4.“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yоʻnalishda kоʻrsatilgan chora-tadbirlarni rоʻyobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mоʻljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, kоʻp tarmoqli fermer xоʻjaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
SHuningdek ushbu yоʻnalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xоʻjaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik kоʻrish chora-tadbirlarini ham оʻz ichiga oladi.
Harakatlar strategiyasininguchinchi yоʻnalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishgaqaratilgan bоʻlib, quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
- makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqoriiqtisodiy оʻsish sur’atlarini saqlab qolish;
- tarkibiy оʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotningetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobigauning raqobatbardoshligini oshirish;
- qishloq xоʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
- iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish hamda uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
- viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali hamda optimal foydalanish84.
2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini rоʻyobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmogʻi ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
2017-yilda Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yоʻlida dadil qadamlar qоʻyildi.
Jahon tajribasi kоʻrsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning samarali sharti – dunyo bozoriga chiqish, kichik biznes va tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir.
Noaniqliklar manbai bоʻlgan globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiyotida chuqur tarkibiy оʻzgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy оʻsishni ta’minlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning ahamiyati ortib bormoqda. Ma’lumotlarga kоʻra, “Xitoyda ish bilan band aholining 81,4 foizi, yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 54,3 foizi, YAponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, AQSH da 50,6; 53,1 foizi kichik biznes ulushiga tоʻgʻri kelmoqda
Оʻzbekistonda barqaror iqtisodiy оʻsish sur’atlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizda xususiy mulkning оʻrni va rolini, YAIMdagi ulushini izchil oshirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan.
SHavkat Mirziyoyev Оʻzbekiston Prezidentligiga saylangan birinchi kunlaridanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish siyosatini yuritmoqda. Bugun Оʻzbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga nazorat yuki pasaytirilmoqda, ba’zi inspeksion tashkilotlardagi byurokratik ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta isloh qilinmoqda.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qоʻshma majlisi yigʻilishidagi nutqida: “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qоʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat оʻzini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bоʻlsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bоʻlsa, davlat ham boy va qudratli bоʻladi”. SHuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga tоʻsqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga tоʻsqinlik qilish, deb baholanadi. Prinsipial jihatdan gʻoyat muhim bоʻlgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida ta’kidlab оʻtishni muhim va zarur deb hisoblayman”85, deb ta’kidladi.
Prezidentning 2017-yil 7 fevraldagi Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy оʻsish sur’atlarini saqlab qolish yоʻnalishida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyat qaratilgan. Bu bilan, avvalo, xalqaro moliyaviy institutlar pul mablagʻlarini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni оʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash kоʻzda tutilmoqda. SHu maqsadda 2017-2020-yillarda Jahon bankining 3 milliard dollarlik kreditlari hisobidan 27 ta, Osiyo taraqqiyot bankining 2,97 milliard dollarlik kreditlarini jalb qilgan holda 20 ta loyiha amalga oshirilishi mоʻljallangan
SHuningdek, 2017-2021-yillarda Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollarlik kreditlari jalb qilinib, qator investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Davlat dasturi bоʻyicha hamda tarkibiy оʻzgartirishlarni chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish yоʻnalishida korxonalarning mablagʻlari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari belgilanib, amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 5 yillikning oxiriga borib sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmogʻi ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017-yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatbardosh tayyor mahsulotlar оʻzlashtirish kоʻzda tutilgan bоʻlib, u jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda86.
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu Оʻzbekiston uchun 2018-yilda qоʻshimcha 1,5 trillion sоʻmlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |