Ro`yxatga olindi: №


I bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

I bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Korporativ boshqaruvning mohiyati, maqsadi va vazifalari
Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo‘llaniladigan tushunchalardan
biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv
oldindan   mavjud,   shuningdek   ushbu   atama   yangi   hamdir”
3
.   Bunga   korporativ
boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik
aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokozolarning milliy va
jahon   iqtisodiyotidagi   o‘rni   sabab   bo‘lmoqda.   Shundan   kelib   chiqqan   holda
dunyoning   deyarli   barcha   mamlakatlarida,   xususan   mamlakatimizda   ham
korporativ   boshqaruv   tizimini   samarali   tashkil   etish   masalasiga   jiddiy   e’tibor
qaratilib   kelinmoqda.   Keltirilayotgan   jihatlar   sabab   korporativ   boshqaruvning
iqtisodiy   mohiyati,   uning   maqsad   va   vazifalarini   to‘g‘ri   anglash   maqsadga
muvofiq.
Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o‘rganib
kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish
mumkin.
Masalan   M.Xamidulin   esa   “Korporativ   boshqaruv   –   korporatsiya
mulkdorlarining   korporatsiya   kapitalini   shakllantirishga,   undan   foyda   olish
maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlarni korporativ
munosabatlarning barcha ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan
strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real
ta’sirini   ta’minlashdagi   ongli,   bevosita   ishtirokidir”
4
,   deb   izohlaydi.   Tashkiliy
huquqiy   shakl   sifatida   korporatsiyalar   barcha   mamlakatlarda,   jumladan
O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi. Shu nuqtai nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar,
aksiyadorlik   jamiyatlari,   mas’uliyati   cheklangan   jamiyatlari   va   boshqalarni
umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalaymiz.
A.Xoshimovning ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni
aksiyadorlik   jamiyatining   faoliyatiga   jalb   etilgan   turli   shaxslar   manfaatlari
muvozanatini o‘rnatishdan iborat”
5
. Mazkur izohda korporativ boshqaruv faqatgina
aksiyadorlik jamiyatlari bilan bog‘langan. Vaholanki korporativ boshqaruv yirik
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham joriy etilishi mumkin.
D.Suyunov tomonidan “Korporativ boshqaruv – bu mulk shaklidan qat’iy
nazar   amaldagi   huquqiy-me’yorlarga   asoslanib,   boshqaruvning   ma’lum   bir
tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga oshiriluvchi faoliyat
majmuidir”
6
,   deya   berilgan   ta’rif   korporativ   boshqaruvning   mohiyatini   nisbatan
to‘liqroq ochib berilgan.
Bob   Trikker   esa   korporativ   boshqaruv   tushunchasini   operatsion,   o‘zaro
aloqadorlik,   aksiyadorlar,   moliyaviy-iqtisodiy   va   ijtimoiy   nuqtai   nazarlardan
ta’riflaydi
7
.

Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 4.

Хамидулин М.Б. Финансовые механизмы корпоративного управления. Монография. – Т.: Молия, 2008. –204 с.

Хашимов А.А. Ўзбекистонда интеграциялашган корпоратив тузилмаларни бошқариш методологиясини 
такомиллаштириш.: Иқтисод фанлари доктори илмий даражаси учун дисс.иши. – Т.: 2007. – 338 б.

Суюнов Д. Корпоратив бошқарув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия, 2007. – 319 б.

Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 29-31.


Xususan, operatsion nuqtai nazardan korporativ boshqaruvga kompaniyalar
boshqariladigan va nazorat qilinadigan tizim sifatida qaraladi va bunda direktorlar
kengashi   kompaniyani   boshqarishga   mas’ul   hisoblanadi.   Boshqaruvda
aksiyadorlarning roli esa direktorlar va auditorlarni tayinlash va o‘z manfaatlarini
qanoatlantiradigan darajada boshqaruv tarkibini shakllantirishdan iborat.
O‘zaro   aloqadorlik   nuqtai   nazaridan   esa   korporativ   boshqaruv   tuzilmasi
tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar taqsimotini
belgilab   beradi.   Bunda   aksiyadorlar,   kengash   a’zolari,   menejerlar   va   boshqa
hissadorlar o‘rtasida qaror qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi.
Aksiyadorlar   nuqtai   nazaridan   korporativ   boshqaruv   kengash   faoliyati
hamda   uning   aksiyadorlar,   menejerlar,   tashqi   auditorlar   va   boshqalar   bilan
aloqadorligini   nazarda   tutadi.   Korporativ   boshqaruv   kompaniyaning   ta’sischilar
(aksiyadorlar)   oldidagi   javobgarligi   va   huquqlarini   ifodalovchi   jarayon   sifatida
ifodalanadi.
Moliyaviy-iqtisodiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv kompaniyaning
moliyaviy   ta’minotchilari   va   ularning   mablag‘lari   qaytib   kelishi   o‘rtasidagi
munosabatlarni   ifodalaydi.   Bunda   egalik   huquqi   va   investorlar   huquqlari
himoyasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ijtimoiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv ijtimoiy va iqtisodiy hamda
jamoa   va   individual   maqsadlari   o‘rtasidagi   muvozanatni   ta’minlash   bilan
izohlanadi.
Korporativ  boshqaruvning  asosiy  maqsadi   –  past   qiymatda   investitsiyalar
jalb   qilish,   aksiyadorlarga   to‘lanadigan   dividendlarni   maksimallashtirish,
kompaniyaning   bozordagi   ulushi   va   kapitallashuv   darajasini   oshirib  borishdir.
Shuningdek   umumiylik   nuqtai   nazaridan   korporativ   boshqaruvning   maqsadini
korporativ tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning nazorati
hamda istiqbolni belgilab berishi sifatida ham ifodalash mumkin.
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir:
- korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish;
- aksiyadorlar   (shu   jumladan   minoritar   aksiyadorlar)   huquqlarini   himoya
qilish va qonuniy manfaftlarini ta’minlash;
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib borish orqali
biznes qiymatini maksimallashtirish;
- rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish ustidan
nazorat o‘rnatish va boshqalar.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish