JA
MI
55
-
55
Aksiyadorlik jamiyatlari shaffofligi va axborotlar oshkoraligini ta’minlash
korporativ boshqauv oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu boisdan
korporativ boshqaruv tizimini baholashda mazkur masalaga alohida e’tibor
qaratilgan holda eng yuqori ball (320; -170 ball) ajratilgan. Bunda davlat tilida,
ingliz va rus tillarida barcha o‘zgarishlar va qo‘shimchalar bilan AJ ustavi,
"Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida"gi nizom, "Kuzatuv kengashi
to‘g‘risida"gi nizom, "Ijroiya organi to‘g‘risida"gi nizom, "Taftish komissiyasi
to‘g‘risida"gi nizom, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va
nomzodlarga talablar to‘g‘risida ma’lumotlar, AJda o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar
(majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, seminarlar va brifinglar,
davra suhbatlari, rasmiy tashriflar)ghaqida ma’lumotlar, press-relizlar va boshqa
kundalik faoliyatga doir axborotlar, AJda ishlab chiqariladigan mahsulotlar
(ko‘rsatiladigan xizmatlar, ishlar) ro‘yxati va ular haqida ma’lumot, AJda
o‘tkazilgan ochiq tanlovlar (tenderlar) va auktsionlar hamda ularni tashkil etish,
tovarlarni etkazib berish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) haqida ma’lumotlar,
shuning sayt xaritasi, affillangan shaxslar ro‘yxati, boshqa shasxlar tomonidan sayt
mareiallaridan foydalanilganda korporativ vebsayt bo‘yicha manbani majburiy
tartibida ko‘rsatish bo‘lyicha talab, tuzilmaviy bo‘linmalar, filiallar,
vakolatxonalar, sho‘’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari nomlanishi, ularning telefon
raqamlari, manzili (pocha va elektron), ulurning ish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar,
"Manfaatlar to‘qnashuvi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom,
"Kuzatuv kengashi qoshidagi qo‘mitalar to‘g‘risida"gi nizom, "Ichki nazorat
to‘g‘risida"gi nizom, "Axborot siyosati to‘g‘risida"gi nizom, "Dividend siyosati
to‘g‘risida"gi nizom, kelgusi yil bo‘yicha AJ biznes rejasi, o‘tgan yil bo‘yicha AJ
biznes rejasi, navbatdagi yil uchun AJ biznes rejasi, joriy yilda biznes reja
ko‘rsatkichlaridan har birining bajarilishi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda
jadval, o‘tgan oxirgi yilda biznes reja ko‘rsatkichlaridan har birining bajarilishi
haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda jadval, ikki yil oldingi biznes reja
ko‘rsatkichlaridan har birining bajarilishi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda
jadval, yakunlangan yil bo‘yicha yillik hisobot, yakunllangan yildan oldingi yil
yillik hisoboti, ikki yil oldingi yil bo‘yicha yillik hisobot, Ijroiya organi tarkibi
FIO, BIO va lavozimlari, elektron pochta manzillari bilan, FIO va asosiy ish joy i
ko‘rsatilgan holda kuzatuv kengashi tarkibi, FIO, BIO va asosiy ish joyi bilan
taftish komissiyasi tarkibi, FIO, BIO va lavozimi bilan ichki audit xizmati tarkibi,
AJ investitsion jozibadorligi to‘g‘risida videorolik, oxrigi uch yilda hisoblangan
dividendlar to‘g‘risida ma’lumotlar, oxrigi uch yilda to‘langan dividendlar
to‘g‘risida ma’lumotlar, oxirgi yildagi muhim faktlar, har bitta chiqarilish uchun
chiqarilish to‘g‘risida qarorlar, har bir chiqarilish bo‘yicha emissiya risolalari,
oxirgi yakunlangan yil uchun ijroiya organi har bir a’zosiga to‘lovlar to‘g‘risida
ma’lumotlar, oxirgi yakunlangan yil uchun kuzatuv kengashi har bir a’zosiga
to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumotlar, aksiyadorlar bilan bog‘lanish uchun ishonch
telefon raqami, xorijiy investorlar bilan bog‘lanish uchun ishonch telefon raqami
kabi ma’lumotlar mavjudligiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek aksiyadorlik jamiyati
haqida OAV materiallarining AJ saytida mavjudligi hamda mutaxassislar,
ekspertlar va konsultantlarning fundamental va texnik tahlil natijalari, sharhlari va
prognozlari AJ saytida joylashtirilganligiga ham e’tibor qaratiladi (6.8-jadval).
6.8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |