Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo etilishi



Download 0,65 Mb.
bet60/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

2. O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo etilishi. Qoraqalpog’iston jamoatchiligining O’zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosga ega bo’lishga intilishi O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

  1. yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida

«O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan
«O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof etildi.

  1. yil 11 noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Prezidenti lovozimi joriy qilinadi. Ushbu lavozimni

Davlatboy Shamshetov egalladi. Ammo bu lavozim 1992 yil 20 iyunda tugatildi va uning o’rnida Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi.

  1. yil 9 yanvarda Qoraqalpog’iston Respublikasi qayta tashkil etildi.

Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (XVII bob, 70-75-moddalar) o’z aksini topdi. Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat‘iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo’ldi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanganidek,
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi (70-modda). Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator huquqiy imkoniyatlar yaratildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy vakilligi mavjud. O’zbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasida mustahkamlab qo’yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
Konstitutsiyaning 71-moddasida belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega bo’lmog’i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko’ra Qoraqalpog’iston
Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XII sessiyasida 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog’iston
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday mone‘lik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog’iston hududida to’la amal qilishini ta‘minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari Qoraqalpog’istonning butun hududida majburiy ekanligi e‘tirof etilgan. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha davlat ramzlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan XII sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994 yil 25 dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deb ataldi. Jo’qorg’i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda Nukus shahrida bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo’qorg’i Kenges Raisi, uning o’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo’mita raislari va uning a‘zolari saylandi. Ayni paytda deputatlar qo’mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo’ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo’qorg’i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bo’lib, uning tarkibiga Jo’qorg’i Kenges Raisi, rais o’rinbosarlari, Vazirlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qo’mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o’rinbosar va 4 ta tarmoq o’rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo’mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda respublika hududida hukumatga qarashli bo’lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aral-808», «Sog’lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo’limlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda shuni ta‘kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog’istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo’yilgan bo’lsada, hali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda.
1997 yil 17 iyul kuni Nukusda bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan Qonun va qarorlarni hayotga to’la tadbiq qilishda, ijroiya intizomini qaror toptirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog’iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro’yrost ko’rsatib o’tildi. Jumladan, Jo’qorg’i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, hujjatbozlik, bo’lar-bo’lmas ma‘lumotlar to’plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishdagi rasmiyatchilik va to’rachilik illatlariga barham berish alohida ta‘kidlandi. Jo’qorg’i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o’tmish sarqiti hisoblangan - sho’rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani, Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari faoliyati o’z maqomiga va o’z oldiga qo’ygan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga doir muammolar bilan o’ralashib qolayotgani ko’rsatib o’tildi. Uchala hokimiyat organi – Jo’qorg’i Kenges, Ijro hokimiyati - Vazirlar Kengashi va sud hokimiyati o’z maqomi doirasida ish olib bormog’i lozimligi ta‘kidlandi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish