaning   aksiyadorlari   manfaatiga   zarar   etkazilishi   mumkin   bo‘lgan
manfaatlar qarma-qarshiligi vujudga kelishi mumkin.
Bundan   tashqari,   aksiyadorlar   hamda   Boshqaruv   organlari   va   nazorat
vazifasi   yuklatilgan   xodimlari   o‘rtasida,   kompaniyaning   aksiyadorlari   o‘rtasida
manfaatlarning   qarama-qarshiligi,   ya’ni   korporativ   manfaatlarning   qarama-
qarshiligi vujudga kelishi mumkin.
Manfaatlar   qarama-qarshiligi   bilan   bog‘liq   vaziyatlar   yuzaga   kelishining
oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun AJ o‘z ichiga quyidagilarni
oluvchi “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi
nizomni ishlab chiqadi:
- AJ   mansabdor   shaxslarining   AJ   manfaatini   ko‘zlab   faoliyat   yuritish
majburiyati;
- AJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga oshirilganda
yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda manfaatlar   qarama-qarshiligiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
- AJ   mansabdor   shaxslarining   kuzatuv   kengashini   manfaatlar   qarama-
qarshiligi yuzaga kelishi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyati;
- Kuzatuv   kengashining   ruxsatisiz   AJ   mansabdor   shaxslarining   boshqa
yuridik shaxslarning boshqaruv va nazorat organlarida ishtirok etishini ta’qiqlash;
- AJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga oshirilganda
yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda manfaatlar   qarama-qarshiligiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish;
- manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarni hal etishning,
shu   jumladan,   ularni   hal   etish   uchun   manfaatdor   bo‘lmagan   uchinchi   shaxsni
tayinlash yoki manfaatlar qarama-qarshiligini hal qilish bo‘yicha vakolatni kuzatuv
kengashining mustaqil a’zosi (a’zolari)ga yuklashning batafsil reglamenti.
Manfaatlar   qarama-qarshiligi   vaqtida   harakat   qilish   tartibi   to‘g‘risidagi
nizom aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Nizomda   manfaatlar   qarama-qarshiligi   vujudga   kelishining   quyidagi
holatlari ko‘rib chiqiladi:
- majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar
qarama-qarshiligi;
- boshqaruv organlari va aksiyadorlar o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar
qarama-qarshiligi;
- boshqaruv organlari hamda nazorat vazifasi yuklatilgan tarkibiy tuzilmalar,
mansabdor shaxslar, xodimlar va mijozlar o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar
qarama-qarshiligi;


- kompaniya boshqaruvi hamda mansabdor shaxslar, xodimlar tomonidan
ularga yuklatilgan xizmat vazifasini bajarish vaqtida vujudga keladigan manfaatlar
qarama-qarshiligi.
Manfaatlar   qarama-qarshiligini   boshqarish   quyidagi   prinsiplar   asosida
amalga oshiriladi:
- manfaatlar   qarama-qarshiligi   kelib   chiqishi   mumkin   bo‘lgan   va   kelib
chiqqan holatlarni oshkor qilishning majburiyligi;
- manfaatlar qarama-qarshiligini aniqlash va boshqarishda har bir holatga
individual   yondashish   va   kompaniya   uchun   ishchanlik   qobiliyati   (reputatsiya)
tavakkalchiligini baholash;
- manfaatlar   qarama-qarshiligini   aniqlash   va   boshqarishda   axborotning
oshkor qilish jarayonini qat’iy maxfiyligini ta’minlash;
- manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarishda kompaniyaning boshqaruv va
nazorat   organlari,   uning   xodimlari   hamda   kompaniya   manfaatlari   o‘rtasida
mutanosiblikni saqlash;
- manfaatlar   qarama-qarshiligini   holati   bo‘yicha   axborotni   o‘z   vaqtida
oshkor qilgan xodimlar, boshqaruv va nazorat organlariga tazyiq o‘tkazilishidan
himoya qilish.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish