Kafedra mudiri: Musayev M.N.
Kotiba Тurabekova U.M.
Dastur “Muxandislik geologiyasi va konchilik ishi” fakultetining o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (201 yil____________ « » - son bayonnoma) va universitetning Ilmiy-uslubiy kengashiga tasdiqlashga topshirildi.
O’quv-uslubiy kengash raisi Xodjayev X.S.
Kotiba Aribjonova D.E.
Ishhi o’quv dastur universitetning Ilmiy-uslubiy korib chiqildi va tasdiqlandi(201 yil____________ « » - son bayonnomasi).
Ilmiy-uslubiy kengash kotibi Mambetov N. M.
1. Fanning oily ta’limdagi o’rni hamda
maqsadi va vazifalari
Hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta`minlash masalasi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.Chunki ishlab chiqarish jarayonini misli ko`rinmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta`minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarni murakkablashuvi, inson hayotiy faoliyatida qo`llanilayotgan turli tuman zararli va zaxarli moddalar va boshqa omillar turli xavf xatarli (favqulodda vaziyatlarni) yuzaga keltirib, ular aholining hayotiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga taqdid soladi. Shu sababli mamlakatimizning eng muhim vazifalari qatorida aholi va xududlar muhofazasni ta`minlash masalalari o`rin olgan.Aynan mana shu muammolarning echimini "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" fani o`rganadi.
Fanning maqsadi - har qanday favqulotdda vaziyatlardan (tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi) fuqarolarni muhofaza qilish, talafot ko’rganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish hamdа iqtisodiy tarmoqlarini va moddiy boyliklarni zararlanishdan saqlash qoidalarini o`rgatishdan iboraт.
Fanning asosiy vazifalari- aholini favqulodda vaziyatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, iqtisodiy ob`ektlarning barqaror ishlashini ta`minlash, aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish, zararlangan xududlarda qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini o`tazish va hakazolardan iborat.
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi oquv fanini ozlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-bilimlarning bir butun tizimi bilan ozaro bog`liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari tog`risida;
- o’z bo’lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati tog`risida;
-O’zbekistan Respublikasi hududida sodir bo`lish ehtimoli bo`lgan tabiiy, tehnogen va ekologik hususiyatli favqulodda vaziyatlarning umumiy tavsivlari, ularning oldini olish, talafotlarni kamaytirish (yumshatish) va oqibatlarini bartaraf etish to'g`risida tasavvurga ega bo'lishi;
- fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablari haqida bilishi;
- fuqaro muhofazasining asosiy tamoyillari haqida;
- fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va burchlari to'grisida;
- O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to'grisida tushunchaga ega bo'lishi;
- aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga tayyorlash tartibini;
- o'quv muassasasi ob'ektlari va xududida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan FVda harakat qilishni;
- favqulodda vaziyatlar sharoitida ma'naviy-ruhiy barqarorlikni ta'minlashni;
- favqulodda vaziyat xavfi tug`ilganda va sodir bo'lganda muassasa faoliyati barqarorligini ta'minlashni;
- favqulodda vaziyatlar sharoitida o'ziga va o'zaro tibbiy yordam ko'rsatish qoidalari va tartibini;
- fuqaro muhofazasining ogohlantirish signallarini bilish va ulardan foydalana olishi;
- jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari va tartibini bilish;
- jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko'rsata olish;
- fuqaro muhofazasi normativlarini tez va qat`iylik bilan bajarish ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
Qo'yilgan vazifalar o'qish jarayonida talabalarning ma'ruza, amaliy mashg`ulot va seminarlarda faol ishtiroki hamda o'qituvchi kuzatuvida mustaqil ta'lim olishi bilan amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |