Ro`yxatga olindi: №


AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida qimmatli qog‘ozlar muomalasining 
ob’ektiv zarurligini qanday izohlaysiz?
2. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini shakllantirish tartibini aniq 
ketma-ketlik asosida tavsiflang.
3. Aksiyalarni chiqarish, joylashtirish bo‘yicha davlat tomonidan o‘rnatilgan
shartlarni sanab o‘ting.
4. Ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirishda e’tibor qaratiladigan
jihatlarga to‘xtaling.
5. Imtiyozli aksiyalarning qo‘llanish xususiyatlarini izohlang.
6. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish 
amaliyoti bo‘yicha belgilangan talablar haqida fikr bildiring.
7. Korporativ obligatsiyalar muomalasini tashkil etish bo‘yicha talablarga 
to‘xtalib o‘ting.
8. Qo‘shimcha aksiyalar emissiyasida imtiyozli huquqning qo‘llanilishi 
haqida fikr bildiring.
9. Sug‘urta, tijorat banklari va real sektor bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari 
ustav kapitali minimal miqdoriga qo‘yilgan talablarni bilasizmi?
10. Mamlakatimizda aksiyalar va korporativ obligatsiyalar muomalasini 
kengaytirish bo‘yicha qanday takliflar berasiz?
Testlar
1. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilishi mumkin 
bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar turlari qaysi javobda berilgan?
a) oddiy va imtiyozli aksiyalar, korporativ obligatsiyalar;
b) davlat obligatsiyalari, ijtimoiy obligatsiyalar;
c) oltin aksiya, veksellar;
d) xazina majburiyatlari va qisqa muddatli obligatsiyalar.


2. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilishi mumkin 
bo‘lgan aksiyalarning maksimal qiymati qaysi javobda berilgan?
a) 5000 so‘m;
b) 100 so‘m; 
c) 50000 so‘m;
d) alohida talab belgilanmagan.
3. Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar
muomalasi qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi?
a) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlar;
b) “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar” va 
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar;
c) “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida” va “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 
qonunlar;
d) “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar” va 
“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar.
4. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali nima hisobiga shakllantiriladi?
a) oddiy va imtiyozli aksiyalarni joylashtirish;
b) korporativ obligatsiyalar joylashtirish;
c) amortizatsiya ajratmalari;
d) sof foyda.
5. Chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha talabni 
belgilang.
a) barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak, lekin 5000 
so‘mdan oshmasligi kerak;
b) imtiyozli va oddiy aksiyalar nominali o‘zaro farqlanishi kerak;
c) korporativ obligatsiyalar daromadliligi ta’minlanmaganda aksiyalar
nominali belgilanishi mumkin emas;
d) imtiyozli va oddiy aksiyalar nominali har xil bo‘lishi mumkin, lekin 5000 
so‘mdan oshmasligi kerak;
6. Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam 
miqdori necha so‘m qilib qilib belgilangan?
a) 100,0 milliard so‘m;
b) 10 million evro so‘m ekvivalentida;
c) 5 million evro;
d) 10 million dollar so‘m ekvivalentida;
7. Emissiyaviy   qimmatli   qog‘ozlarning   dastlabki   chiqarilishini   davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent tomonidan qancha miqdorda respublika byudjetiga
yig‘im to‘lanadi?


a) emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi
miqdorida;
b) emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 1,00 foizi
miqdorida;
c) joylashtirilgandan so‘ng jalb qilingan kapitalning 0,01 foizi miqdorida;
d) emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan qismining 1 foizi
miqdorida.
8. Ilgari   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   chiqarilishdagi   emissiyaviy   qimmatli
qog‘ozlarning   nominal   qiymati   oshirilgan   taqdirda   respublika   byudjetiga
to‘lanadigan yig‘im miqdori qaysi javobda berilgan?
a) nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida;
b) qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan qismining 1 foizi miqdorida.
c) nominal qiymati oshgan summasining 0,05 foizi miqdorida;
d) nominal qiymati oshgan summasining 0,1 foizi miqdorida.
9. 2014 yilgacha mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining 
nominal qiymati bo‘yicha chegara to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
a) 100 so‘mdan past bo‘lmasligi;
b) 5000 so‘mdan yuqori bo‘lmasligi;
c) 1000 so‘mdan past bo‘lmasligi;
d) 100 so‘mdan past, 5000 so‘mdan yuqori bo‘lmasligi.
10. Aksiyalarni ommaviy tartibda birlamchi va ikkilamchi joylashtirish 
amaliyoti xalqaro tajribada qanday nomlanadi?
a) IPO va SPO;
b) FIFO va LIFO;
c) AVECO va LIBOR;
d) PIBOR va LIFO.
11. Xususiy kapital tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri belgilangan?
a) ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda;
b) asosiy va qo‘shimcha kapital;
c) zayom kapital va uzoq muddatli kapital;
d) moliyaviy lizing, oddiy aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, kredit.
12. Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kapital bahosini aniqlashda e’tiborga 
olinadigan jihatlar quyidagilar:
a)
foiz
stavkasi,
emissiya
xarajatlari,
nominaldan
past
bahoda
joylashtirilganda o‘rtadagi salbiy farq;
b) dividend, qo‘shimcha bonuslar, emissiya xarajatlari;
c) emissiya xarajatlari, royalti, gudvill;


d) nominaldan past bahoda joylashtirilganda o‘rtadagi salbiy farq va 
to‘lanadigan dividendlar.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish