Bog'liq Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11
moliyaviy risklar – belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi
sharoitida moliyaviy faoliyatdan ko‘zlangan maqsad natijalariga yo‘naltirilgan
mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil
moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yo‘qotish)lar keltirish
ehtimoli;
moliya-sanoat guruhlari - real sektor va moliyaviy sektor
kompaniyalarining o‘zaro kapital almashishi (qarama-qarshi tarzda bir-birining
aksiyalariga egalik qilish) asosida tashkil etiladigan birlashma;
obligatsiya – qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qog‘oz;
overdraft – ta’minot rasmiylashtiruvisiz mijoz hisobraqami bo‘yicha
mablag‘larning belgilangan limit ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lishini ta’minlashga
qaratilgan kredit shakli;