VI bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FЕDRASIAOLIYAT
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
6.1. Korporativ boshqaruv tizimini baholashning tashkiliy jihatlari
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksiyadorlik jamiyatlari korporativ
boshqaruv tizimini baholash orqali kuzatuv kengashi, ijroiya organi faoliyat
samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratiladi. Bu o‘z navbatida korporativ
boshqaruv tizimi samaradorligini baholash turli mezonlar asosida amalga
oshiriladi. Bunda korporativ boshqaruv tizimini baholash Korporativ boshqaruv
kodeksi asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringini amalga
oshirish uchun aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv tizimini baholash
o‘tkaziladi. Baholashni amalga oshirish uchun mustaqil tashkilotni jalb qilish
tavsiya etiladi. Aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv tizimini mustaqil
baholash yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. Bunda aksiyadorlik jamiyatlari
korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash aksiyadorlik jamiyatiga mulkiy
munosabat orqali bog‘liq bo‘lmagan tashkilot bilan tegishli shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash quyidagi tashkilotlar
tomonidan o‘tkazilishi mumkin:
- fond birjasi;
- qimmatli qog‘ozlar bozorining
professional ishtirokchilari;
- shtatida tegishli korporativ boshqaruvchi yoki qimmatli qog‘ozlar bozori
mutaxassisi attestati bo‘lgan
auditorlik tashkilotlari;
- akkreditatsiyadan o‘tgan reyting agentliklari;
- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi;
- Xususiylashtirish, raqobatni va korporativ boshqaruvni rivojlantirish
muammolari tadqiqotlari markazi.
Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil
tashkilotni tanlash aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining qarori bo‘yicha
tanlov asosida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Korporativ boshqaruv
ilmiy-ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadigan savolnoma asosida o‘tkaziladi.
O‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalari aksiyadorlik
jamiyati saytida shunday baholashni o‘tkazgan tashkilot xulosasi bilan birgalikda
e’lon qilinadi.
Davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etuvchi davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat hokimliklari va boshqa davlat
tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimini mustaqil
baholashni o‘tkazish uchun o‘z mablag‘i hisobidan mustaqil tashkilotni jalb qilish
huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini
mustaqil baholash natijalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv
organida ular
nomidan ishtirok etayotgan shaxslarni mukofotlash
miqdorini aniqlash uchun
qo‘llaydi.
Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi
O‘zR Davlat raqobat qo‘mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi
tomonidan 2016 yil 25 iyulda tasdiqlangan va 9 ta baholash yo‘nalishiga
jamlangan yuzta savoldan tarkib topgan savolnoma asosida baholanib kelinmoqda.
Bunda baholash yo‘nalishlari quyidagilar:
1. Korporativ boshqaruv kodeksini joriy etishga
tayyorgarlik jarayonini
baholash;
2. Kodeks tavsiyalariga
amal qilinishini baholash;
3. AJ tashkiliy tuzilmasi muvofiqligini baholash;
4. Tanlov o‘tkazilishini baholash;
5. MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash;
6. Zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilishini baholash (ISO, ERP,
ITTKI va b.);
7. Axborot siyosatini baholash;
8. Moliyaviy natijalarni baholash;
9. AJ faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini baholash.
Korporativ boshqaruv faoliyat samaradorligini baholash yo‘nalishlari
bo‘yicha savollar soni qo‘yiladigan ballar quyidagi jadvalda keltirilgan (6.1-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: