Ro`yxatga olindi: №


 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga nisbatan 16,37



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

2015 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga nisbatan 16,37
foiz va undan yuqori dividend to‘lagan ellikta AJining tarmoqlar kesimidagi
soni
16.5-rasm   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   Paxtasanoateksport   xolding
kompaniyasi   tarkibidagi   AJlari   yuqori   dividend   to‘lagan.   Shuningdek,
O‘zbekneftegaz   va   O‘zavtosanoat   tarkibidagi   6   tadan   AJ   ham   tuzib   chiqilgan
reytingga kirgan.


Dividend   to‘lovlarini   amalga   oshirgan   AJlarining   eng   yuqori   50   taligi
reytingi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich 2014 yilda aksiya nominal bahosiga nisbatan
22,9   foizni   tashkil   etgan   bo‘lsa,   2015   yilda   bu   ko‘rsatkich   14,37   foizga   teng
bo‘lgan. Bunday pasayish sababini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015
yil   4   martdagi   «2015-2019   yillarda   ishlab   chiqarishni   tarkibiy   o‘zgartirish,
modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilishni   ta’minlash   bo‘yicha   chora-tadbirlar
dasturi   to‘g‘risida»gi   Farmoni   asosida   iqtisodiyot   sektorlari   bo‘yicha   2015   yil
davomida AJlari tomonidan yangi loyihalar amalga oshirila boshlanganligi, ishlab
chiqarish   va   xizmat   ko‘rsatish   jarayonlarini   yangilash   va   kengaytirishga,
innovatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganligi
bilan izohlashimiz mumkin.
Mamlakatimizda   qator   yillardan   buyon   dividendlar   va   foizlar   tarzida
to‘lanadigan daromadlarga nisbatan to‘lov manbaida undiriladigan 10 foizlik soliq
stavkasi amal qilib kelmoqda. Fikrimizcha, foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz bo‘lib
turgan holatda dividendlarga nisbatan soliq stavkasini ham pasaytirish maqsadga
muvofiq. Chunki moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini kengaytirish natijasida erishilgan
natijadan 7,5 soliq to‘lash, olinishi noaniq bo‘lgan dividend bo‘yicha to‘lanadigan
10 foizlik soliqdan afzal, albatta.
AJlari aksiyalari nominal bahosi tahlil qilinganda ayrimlarida bir so‘mlik,
shuningdek Universal sug‘urta aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan  bir
tiyinlik aksiya muomalaga chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin. AJlariga xorijiy
investorlarni   jalb   qilish   masalasi   qo‘yilgan   vaqtda   aksiya   nominal   bahosining
bunday   pastligi   taklif   jarayonida   ma’lum   bir   muammolarni   yuzaga   keltiradi.
Chunki   bir   so‘mlik   yoki   bir   tiyinlik   aksiyani   xorijiy   investorlarga   erkin
almashtiriladigan valyutada taklif qilish o‘ziga xos qiyinchilik tug‘diradi. Keyin
keltirilayotgan nominal bahodagi aksiya bo‘yicha dividend miqdori haqida so‘z
yuritish   yana   bir   o‘ziga   xos   jihat.   Aynan   shundan   kelib   chiqqan   holda   aksiya
nominal bahosi bo‘yicha minimal miqdorni ham belgilash lozim, deb o‘ylaymiz.
O‘rganishlar, o‘tkazilgan tahlillar va tadqiqotlarimiz natijasi sifati quyidagi
xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
Birinchidan,   AJlarining   samarali   dividend   siyosati   qo‘shimcha   moliyaviy
resurslar   jalb   qilish,   aholi   daromadlarini   oshirish   va   o‘rta   mulkdorlar   sinfini
shakllantirish, qo‘shib olishlardan himoyalanish, IPO o‘tkazish orqali aksiyalarni
xalqaro fond birjalarida joylashtirish natijasida xorijiy kapital jalb qilishga xizmat
qiladi.
Ikkinchidan,   davlat   byudjeti   daromadlar   tarkibida   yuqori   ulushga   ega
bo‘lmagan   dividendlar   bo‘yicha   to‘lov   manbaida   undiriladigan   10   foizlik   soliq
stavkasini bosqichma-bosqich pasaytirib borish maqsadga muvofiq. Chunki, foyda
solig‘i stavkasi 7,5 foiz bo‘lib turgan bir vaqtda dividend bo‘yicha 10 foizlik soliq
stavkasining   qo‘llanilishi   ma’lum   darajada   mahalliy   investorlarning   fond
bozoridagi faoliyatiga salbiy ta’kir ko‘rsatishi mumkin.
Uchinchidan,   AJlari   faoliyatiga   xorijiy   investorlarni   jalb   qilishga   alohida
e’tibor   qaratilayotgan   bir   vaqtda   aksiyalar   nominal   bahosi   bo‘yicha   minimal
miqdorni qonunchilikda belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Chunki aksiya


nominal bahosi qanchalik past bo‘lsa, o‘z navbatida dividend miqdori ham past
bo‘ladi.   Natijada   aksiyani   erkin   almashtiriladigan   valyutada   xorijiy   investorga
taklif etish jarayonida ma’lum bir murakkablik yuzaga kelishi mumkin.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish