XI bob. DAVLAT ULUSHI MAVJUD AKSIYADORLIK
JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV
11.1. Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining o‘ziga xos
xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi
keskin qisqarib borishiga qaramasdan, butunlay barham topmaydi. Ya’ni bozor
iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning
ma’lum bir soha va tarmoqlarida davlat o‘z ulushini saqlab qolganligiga bugungi
kunda ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Umumiy olganda korporativ boshqaruv
modellari xususiyatlari, mamlakatlarning rivojlanish xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda iqtisodiyotda davlat ulushi darajasi xorijiy davlatlarda turlicha
ekanligini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozim. Har bir davlatning korporativ
tuzilmalardag ulushi darajasi ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodidiy taraqqiyotga ta’sir
ko‘rsatish zarurati bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Bunda albatta ma’lum bir
maqsadlar belgilab olinadi. Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv amaliyoti xususiy korporativ tuzilmalardagi korporativ
boshqaruv amaliyotidan ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi.
Yuqoridagilar asosida quyida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv xususiyatlari, davlatning korporativ boshqaruvdagi
ishtirokidan asosiy maqsadi va vazifalari, oltin aksiya amaliyotining qo‘llanish
tartibi, mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida davlat ishtiroki
tahlilini ko‘rib chiqamiz.
Davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtirokini quyidagi ikkita
yo‘nalish asosida ko‘zga tashlanadi:
Birinchidan, korporativ boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-huquqiy
hujjatlarni qabul qiladi va korporativ tuzilmalarning faoliyati davomida
qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablarning bajarilishi holatini nazorat qilib
boradi. Mazkur jihat barcha mamlakatlar tajribasida qo‘llaniladi.
Ikkinchidan, davlat korporativ boshqaruv amaliyotida bevosita ishtirok etadi
va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir qarorlar qabul qilishga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Bunda davlat ustav kapitalidagi ma’lum bir ulushga egalik qilish orqali
mulkdor sifatida ishtiroki kun tartibiga chiqadi.
Umuman davlatning korporativ boshqaruvda bevosita ishtiroki quyidagilar
asosida amalga oshiriladi:
- aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalariga to‘liq egalik qilish.
Shuningdek faqat davlat tomonidan ustav kapitalini to‘liq shakllantirish amaliyoti
asosida ham davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki kuzatiladi. Bunda
davlat aksiyadorlik jamiyatida yagona aksiyador sifatida faoliyat yuritadi va yakka
tartibda qarorlar qabul qiladi. Mazkur amaliyot mamlakatimizdagi aksiyadorlik
jamiyatlarida
ham kuzatiladi;
- aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar nazorat paketiga egalik qilish. Mazkur
holatda davlat yirik aksiyador sifatida maydonga chiqadi va
birinchi navbatda
davlat manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadi. Ya’ni boshqa
aksiyadorlarning
qarorlar qabul qilishga ta’siri nisbatan past bo‘ladi;
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ma’lum bir ulushga egalik qilish.
Bunda davlat o‘z egaligidagi aksiyalarning ustav kapitalidagi ulushiga mos tarzda
ovoz berish orqali korporativ boshqaruvda ishtirok etadi. Agarda aksiyalar ulushi
asosida kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zolarini ko‘rsatish vakolatiga
ega bo‘lsa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga yoki
taftish komissiyasiga o‘z nomzodlarini taqdim etadi va kumulyativ ovoz berishda
ishtirok etadi;
- oltin aksiya amaliyotini joriy etish. Mazkur amaliyotda davlat ustav
kapitalida hech qanday ulushga ega bo‘lmasdan yoki aksiyalar nazorat paketiga
egalik qilmagan holda korporativ boshqaruvda o‘z vakili orqali qarorlar qabul
qilishga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning korporativ boshqaruvdagi, umuman korporativ tuzilmalar
faoliyatidagi ishtiroki qator afzalliklarga va kamchiliklarga ega (11.1-jadval).
11.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: