Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


O’zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari



Download 0,65 Mb.
bet67/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

2. O’zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari.
O’zbekiston – BMT munosabatlari. Davlatlar va millatlar o’rtasidagi nizo va ziddiyatlarni tinch yo’l – muzokaralar orqali hal etishda eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning o’rni kattadir. O’zbekiston Respublikasi o’zining xohish-irodasi va taklifiga ko’ra 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O’zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy meyorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a‘zosi bo’ldi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi.
Prezident I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil sentabrda bo’lgan 48sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma‘ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’hna va navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi va BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mita komissari, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O’zbekistonda ko’plab xalqaro tadbirlar o’tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTning insonparvarlik yordamini yetkazish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi. 1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining «Ipak yo’li» xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning mavqeini yanada ko’tardi.
1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar-kengash bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo’llari muhokama etildi. O’zbekiston o’zining BMT ishidagi ishtirokini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va tinchlikni ta‘minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e‘tiborini qaratish imkoniyati deb biladi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan seminar-kengash bo’lib o’tdi.
Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta‘minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan takliflarini aytdilar. O’zbekiston BMTning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil 22-24 oktabrda bo’lgan yubiley sessiyasida qatnashib nutq so’zladi.
Prezident o’z nutqida bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta‘minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta‘minlash mumkinligi alohida ta‘kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash to’g’risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog’liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish, BMTning tashkilotchilik ishini faollashtirish to’g’risida bir qator takliflar ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma‘qulladilar va muammolarni hal qilishga ko’maklashdilar.
1997 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi.
Ushbu masala yuzasidan O’rta Osiyo va Qozog’iston davlatlari Tashqi ishlari vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Unda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a‘zolari, barcha davlatlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish tashabbusini qo’llabquvvatlashga va uni barpo etishga ko’maklashishga chaqirildi. 2006-yilda ushbu masala bo’yicha shartnoma imzoladilar. 2009-yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Bu mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlashning eng kafolatli yo’llaridan biri edi.
O‘zbekistonning BMTga yo’llagan afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMT homiyligida „6+2 guruhi tashkil etildi. O‘zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo’ldi.

  1. yilning 19-20 iyul kunlarida Toshkentda BMT homiyligida Afg’oniston bo’yicha «6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Unda guruhga a‘zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari o’rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalari, BMT Bosh kotibining Afg’oniston bo’yicha maxsus elchisi Laxdar Braximiy ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg’onistondagi mojaroni hal etishning asosiy tamoyillari to’g’risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus qo’mitasi ta‘sis etildi.

  1. yilning 8 sentabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. 150 dan ko’proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan ushbu sessiyada I.A.Karimov nutq so’zladi. Tashrif davomida Islom Karimov Nyu-Yorkda bir qator uchrashuvlar o’tkazdi.

2002 yilning 18-20 oktabr kunlari BMTning bosh kotibi Kofi Annanning yurtimizda bo’lishi O’zbekistonning bu tashkilotga a‘zo bo’lgandan keyingi va Prezidentimiz I.Karimovning BMT minbaridan so’zlagan nutqidan keyingi eng e‘tiborli voqealardan biri bo’ldi.
2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni mustahkamlanib, obro’-e‘tibori ortib borayotganining dalilidir.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 2010-yil 22-sentabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisida so’zlagan nutqida Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha ilgari tanlangan yo‘l kutilgan natijani bermaganligini ta‘kidladi. O‘zbekiston tomonidan 2008-yilda taklif etilgan BMT shofeligida 6+3 muloqot guruhini tuzishini taklif etdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, afg’onistonliklar o’z mamlakati muammolarini o’z manfaatlari, an‘analari, urfodatlaridan kelib chiqqan holda Afg’onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya va NATO ko’magida o’zlari hal etishlari zarurligi ta‘kidlandi.
O’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik sohasida o’z an‘analariga doimo sodiq bo’lib, bu yo’ldan hech qachon og’ishmasdan ilgari bormoqda.
Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e‘tibor qaratilgan.
Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2017 yil 12 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qildi. Prezidentimiz nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olini.
Xususan, SH.Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari o’tkazishni yo’lga qo’yish, BMTning «Ma‘rifat va diniy bag’rikenglrik» maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari bo’yicha konvensiyasini ishlab chiqish, Orolbo’yi muammosiga e‘tiborni oshirish va Afg’oniston muammosini hal etish kabi masalalarga oid 5 ta takliflarni ilgari surdi. 2020 yilga kelib bu takliflardan 4 tasi amalga oshdi.
Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o’tkazilmoqda. 2018 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi «Ma‘rifat va diniy bag’rikenglik» maxsus rezolyusiyasini tasdiqladi, shu yili Orolbo’yi mintaqasida insonlar xavfsizligi bo’yicha ko’p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. Ayni paytda BMTning Yoshlar huquqlari bo’yicha konvensiyasi loyihasi bo’yicha ishlar davom etmoqda, shu maqsadda inson huquqlari bo’yicha 2020 yil avgust oyida Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari mavzuida Samarqand forumi o’tkazildi. 2018 yil martida Toshkentda Afg’oniston bo’yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilib, uning yakunida deklaratsiya qabul qilindi.
O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etdi. Jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli sessiya BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida o’tkazildi. Davlatimiz rahbari BMTda oliy minbaridagi 2-marotaba chiqishida mustaqil O’zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – o’zbek tilida nutq so’zladi.
Mamlakatimiz rahbari SH.Mirziyoyev o’z nutqida mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o’zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag’allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ularning eng muhimlari quyidagi takliflardan iborat bo’ldi:
-BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to’g’risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish taklif etildi;
-Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashning dolzarb muammolariga bag’ishlangan sammitni o’tkazish bo’yicha taklifi ma‘qullandi;
-Yoshlar huquqlari to’g’risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish bo’yicha O’zbekiston tashabbusini qo’llab-quvvatlashga chaqirildi;
-Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta‘minlashda parlamentlar rolini oshirish to’g’risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi;
-BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy
markazini ochish taklif etildi;
-Mintaqaviy qo’shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag’ishlangan xalqaro konferensiyani o’tkazish taklif etildi;
-2021 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o’tkazishga O’zbekiston tayyorligi ma‘lum qilindi;
-BMT huzurida afg’on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat
ko’rsatadigan qo’mita tashkil etish taklif etildi;
-Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta‘kidlandi;
-Qashshoqlikni tugatish va kambag’allikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag’ishlangan global sammitni o’tkazish taklif etildi;
-O’zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng ko’lamli va o’zaro manfaatli sheriklikni, BMT va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirish uchun doimo tayyorligi ma‘lum qilindi.
Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o’tish masalalariga to’xtalib o’tildi.
2020 yil 14 oktabr kuni BMT Bosh assambleyasida O’zbekiston BMT Inson huquqlari bo’yicha kengashiga ko’pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi.
BMT Yangiliklar markazi ma‘lumotiga ko’ra, quyidagi 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo’yicha Kengashi a‘zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, RossiY. Senegal,
Ukraina, O’zbekiston, Buyuk Britaniya.
BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo’yicha kengashga 47 ta davlat a‘zodir. Kengash a‘zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhiti yaxshilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat tashkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi o’rni yil sayin yuksalmoqda.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston 1992 yil 26-fevralda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YEXHT) a‘zo bo’lib kirdi.
Islom Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lib o’tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisida raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallab borayotganligiga yana bir ishonchli dalil bo’ldi.
Prezident o’z nutqlarida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta‘sirchanligini oshirish takliflarini ilgari surdi.
1994 yil 28-30 sentabrda Toshkentda YEXHTning umumiy masalalarga bag’ishlangan xalqaro anjumani o’tkazildi. Unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko’rib chiqildi. YEXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bo’yicha seminarlar o’tkazdi. Mazkur xalqaro tashkilot Orol muammosini hal qilishga ko’maklashmoqda. 1995-yil iyulda Toshkentda YEXHTning aloqalar bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
YEXHTning 1996 yil dekabrda Lissabon sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo’ldi. O’zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish, YEXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma‘qullandi va Lissabon Deklaratsiyasiga kiritildi.
O’zbekiston tashabbusi bilan 1996 yilning 11-13 sentabr kunlari Toshkentda YEXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo’yicha Byurosi (DIIHB)ning «Inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar» mavzusidagi xalqaro seminar-kengash bo’lib o’tdi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa, Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek, 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Seminar, kengashda Markaziy va Sharqiy
Yevropada Ombudsman instituti, inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta‘limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari ko’rib chiqildi.

  1. yilning 18-19 noyabrida Istambulda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo 54 davlat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi. I. Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma‘qullandi.

Istambul sammitida Yevropa Xavfsizlik Xartiyasi, Istambul Deklaratsiyasi va boshqa bir qator xalqaro hujjatlar imzolandi.

  1. yilning 2 iyunida Prezidentimiz I.Karimov Oqsaroyda YEXHT ning raisi, Avstriya

Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Benito Ferrero-Valdner boshchiligidagi mazkur tashkilot delegatsiyasi a‘zolarini qabul qildi. Suhbat davomida O’zbekiston va YEXHT o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashindi.
YEXHT tashkilotining bosh kotibi Y.Kubish 2002 yilning 6-7 aprel kunlari tashrif buyurgan bo’lsa, ko’p o’tmay YEXHT parlament assambleyasi delegatsiyasi 9-13 aprel kunlari O’zbekistonda mehmon bo’ldi.
O’zbekiston bilan Shimoliy Atlantika mamlakatlari tashkiloti – NATO o’rtasida o’zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 1995 yil iyulida O’zbekiston NATOning «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturiga qo’shildi. O’zbekiston bu dasturdagi ishtirokiga o’z mustaqilligini mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanish, harbiy kadrlar tayyorlashda imkoniyatlarni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraydi. «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasida 1995 yilda AQShda, 1997 yili Qozog’iston va O’zbekistonda o’tkazilgan harbiy mashqlarda O’zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko’tarishga xizmat qildi.
O’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo’shilmaslik harakatining a‘zosidir.
U bo’lajak jahon parlamentining timsoli bo’lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi.
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta‘sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo‘llashni taqiqlovchi konvensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo’shilgan.
O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Jumladan, uning BMT homiyligida ta‘lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 183 davlat a‘zo bo’lgan YUNESKOning bosh maqsadi – barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o’rnatishga ko’maklashishdan iborat. YUNESKO har yili o’z faoliyati doirasida jahonda 150-200 yirik tadbir o’tkazadi. U har bir davlatdagi ilg’or tajribalarni o’rganuvchi va boshqalarga tarqatuvchi «g’oyalar laboratoriyasi» rolini bajarmoqda.

  1. yil 29 oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YUNESKO a‘zoligiga qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. Shu kuni vatandoshimiz, buyuk olim Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil Parijda Mirzo Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi.

Mamlakatimizning qadimiy shaharlari Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta obyekt bor.

  1. yil dekabrda Toshkentda YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Komissiya idoralararo organ bo’lib, uning tarkibiga ta‘lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a‘zo bo’ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat berishga kirishdi. UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. „Ipak yo‘li – muloqot yo‘li deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi.

YUNESKO qaroriga binoan 1995 yilda Samarqandda Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi.
YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro institutini tantanali ravishda ochdi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.

  1. yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Bu O’zbekiston bilan YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. 1997 yil 19-20 oktabr kunlari

Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari ishtirok etdilar.

  1. yilning 6 noyabr kuni Parijda ochilgan YUNESKO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi Toshkentda bo’lib o’tdi.

Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zladi. Shu kunning o’zidayoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov YUNESKOning Bosh direktori Federiko Mayor va YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Pol Potoki boshchiligidagi delegatsiya a‘zolarini qabul qildi. Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashuvlar bo’ldi.
2000 yil iyulda esa Toshkentda Osiyo va Tinch Okean mintaqasi mamlakatlari YUNESKO ishlari bo’yicha milliy komissiyalarining XII mintaqaviy konferensiyasi bir hafta davom etdi. Shu yilning 13 sentabrida esa Prezidentimiz tomonidan YUNESKO Bosh direktori lavozimiga saylangan Kongiro Matsuuruni qabul qildi.
Suhbat davomida O’zbekiston bilan YUNESKO hamkorligini yanada rivojlantirish haqida fikrlashib olindi.
YUNESKO homiyligida 2001 yili ulug’ fiqhshunos olimlari, islom olamining mashhur ulamolari Burxoniddin Marg’inoniy va Abu Mansur Moturidiyning yubileylari, 2002 yili Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, Termiz shahrining 2500 yilligi, 2003 yili esa buyuk mutasavvuf Abduholiq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
O’zbekiston ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (UNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo’mitasi bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda. MDHning tashkil topishi va ko’ptomonlama hamkorliklar.
1991 yilning avgust-sentabr oylariga kelib sobiq SSSR tarkibidagi barcha 15 ta respublika o’zini mustaqil davlat deb e‘lon qilingan bo’lsa-da, SSSR Prezidenti, parlamenti, hukumati o’z faoliyatini tugatmagan edi.
1991 yil 8 dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Belovejskoe Pushcheda (Minsk,
Belorus) Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risidagi Bitimni imzoladilar. 1991 yil 13 dekabrda Ashxabodda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston Davlat boshliqlari uchrashib, MDHni tuzish to’g’risida Minskda imzolangan Bitimni muhokama qildilar va Bayonot qabul qildilar.
1991 yil 21 dekabrda Almatida MDni tuzish to’g’risidagi Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ham imzo qo’ydilar. Shu kuni ushbu davlatlar rahbarlari Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari bilan birgalikda «Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining maqsad va tamoyillari to’g’risidagi Shartnoma»ni imzoladilar.
Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank tizimi bo’lishi, fan, ta‘lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinishi, tashqi siyosat va armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holatda yuritilishi qayd etildi. Mazkur hujjatda SSSR davlatining faoliyati va SSSR Konsitusiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi.
Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. MDH davlatlari boshliqlarining Almati kengashi maxsus qaror qabul qilib, Hamdo’stlik a‘zolari bo’lgan davlatlarning BMT Nizomi bo’yicha majburiyatlarni bajarish niyatida ekanligini va BMTga a‘zo bo’lish istaklarini bildirdilar.

  1. yilda MDHga Gruziya qo’shildi. Bu bilan MDHga a‘zo bo’lgan davlatlar soni 12 taga yetdi. MDH oldida katta muammolarni yechish uchun Hamdo’stlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlar ishlab chiqdilar.

Jumladan, 1991 yil 30 dekabrda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida MDH mamlakatlari o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan muhim masalalar ko’rib chiqildi.
1992 yil 15 mayda Toshkentda o’tkazilgan MDH mamlakatlarining navbatdagi Kengashida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida, havo bo’shlig’idan foydalanish haqida, kosmik dasturlarni bajarishga pul ajratish to’g’risida, chegara qo’shinlarini pul bilan ta‘minlash to’g’risida, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.

  1. yil 21 oktabrda Moskvada o’tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida asosiy e‘tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH davlatlari o’rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Davlatlararo iqtisodiy qo’mita (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi MDH a‘zolari o’rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta‘minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi.

  2. yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda MDH a‘zolari bo’lgan mamlakatlar chegaralarini qo’riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-birlariga mos bo’lmagan turli fikrlar bildirildi.

Jumladan, O’zbekiston tomoni milliy tizimlardan ustun turadigan tuzilmalar, ayniqsa, harbiy tuzilmalar tuzishga qarshi ekanligini bildirdi.
MDH davlat boshliqlarining 1996 yil 17 may, 1997 yil 28 mart va 1998 yil 29 aprel kunlari Moskvada, 1997 yil 23 oktabrda Kishinevda o’tkazgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi birgalikda kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2006 yil 8 sentabrda Qozog’istonning Semipalatinsk shahrida I.Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan Afg’oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish bo’yicha shartnoma imzolangani mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlashda muhim qadam bo’lib xizmat qilmoqda. Buning yorqin amaliy ifodasi sifatida 2009 yil mart oyida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud haqidagi shartnomaning kuchga kirgani olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etdi.
MDH tashkil etilgandan beri o’tgan davrda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiysiyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda qolib ketdi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar hozirgi kungacha muvofiqlashtirilmadi. O’zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun‘iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, ko’plab amaldorlar ishlaydigan ma‘muriy idoralar, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O’zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg’unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko’rishni xohlaydi.
Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti. 2001-yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta‘minlash masalalari muhokama qilindi va Toshkent bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. I.Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini tuzishga kelishib olindi.
2002-yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib o’tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini ta‘sis etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib I.Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a‘zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a‘zo mamlakatlarining integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a‘zolari bo‘lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi.
MOH tashkilotiga a‘zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6-7-iyul kunlari Oqtov (Qozog’iston), 5-6-oktabr kunlari Dushanbe (Tojikiston) sammitlari bo‘lib o’tdi. Toshkentda yil noyabr oyida MOH tashkilotiga a‘zo davlatlar parlamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillarining forumlari bo‘lib o’tdi.
2002-yil 27-dekabrda va 2004-yil 28-mayda Astana shahrida bo‘lib o’tgan MOH tashkilotiga a‘zo davlat boshliqlarining sammitlarida mintaqaviy xavfsizlik, Orol inqirozi, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy bozor barpo etish, suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umum mintaqaviy infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar bo’yicha hamkorlik qilishga qaratilgan qo’shma kommyunike va bitimlar imzolandi.
2017 yildan “O’zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo’nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o’zaro ishonch va yaxshi qo’shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlana boshlandi.
2017 yilda Turkmaniston va Qirg’iziston bilan strategik hamkorlik o’rnatildi. Qozog’iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlandi. Toshkent va Dushanbe shaharlari o’rtasida aviaqatnov yo’lga qo’yildi. Qirg’iziston bilan davlat chegaralari to’g’risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan katta qadam bo’ldi.
Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan y o’l. 1993-yil mart oyida Qizil O‘rdada
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta‘sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol bo’yidagi murakkab ahvol va ro’y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqate‘tiborini jalb qilish zarurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi ishtirokida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag‘lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma‘qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam amalga oshirib bordi. Tojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O‘zbekistonning bergan siyosiy va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O‘zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning dalilidir.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH). 1994-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston bilan Qozog’iston o‘rtasida, 1994-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston bilan Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon to’g’risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 30-aprelda Cho’lponota shahrida O‘zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Uch davlat Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo’ldi. Unda o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar kengashi,
Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta‘sis etdilar. Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organlarining paydo bo’lishi O‘zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yanada mustahkamladi. Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
Tashkilotning 1995-yil 14-aprel kuni Chimkentda, 1995-yil 15-dekabrda Jambulda, 1997yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda (uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi), 1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti – Astana shahrida, 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda va 2000-yil 14-iyulda tashkilotga 1998yilda a‘zo bo‘lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo’lib o’tgan kengashida iqtisodiy integratsiy muammolari hal etib borildi. Dushanbe Kengashida MOIH ning 2002-yilgacha bo’lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi say-harakatlari dasturi to’g’risida,
2005-yilgacha bo’lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish strategiyasi haqida qarorlar qabul qilindi.
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH). 2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o’tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashida o’tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. O‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qaror qilindi. Negaki, bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo’shilishi natijasida yirik geografik makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo’l ochildi. YOIH Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o’rtasida 1995-yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006-yil 24-25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o’tgan Sammitida O‘zbekiston unga a‘zo bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekistonning YOIHni ta‘sis etish to’g’risidagi shartnomaga qo’shilishi to’g’risidagi protokol, „YOIHni ta‘sis etish to’g’risidagi shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qarorlar imzolandi. YOIH tashkiloti unga a‘zo mamlakatlar o’rtasida integratsiyani rivojlantirishga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topishiga ko’maklashadi.
2020 yilga kelib O’zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklari 80 foizi Qozog’iston, Qirg’iziston va Rossiyaning tranzit yo’laklari orqali o’tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo’yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston hissasiga to’g’ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog’istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda
O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog’liq masalalar chuqurlashmoqda (Qarang. O’z.R Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020).
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bo‘lib o’tgan
Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa „Shanxay forumi“ yoki „Shanxay beshligi“ tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning „Shanxay forumiga to’la huquqli a‘zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.
O‘zbekiston „Shanxay forumiga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – SHHT, deb o’zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi.
2001-yil iyunda bo’lgan Sammit yakunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachihk va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a‘zo mamlakatlarning bir-biriga o’zaro ishonchi, do’stlik va qo’shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta‘lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rag’batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan.
SHHT doirasida a‘zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa vazirliklarining Kengashi tuzilgan va faohyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o’tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta‘minlash maqsadida a‘zo davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001-yilning iyun oyida Tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002-yil-ning 24aprelida Almati shahrida bo’lib o’tgan a‘zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida chegara xizmatlari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g’ayriqonuniy muhojirlik va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo’yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari kelishib olindi.
2002-yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a‘zo mamlakatlar davlat boshliqlarining SanktPeterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a‘zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta‘sis hujjati – SHHT Xartiyasi, SHHTga a‘zo davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHT doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq tashkilot bo‘lib, o’zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
2003-yil 29-may kuni Moskvada bo‘lib o’tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo’mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil 1-yanvardan boshlab ish boshladilar.
2003-yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bo‘lib o’tdi, uning qarori bilan ko’p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a‘zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazirliklari, xavfsizlik kengashlari o’rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo’yildi.
2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a‘zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo‘lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004-yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta‘kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.
SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e‘tibor berildi. Sammitda SHHT a‘zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta‘kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi: -transport infratuzilmasini rivojlantirish;
-tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o’zlashtirish; -suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
-ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish; -fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
-investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o’nta hujjat imzolandi.
2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi 10majlisi bo’lib o’tdi. Davlat rahbarlari ko’p tomonlama va o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo’yicha fikr almashadilar. Kengashda kuzatuvchi va mehmon maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Turkmaniston, Pokiston va Mo’g’uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam masalalariga alohida e‘tibor berildi.
Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining deklaratsiyasi, SHHTda yangi a‘zolarini qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom, SHHT MATT kengashining 2009-yildagi faoliyatiga doir hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari kengashi 10-majlisi yakunlari to’g’risida axborot qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a‘zo davlatlar hukumatlari o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasida va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitimlar imzolandi.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e‘tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’ldi.
O’zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan yaqin aloqalar o’rnatish va rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Yevropa Ittifoqi, avvalambor, bugungi kunga kelib, a‘zolari 27 Evropa davlatidan iborat integratsiya birlashmasidir. Ushbu Ittifoq izchil ravishda imzolangan bir qator shartnomalarga asoslanib, ularning asosiy maqsadi urushdan keyingi Yevropada tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash va a‘zo-davlatlarni iqtisodiy integratsiya yo’li bilan birgalikda rivojlantirishdir.
O’zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish va hamkorlikka intilar ekan O’zbekiston uning yordamida transport, energetika. Moliya sohasi, xususiylashtirish, ilm-fan, ta‘lim, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek demokratiya va inson huquqlari sohasi bilan bog’liq keng qamrovli muammolarni hal etishga harakat qiladi.
O’z navbatida Yevropa Ittifoqi, o’zining tashqi siyosiy faoliyati tamoyillari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, sobiq sovetlar makoni davlatlarini iqtisodiy jihatdan kuchli va barqaror, Yevropa mamlakatlari uchun ishonchli va teng huquqli sherik sifatida ko’rishni istaydi. Shunday ekan, sobiq sovetlar makonida yangi mustaqil davlatlar tashkil bo’lgan dastlabki yillardan boshlab Yevropa Itttifoqi tomonidan Markaziy Osiy mintaqasida O’zbekiston Respublikasi bilan o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatilishi va rivojlantirilishiga ko’proq e‘tibor qaratildi. YEIning O’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i Olivye Alle ta‘kidlaganidek, O’zbekiston G’arb va Sharq yo’llari kesishgan yerda joylashgani tufayli Markaziy Osiyoda nafaqat eng qulay geografik mavqega ega, balki ko’p qo’shnilaridan o’zining ijtimoiy-siyosiy barqarorligi, keng yoyilgan iqtisodiy infratuzilmalari bilan ham ajralib turadi.
Obyektiv sharoitlar va ikki tomonning yaqinlashishga intilishi O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratdilar. U ikki bosqichga bo’linadi. Ularning birinchisi 1992 yilda o’zaro anglashuv memorandumi imzolangan vaqtdan boshlanib, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim kuchga kirgunga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi va YEI o’rtasidagi ushbu bitim kuchga kirgan kundan boshlanadi.
O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini ko’rsatilgan har bir bosqichda rivojlantirish ikki yo’nalishda amalga oshirildi. Birinchi yo’nalish bu O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzolash istiqbollari va uni kelajakda hayotga tatbiq etish bilan bevosita bog’liq siyosiy va iqtisodiy yo’nalishdir. Ikkinchi yo’nalish tomonlar o’rtasida memorandum imzolangan vaqtdan boshlab Yevropa Ittifoqining TASIS ilmiy-texnik ko’maklashu dasturini amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lib, islohotlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.
YEI bilan hamkorlik mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo’nalishi ekanidan kelib chiqqan holda O’zbekiston rahbariyati 1994 yilning mart oyida u bilan Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzolash tashabbusi bilan chiqdi. Tomonlarning o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga bo’lgan ikki taraflama intilishlaridan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko’rish jarayoni bo’ldi (Uzbekistan-Yevropeyskiy Soyuz: vajniy shag na puti k yevropeyskoy integratsii. - T.:Informatsionnoye agentstvo «Jaxon». – 1996. - S. 5.).
Tomonlarning keng hamkorlik qilish bo’yicha eng asosiy hujjatni imzolashga tayyorgarliklari yakuni 1996 yilning 21 iyunida Florensiyada (Italiya), Forteza da Basso qal‘asida
YEI a‘zo-mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzolash marosimi bo’ldi. Hujjat O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov va o’sha paytda YEI Kengashining amaldagi raisi bo’lib turgan Italiya Vazirlar kengashi raisi Romano Prodi va YEI 15 a‘zo-davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.
1999 yilning 1 iyuli ham O’zbekiston va YEI o’zaro munosabatlari tarixiga alohida sana bo’lib kiradi. Bu kunda O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim, YEI 15 a‘zo mamlakati milliy parlamentlari va Yevropa parlamenti tomonidan murakkab ratifikatsiya taomilini o’tib, to’la kuchga kirdi. Bu O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida Sheriklik va hamkorlik munosabatlarining qonuniy asosda rasmiylashtirilganini anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu bitimga yuqori baho berib, ta‘kidlagan ediki: “Biz iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar, shuningdek doimiy siyosiy muloqotga keng imkoniyatlar ochadigan Yevropa Ittifoqi bilan Sheriklik va hamkorlik bitimining amalga oshirilishiga juda katta e’tibor beramiz”.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi kuchga kirgan sherklik va hamkorlik bitimi o’zining asosiy maqsadi sifatida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini qo’llab-quvvatlashni; O’Rning demokratiyani mustahkamlash, iqtisodiyot va bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi yutuqlarini rivojlantirish bo’yicha harakatlarini qo’llash; tomonlar o’rtasidagi siyosiy muloqotlar uchun tegishli ramkalarni ta‘minlash; tomonlar o’rtasidagi savdo, investitsiyalar va uyg’un iqtisodiy munosabatlarga ko’maklashish va bu bilan mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotini qo’llash; qonunchilik, iqtisodiyot, ijtimoiy, moliyaviy, fuqarolik, ilmiy, texnologik va madaniy sohalardagi hamkorlikning asoslarini yaratish; O’zbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishga ko’maklashishni biladi.
O’zbekiston Respublikasi xukumati, mazkur hujjatning respublika uchun muhimligini hisobga olgan holda, 1999 yilning 3 sentabrida O’zbekiston Respublikasi Hukumatining O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni amalga oshirish bo’yicha kompleks dasturi to’g’risida qarorini qabul qildi. Ushbu hujjatga binoan Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni amalga oshirish bo’yicha asosiy yo’nalishlar, mas‘ul idoralar va tegishli vazifalarni bajarishning aniq muddatlari belgilandi.
O’z navbatida Yevropa Ittifoqi tomonidan, Bitimga muvofiq, Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim moddalarining ijrosi yuzasidan kuzatuv idorasi sifatida Hamkorlik kengashi tuzildi. U O’zbekiston Respublikasi Hukumati a‘zolari, YEI Kengashi a‘zolari va YEI Komisssiyasi a‘zolaridan iborat bo’ldi. Hamkorlik kengashi o’z majlislarida hamkorlikning siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, xalqaro maydondagi vaziyat va ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar to’g’risida fikr almashadilar.
Hamkorlik kengashiga o’z vazifalarini bajarishda ko’maklashish uchun O’zbekiston Respublikasi hukumati vakillaridan, YEI Kengashi va YEIK a‘zolarining katta mansabdor shaxs darajasidagi vakillaridan iborat Hamkorlik qo’mitasi tashkil etilgan.
Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim qoidasiga binoan, shuningdek Parlament hamkorligi qo’mitasi ham ta‘sis etilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Parlamenti va Yevropa parlamenti a‘zolarining uchrashuv va fikr almashishlari uchun forum hisoblanadi. Ular uchrashuv davomida O’zbekiston va Yevropa parlamentlari o’rtasidagi hamkorlikning ahvoli va istiqbolini qonunchilik, qonunchilikning moslashuvi, parlamentarizm tajribasi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi yo’nalishlar bo’yicha muhokama qiladilar.
Undan tashqari, Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim qoidalari asosida turli masalalarni muhokama qilish uchun eksport darajasida iqtisodiy hamkorlik qilish bo’yicha O’zbekiston-YEI savdo va investitsiyalar bo’yicha quyi qo’mitasi ham tuzilgan.
Shunday qilib, Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimning to’liq kuchga kirishi asosida O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida idoraviy tuzilma shaklantirilib, u o’ziga hamkorlik bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarning amalga oshirilishiga rioya qilish bo’yicha mas‘uliyatni olgan.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish