Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»



Download 3,16 Mb.
bet24/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu-iming jug‘rofiy-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir.Ma’lumki, O’zbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay makonda joylashgan. Ya’ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil ener-getika omillari markazida joylashgan.
Ikkinchidan, O’zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va bosh-qa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilardan ma'lum dara-jada ustun turadi.
Uchinchi tarafdan, O’zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, ra-qobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotllarini ishlab chiqarishga hamda ulami qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir.
To‘rtinchidan, davlatimiz nafaqat o‘zini o‘zi ta’minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotllari, gaz va umuman, iq-tisodiyotning asosi bo‘lmish muhim tarmoqlarga ega. O’zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor.
Beshinchidan, O’zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida sal-moqli o‘mi bor. Yurtimiz ma’naviy-tarixiy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki dimyoda ham turli ma’naviy va siyosiy jarayonlarga, jahon sivilizatsiyasiga kuchli ta’sir o‘tkazib kelgan.
Shu jihatlami hisobga olsak, O’zbekiston o'zining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsi-ya markaziga aylanishi mumkin.
Albatta, bu yo‘lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar:
Birinchidan, agar geografik-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko‘ramiz.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bog'liq ekologik falokat ta’siri seziladi.
Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e’tibomi ta-qozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta’sir etish istaklari bor-ligini ham hisobga olmasdan bo'lmaydi.
To‘rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba’zi mamlakatlaming bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotiijam bo‘lishimizga yo‘l bermaydi.
Beshinchidan, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatlari ham mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xataming bugungi kundagi o‘chog‘i-Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlari ham shu mintaqada.
Bayon etilgan bu muammolami kuchaytirib va ma’lum dara-jada ko‘p ishlami ijobiy hal qilishga to‘siq bo’lib turgan yana bir masala bor. Sho‘ro tizimidan qolgan meros-bu shu mintaqada Turkiston atalmish yagona zaminda yashayotgan millat va elatlami sun'iy ravishda bo’lib tashlash va shundan foydalanib, o‘z siyosatini o‘tkazish, ularga hukmronlik qilish asoratlari hali-beri yo‘qolmagan.
XXI asr bo‘sag‘asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tubdan o'zgardi, inson va insoniyat, odam va olam taqdiriga daxldorlik hissi tobora kuchaydi. XX asming so‘nggi o‘n yilligi har qanday zo‘ravonliklar, tazyiqlar va g‘oyaviy xumjlami aql-idrok va ochiqdan ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo‘yilgan davr bo’ldi. O’zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o‘z ma’qeyi va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon siyosatini isloh qilishga da’vat etgan davlatlardan biri bo’lib maydonga chiqdi.
Geografik-siyosiy o‘mi jihatdan O’zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo’lib xizmat qildi. Mustaqillikning tarixan qisqa davrida u o‘zining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini to‘la-to‘kis ko‘rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo’lgan kuchli davlat sifatida o‘zini namoyon etdi.
Birgina bu emas: O’zbekiston Osiyo va Yevropa qifalari o‘rtasida munosabatlami muvofiqlashtimvchi, siyosiy iqlimni mo‘tadillashtimvchi G‘arbu Sharq o‘rtasidagi azaliy raqobatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokaralar orqa-li uyg‘unlashtirishga da’vat etgan shu mintaqadagi yagona davlat bo’lib maydonga chiqdi.
Darhaqiqat, bugim O’zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog‘iston muammolari bi-lan birga Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma’lum bir o‘zanga solishga da’vat qilayotgan, uni o‘zining amaliy
faoliyati bilan yaxshilik sari burishga katta ta’sir ko‘rsatayotgan davlatdir.
O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov dunyo muammolarini hal qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o‘rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo‘shni mamlakatlami o‘zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan juda ulkan masalalami o‘rtaga tashlamoqda. Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. Ayni ana shu muammolar bugun dunyo ahli hayotiga tahdid solayotgan eng og‘ir fojia ekanligini, u bilan murosa qilib bo‘lmasligini, bu illatlami barbod qilishda juda katta qafiyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O‘zbekistan o‘z timsolida ko‘rsatdi.
Birinchi Prezident I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo ‘ sag ‘ asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobida va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida qilgan «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasida xuddi ana shu muammolami keskin qilib qo‘ydi. Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o‘zaro uzviyligi, bir-biriga bog‘liqligi, uning tarqalishiga ba’zan diniy niqoblardan foydalanila-yotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekstremizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. O’zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‘nlab mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko‘tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon j amoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayotganligi fikrimizning dalilidir.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish