Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida hamkorlik munosabatlarining



Download 0,65 Mb.
bet69/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida hamkorlik munosabatlarining rivojiga 1991 yil 30 dekabrda O’zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular o’rtasida 1992 yil 29 yanvarda diplomatik munosabatlar o’rnatilgan kunda asos solingan edi.
1992-yil 19-iyunda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. “ O’zbekiston bilan Janubiy Koreya o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to’g’risida” deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag‘ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DAEWOO Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.
1992-1996-yillarda O‘zDAEWOOavto O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1995-yil 25-mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakat bo’ldi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1999-yil 4-6-oktabr kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Koreya Respublikasi yangi Prezidenti Kim De Jung bilan I. Karimov XXI asrda yangicha ruhdagi sheriklik to’g’risida qo’shma bayonot imzoladilar. Koreyadagi yirik Eksimbank bilan „O‘zDAEWOOavto qo’shma korxonasini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo’yicha kelishildi. ,,O‘zDAEWOOavto zavodida „Neksiya-2 va „Matiz rusumli avtomobillar ishlab chiqarish, Toshkentda „DAEWOO rusumli avtodvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish loyihalarini amalga oshirishga birgalikda sarmoya ajratish haqida hujjatlar imzolandi va amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Koreyaning „Kobul Tekstayl kompaniyasi o’rtasidagi hamkorlik yildan yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O‘zbekistonga 250 mln AQSH dollari hajmida sarmoya kiritdi va o’zlashtirildi. „Kobul Tekstayl ishtirokida Toshkent, To’ytepa va boshqa shaharlarda qo’shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda. 1999-yilga qadar O‘zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi va o’zlashtirildi. O‘zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi.
O’zbek-koreys o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari ravnaqiga O’zbekiston rahbarining Koreya Respublikasiga 2012 yil 19-21 sentabrdagi tashrifi yangi turtki berdi. Uchrashuv yakunlariga ko’ra, Qo’shma bayonot qabul qilinib, unda tomonlarning ko’p taraflama hamkorligi holatiga baho berildi va har taraflama munosabatlarning istiqboldagi ustuvor yo’nalishlari belgilandi. Ular to’liq ravishda ikki mamlakat xalqlarining uzoqni ko’zlagan manfaatlariga javob beradi va hamkorliknish amaldagi boy salohiyatini samarali ravishda ro’yobga chiqarishga ko’maklashadi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I. Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakat – Turkiyada bo’ldi. Turkiya prezidenti Turg’ut O’zol, bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Safar chog’ida O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, fan, ta‘lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim, axborot ayirboshlash, televideniye va radioeshittirish bo’yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992-yil 28-aprel kuni O‘zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari Turg’ut O‘zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezerlarning O‘zbekistonga rasmiy tashriflari chog’ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O‘zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo’shma korxonalar barpo etildi. 1996-yil iyun oyida
O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi – „O‘zavtosanoat Turkiyaning „Kochxolding konserni bilan Samarqand shahrida „SamKochavto o’zbek-turk qo’shma korxonasini barpo etish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo’shma korxona bunyod etildi va sig’imi o’rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko’taradigan yuk avtomobillarni yig’ish yo’lga qo’yildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998-yilda 275 mln AQSH dollariga ko’paydi.
1992-yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida ,,O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston I. Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to’g’risida, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston va Pokiston o’rtasidagi hamkorlikni O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1992-yil 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog’onaga ko’tardi. Ikki davlat o’rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to’g’risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat banklari va milliy banklar o’rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to’g’risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995-yil may va noyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg’onistonda birodarkushlik urushini to’xtatish masalalari bo’yicha fikr almashildi. Iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo’shma korxona tuzilgan. „Tabani, „Merkuriy, „Metro, „Laksan Taraka kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqdalar. 1994-yilda O’zbekiston va Pokiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar, shisha, billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq iste‘moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyabzal, charm buyumlar, kakao va shakar keltirilmoqda.
1992-yil 24-25-noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I.Karimovning Eron Islom Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida” deklaratsiya, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, davlat Markaziy banklari o’rtasida bitim imzolandi. 1993-yil 18-oktabrda Eron prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko’maklashdi. Safar chog’ida tranzit aloqalarni tartibga solish to’g‘risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston bilan Eron o’rtasidagi o’zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996yilda O‘zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo‘lsa, 2001-yili bu ko’rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o’tildi. O‘zbekiston yuklari, asosan, Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda.
2002-yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga yaqin O’zbekiston-Eron qo’shma korxonasi barpo etildi va ular, asosan, ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.
2002-yil 26-aprel kuni Eron prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifl paytida O‘zbekiston va Eron o’rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo’l qo’ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma‘lumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog’-kon sanoati palatasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrifi bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo’ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonlik yoshlar Qohira universitetida, „Al-Azxar va „Ayn Shams universitetlarida, misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida tahsil ko’rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va ta‘lim markazi faol ishlab turibdi.
O‘zbekiston bilan Ummon, Qatar va boshqa arab mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.
1992-yilda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a‘zo bo’lib kirdi. 1992-yil 10-mayda Ashgabatda O‘zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda Transosiyo temir yo’lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashxad temiryo’li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyorlash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992-1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo‘li qurildi. 1996-yil 12-may kuni mazkur temir yo‘lning ochilishiga bagisblangan tantanalar bo‘lib o’tdi, unda EKO a‘zolari bo‘lgan mamlakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus hukumatlarining vakillari, jami 50 mamlakat vakillari qatnashdi. Istanbul-Pekin Transosiyo temir yo‘lining tarkibiy qismi bo‘lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlari o’rtasida yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temir yo’lning 132 kilometri Turkmaniston hududida qurildi, uni qurishda o’zbekistonlik yo‘lsozlar faol qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln AQSH dollari sarflandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o’z mahsulotini Anqaragacha yoki Fors ko’rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga yetkazishi mumkin bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning yirik mamlakat – Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo’ldi. Safar kunlarida “ O’zbekiston Respubiikasi bilan Hindiston Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida” shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to’g’risida, havo yo’llari to’g’risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Prezidenti 1. Karimovning 1993-yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi chog’ida ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolandi. O‘zbekiston bilan Hindiston o’rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning „TATA
Projekts LTD firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o’rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo‘lgan zamonaviy mehmonxonaning ochilishi fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini I. Karimovning 2000-yil 1-3-may kunlari
Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Safar paytida O‘zbekiston Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog’ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O‘zbekiston bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik to’g’risida Qo’shma bayonot, jinoyat qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to’g’risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta‘lim, axborot, bojxona sohalari bo’yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar imzolandi. O’zbekiston va Hindiston o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik o’rnatish hamda rivojlantirishga ham katta e‘tibor berilayotir. Janubisharqiy Osiyoning O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o’ziga xos o’rni shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o’nta rivojlanayotgan mamlakatni o’z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiyiqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish sur‘atlari bo’yicha Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan so’ng to’plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqotishi mumkin.
O‘zbekistonning Tinch okean havzasi mamlakatlari – Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalari o’rnatildi. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992-yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga egadir. Safar kunlarida O‘zbekiston va Malayziya o’rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatish bo’yicha qo’shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo’yicha qo’shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.
1995-yil 8-10-aprel kunlari Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan
O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respublikasi o’rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to’g’risidagi qo’shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig’ida samolyotlar qatnovini yo‘lga qo’yish to’g’risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo’lga qo’yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish