Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Qo‘shimcha topshiriqlar
1. Korporativ boshqaruvda dividend siyosati bo‘yicha klaster shakllantiring.
2. Dividend to‘lanishi bosqichlari bo‘yicha sxemani aniq aksiyadorlik 
jamiyati misolida shakllantiring ketma-ketlik asosida shakllantiring.

Bosqichlar nomlanishi
Mas’ull
ar
1
.
2
.
..
.
3. Dividendlarning muntazam to‘lab borilishi va foydaning muntazam 
reinvetitsiyalanishining oqibatlari bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Dividendlarning muntazam to‘lanashi
Foydaning 
muntazam 
reinvestitsiyalanish
i
1.
2.
...
1.
2.
...
Dividend
siyosati


XVII bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TOMONIDAN YIRIK
BITIMLAR TUZISH
17.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida yirik bitimlar tuzish tartibi
Aksiyadorlik   jamiyatlarining   joriy   moliyaviy-xo‘jalik   faoliyati   jamiyat
ijroiya organi tomonidan boshqarib borilsada, faoliyatga doir ma’lum bir bitimlar
bo‘yicha qarorlar qabul qilish ijroiya organi vakolatiga kirmaydi. Bunday amaliyot
boshqaruvchilarning   aksiyadorlik   jamiyati   faoliyatiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shundan
kelib   chiqqan   holda   aksiyadorlik   jamiyatlarida   yirik   bitimlar   tuzish   masalasiga
alohida e’tibor qaratiladi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga
berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bog‘liq bitim (shu
jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, agar
boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans
qiymati   bunday   bitimlarni   tuzish   to‘g‘risidagi   qaror   qabul   qilinayotgan   sanada
jamiyat   sof   aktivlari   miqdorining   o‘n   besh   foizidan   ortig‘ini   tashkil   etsa,   yirik
bitim   deb   hisoblanadi.   Jamiyat   sof   aktivlarining   qiymati   buxgalteriya   hisobi
ma’lumotlari bo‘yicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda
aksiyalarni   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlarni   joylashtirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
bitimlar yirik bitimlar hisoblanadi.
Yirik   bitim   predmeti  bo‘lgan  mol-mulkning   bozor  qiymati   deganda   mol-
mulkning eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, ushbu qiymat bo‘yicha mazkur
mol-mulk ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan
holda   o‘z   manfaatlari   yo‘lida   oqilona   va   ixtiyoriy   ravishda   harakat   qiladigan
raqobat   sharoitida   boshqa   shaxsga   berilishi   mumkin,   bitim   narxining   baland-
pastligida   esa   biror-bir   favqulodda   holatlar,   shu   jumladan   taraflardan   birining
ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi. Jamiyat mol-mulkining bozor
qiymatini aniqlash uchun bitim ishtirokchilari tomonidan baholovchi tashkilot jalb
etilishi mumkin.
Balans   qiymati   yoki   olish   qiymati   bitim   tuzish   to‘g‘risida   qaror   qabul
qilinayotgan   sanada   jamiyat   sof   aktivlari   miqdorining   o‘n   besh   foizidan   ellik
foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi
qaror kuzatuv kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Yirik
bitim   tuzish   masalasi   bo‘yicha   kuzatuv   kengashining   yakdilligiga   erishilmagan
taqdirda   yirik   bitim   tuzish   to‘g‘risidagi   masala   kuzatuv   kengashining   qaroriga
ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.
Balans   qiymati   yoki   olish   qiymati   bitim   tuzish   to‘g‘risida   qaror   qabul
qilinayotgan   sanada   jamiyat   sof   aktivlari   miqdorining   ellik   foizidan   ortig‘ini
tashkil   etuvchi   mol-mulk   xususida   yirik   bitim   tuzish   to‘g‘risidagi   qaror
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Yirik bitim jamiyat


aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha
qaror   qabul   qilganidan   keyin   jamiyatning   ijroiya   organi   tomonidan   amalga
oshiriladi.
Yuqorida   keltirilgan   talablari   buzilgan   holda   tuzilgan   yirik   bitim   sud
qaroriga ko‘ra haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitim tuzilganda, bu haqda 20-muhim
fakt   e’lon   qilinishi   shart   hisoblanadi.   Bunga   misol   sifatida   “Turonbank”   ATB
tomonidan   2017   yil   30   noyabrda   e’lon   qilingan   muhimfaktni   keltiramiz   (17.1-
jadval).

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish