Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari



Download 3,16 Mb.
bet22/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

Nazorat ucuh savollar
  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari


  2. Qoraqalpogʻistonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.

  3. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.

  4. Qoraqalpogʻistoninng madaniy va ma’naviy hayoti haqida ma’lumot berig.

  5. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati nimalardan iborat?



11 MAVZU. ОʻZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI (4 soat).



  1. Оʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.

  2. Оʻzbekiston Respublikasining BMTga a’zo bоʻlishi hamda jahon hamjamiyatidagi оʻrni va nufuzini ortib borishi.

  3. Оʻzbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari.

  4. Оʻzbekistonning SHT bilan aloqalari.

  5. Оʻzbekistonning MDHdagi оʻrni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan оʻzaro hamkorlik aloqalari.

Tayanch va iboralar:
“Islom konferensiyasi tashkiloti”, “Qоʻshilmaslik harakati”, “Qоʻshilmaslik harakati”, “SHanxay beshligi”, Markaziy Osiyo, BMT, Evropa Ittifoqi, “Ming yillik” sammit, Orol fojeasi, YUNESKO, “Yil odami”.
1. XX asrning oxirgi оʻn yilligi insoniyat tarixiga buyuk оʻzgarishlar davri bоʻlib kirdi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin оʻzgarib, bir-biriga qarama-qarshi bоʻlgan SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum emirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat оʻz taraqqiyot kоʻlami bilan jahon hamjamiyatidan munosib оʻrin olish uchun harakat boshladi. SHular qatori Оʻzbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib оʻrin olish maqsadida оʻzining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. Оʻzbekistonning оʻz taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jоʻgʻrofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib оʻrin olish uchun imkon berdi. Xususan, Оʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi оʻrni, bu xududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bоʻlib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida Оʻzbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan tоʻgʻridan-tоʻgʻri aloqa qilish imkonidan mahrum bоʻlib, respublikaning оʻrni faqat qogʻozlarda federatsiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. Оʻzbekiston оʻz imkoniyatlarini dunyo miqyosida kоʻrsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab Оʻzbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini оʻrganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yоʻlga qоʻyish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. SHuni ta’kidlash kerakki, Оʻzbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
“Xalqaro hamjamiyatning tоʻla huquqli a’zosi bоʻlgan Оʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, оʻz hududini qurol-yarogʻlardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirgʻin qurollarini yоʻqotish, suveren davlatlar оʻrtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yоʻl qоʻymaslikdan iborat”, - deb 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da оʻz tashqi siyosatining asosiy yоʻlini belgilab olgan Оʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yоʻlni qonun bilan mustahkamladi. Оʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:

  • milliy-davlat manfaatlarini ustun qоʻygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;

  • umumbashariy qadriyatlarni ustun qоʻygan xolda nizoli mojarolarni tinch yоʻl bilan hal etish;

  • tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va оʻzaro manfaatdorlikni оʻrnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik

  • barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni оʻrnatishga intilish;

  • xalqaro huquq normalarini tan olgan xolda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;

  • tashqi siyosatda kоʻp tomonlama aloqalarni оʻrnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.

2. Оʻzbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Halqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa halqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. SHuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni оʻrganish tartibi”, “Оʻzbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari оʻz aksini topdi.
SHu оʻrinda aytib оʻtmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yоʻnalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. Оʻzbekiston Respublikasi оʻzining tashqi siyosatdagi yоʻnalishlarini demokratik pritsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bоʻlgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015 yilga qadar esa Оʻzbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018-yilga kelib, ularning 134 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar оʻrnatildi. Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan оʻtdi. SHuningdek, Оʻzbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat kоʻrsatmoqda. Оʻz navbatida Оʻzbekistonning elchilari dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat kоʻrsatmoqdalar.
Mustaqil Оʻzbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik pritsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulugʻlash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992 yil 2 martda Оʻzbekiston xalqaro munosabatlarning tоʻla huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bоʻlib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib оʻrin olishda ham katta ahamiyatga ega bоʻldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning Оʻzbekistondagi vakili etib tayinlandi.
Оʻzbekiston BMTning tоʻlaqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yigʻilishlarida ishtirok etishi bilan оʻzining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. Оʻzbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi Оʻzbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq оʻrnini belgilab berdi. CHunonchi, 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida Оʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi Оʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi.
Оʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995 yil BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yigʻilishida sоʻzlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezident muayyan “olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va Оʻzbekiston “ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bоʻyicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay tоʻxtatish xaqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham kоʻrsatib оʻtdi.
Ushbu yigʻilishda Orol dengizi qurishi bilan bogʻliq bоʻlgan global muammo ham kоʻtarildi. Prezident I.A.Karimov “Orol dengizining qurishi bilan bogʻliq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, оʻnlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta’sir kоʻrsatuvchi global muammo” ekanligini kоʻrsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi.
1995 yil 16 sentyabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning kоʻp davlatlari ishtirok etgan bu seminarda Оʻzbekiston rahbarining sоʻzlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning оʻziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. SHu bois ham Оʻzbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari kоʻpgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yigʻilishlarda Оʻzbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi, BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bоʻlgan edi. (Оʻzbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati) Ushbu guruhning 1999 yil iyul oyida Toshkentda оʻtkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bоʻldiki, bu uchrashuv mintaqaning оʻzida bоʻlib оʻtdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19 iyul kuni “Afgʻonistondagi mojarolarni tinch yоʻl bilan hal qilishning asosiy pritsiplari tоʻgʻrisidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman Оʻzbekiston rahbariyatining kоʻp yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. 2017-yil 4-6 dekabr kunlari Afgʻoniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Muzokaralar yakuni bоʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga oid qator hujjatlar imzolandi. Оʻzbekiston tomoni Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni оʻrnatish yоʻlida e’tiborga molik tashabbuslar bilan chiqdi. Xususan, Prezident SH.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilning 26-27 mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afgʻoniston bоʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bоʻlib оʻtdi. Ushbu anjumanda 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
2010 yil sentyabrda bоʻlib оʻtgan BMTning insoniyat rivojlanish maqsadlariga bagʻishlangan “Ming yillik” sammitida Оʻzbekiston ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan qоʻyilgan ijtimoiy dasturlarni bajarish borasidagi e’tirofga molik mulohazalar bilan chiqdi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017-yil sentyabrda bоʻlgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sоʻzlab, zamonaviy dunyodagi ma’lum global muammolarga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratdi. Jumladan, Prezident оʻz nutqida Afgʻonistonda tinchlik оʻrnatish, Orol fojeasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ma’rifat, bagʻrikenglik masalalariga alohida tоʻxtaldi. Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan “Ma’rifat va diniy bagʻrikenglik” tamoyilini xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinishi tоʻgʻrisidagi taklif davlat rahbarlari va delegatsiyalari оʻrtasida yuksak e’tirofga sazovor bоʻldi. Ushbu tamoyil 50 dan ziyod davlatning qоʻllab-quvvatlashi natijasida 2018-yil 12 dekabr kuni BMT tomonidan qabul qilindi. BMT Bosh kotibi A.Guterrish bilan Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 10 iyunda Samarqand shahridagi uchrashuvi va keyingi bir qator uchrashuvlar xalqaro nufuzli tashkilotning Оʻzbekistonning jahonda tinchlik va barqarorlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi sa’y-harakatiga berilgan yuqori bahosidan darak beradi.
Оʻzbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni kоʻrsatdi. Kоʻpgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiya, Qоʻshilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yоʻlga qоʻyildi. 1994 yil iyul oyida Оʻzbekiston NATOning “Tinchlik yоʻlidagi hamkorlik” Dasturiga qоʻshildi. Bu dasturga kоʻra, Оʻzbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSH)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida оʻtkazilgan harbiy mashqlarda, Оʻzbekiston xududida amerikaliklar bilan оʻtkazilgan desantchilarning “Ultrabalans 96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. SHuningdek respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada оʻtkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun оʻziga xos mahorat maktabi, tajriba bоʻlib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. Оʻzbekistonning “Tinchlik yоʻlida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda Оʻzbekistonning ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQSHning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning Оʻzbekistonga tashriflari Оʻzbekiston va mazkur tashkilot оʻrtasidagi tinchlik yоʻlidagi siyosatining hamohang ekanligini ham kоʻrsatdi.
3.Оʻzbekiston BMTga a’zo bоʻlib kirgan yillari Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) katta mansabdor xodimlari qоʻmitasining Pragadagi yigʻilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bоʻlib kirishi masalasi kоʻtarildi. 1992 yil 26 fevralga kelib Оʻzbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri Оʻzbekistonning Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bоʻlinmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bоʻyicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yоʻlga qоʻyib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda EXHTning “Inson xuquqlari bоʻyicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari оʻtkazildi. Seminarlar Markaziy va SHarqiy Evropada inson huquqlari bоʻyicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini kоʻrib chiqdi. Bunday yigʻilishlarda Оʻzbekistonning ishtiroki tanchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bоʻlib qoldi. Оʻzbekistonning 1996 yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi.
1999 yil 18-19 noyabr kunlari 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bоʻlib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Evropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yigʻilishda Оʻzbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. Оʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti yigʻilishda global ahamiyatga ega bоʻlgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yоʻqotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bоʻldi. Bu kurashga Оʻzbekiston оʻzining katta hissasini qоʻshmoqda. Buni AQSH senatorlaridan biri bоʻlgan Liberman tasdiqlab, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Оʻzbekistonsiz bizning Afgʻonistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bоʻlmas edi”, - deydi.
Bu оʻrinda Оʻzbekistonning Evropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham tоʻxtab оʻtmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bоʻyicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bоʻlib, bu muzokaralar 1996 yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi оʻlaroq Оʻzbekiston bilan Evropa Ittifoqi оʻrtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida Evropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yigʻilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi-sammitda imzolangan sheriklik va hamkorlik tоʻgʻrisidagi bu hujjat Оʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida оʻz оʻrni va ovoziga ega bоʻlishida katta ahamiyat kasb etdi. 2017-yil noyabrida Evropa Ittifoqi delegatsiyasining Samarqandga tashrifi оʻzaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018-yil 23 noyabrda Bryusselda bоʻlib оʻtgan Markaziy Osiyo va Evropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
Оʻzbekiston Respublikasi “Islom konferensiyasi tashkiloti”, “Qоʻshilmaslik harakati” kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar оʻrnatdi. Bular orasida, ayniqsa, 1985 yilda tuzilgan, yuzdan ortiq a’zoga ega “Qоʻshilmaslik harakati” tomonidan olib borilayotgan siyosat Оʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yоʻl bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yоʻnalishlarga tоʻla mos keladi. Оʻzbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bоʻlib kirdi.
Оʻzbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jaxon hamjamiyatiga qоʻshilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar оʻrnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. SHu bois Оʻzbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yоʻlidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga kоʻmaklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bоʻlib kirdi va ular bilan hamkorlikni yоʻlga qоʻyib oldi. SHu bilan birga Оʻzbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bоʻyicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qоʻmitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan оʻzaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat kоʻrsatmoqda. BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YUNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz оʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Оʻzbekiston 1993 yil YUNESKOga a’zo bоʻlgan edi.
1994 yilga kelib esa Оʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bоʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham оʻzaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishda muhim qadam bоʻldi. 1996 yilga kelib Toshkentda YUNESKOning vakolatxonasi ochildi. SHu оʻtgan vaqtdan beri Оʻzbekiston va YUNESKO tashkiloti оʻrtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bordi.
1996 yil Оʻzbekiston Prezidenti ham YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chogʻida I.A.Karimov YUNESKO Ijroiya kengashining 149-sessiyasida nutq sоʻzladi. YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi” kоʻrgazmasini ochdi.
Оʻzbekiston bilan YUNESKOning оʻzaro hamkorligi kengayshi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000 yil 28 dekabrda esa SHahrisabz shahri YUNESKO rоʻyxatiga kiritildi. SHaxrisabz bu rоʻyxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bоʻldi. Bunday aloqalar оʻz navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pogʻonaga kоʻtarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada оʻtkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etmoqda. Xususan, Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Ahmad al-Fargʻoniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Samarqandda shahrining 2750 yilligi, Toshkent shahrining 2200 yilligi, Margʻilon shahrining 2000 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YUNESKO homiyligida оʻtkazildi. Keyingi yillarda bu aloqalar yanada kengaymoqda.
Xususan, 2018-yil 8 oktyabr kuni Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Fransiya davlatiga bоʻlgan rasmiy tashrifi chogʻida YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, birgalikda Оʻzbekiston bilan YUNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021-yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar. 2019-yil avgust oyining oxirgi оʻn kunligida YUNESKO Bosh direktori Odri Azule Samarqand shahrida bоʻlib оʻtgan XII xalqaro “SHarq taronalari” musiqa festivalida bevosita ishtirok etdi.
4.Mustaqil Оʻzbekiston 2001 yilning iyun oyida “SHanxay beshligi” deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni SHanxay shahrida chaqirilgan Sammitida bu tashkilotning tоʻla huquqli a’zosi bоʻldi. 1998 yili tashkil etilgan “SHanxay beshligi”da Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari a’zodir. SHundan keyin “SHanxay hamkorlik tashkiloti” nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik оʻrnatishdan iborat bоʻlib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni tashkilotning faoliyat markazida turadigan bоʻldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga kоʻchirildi. Tashkilotning aniq vazifalarini tashqi ishlar, mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.
2005 yilning 2 iyul kuni Qozogʻistonning Astana shahrida “SHanxay hamkorligi” tashkilotining оʻninchi marta uchrashuvi оʻtdi. Sammitda doimiy a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mоʻgʻuliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilingan edi. 2016 yil iyun oyida Toshkent shahrida bоʻlib оʻtgan SHHT yigʻilishidaPokiston va Hindiston tashkilotning teng a’zosi sifatida qabul qilindi. Astana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. Оʻzaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish tоʻgʻrisida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning faoliyat kоʻlamini kengaytirish maqsadida 2005-2006 yillarda SHHTning Banklararo birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi.
2017-yil 9 iyunda Astanada bоʻlib оʻtgan SHHT davlatlari yigʻilishida iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayot bobidagi qator masalalar bоʻyicha fikr almashilib, umumiy xulosalarga kelindi.
2018-yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida SHanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bоʻlib оʻtdi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017-yilgi Astana sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida SHHTni yanada rivojlantirishga doir birinchi galdagi vazifalarni kоʻrib chiqdilar. Tomonlarning оʻzaro kelishilgan pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida оʻz ifodasini topdi.
A’zo davlatlar SHHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan hamda “SHanxay ruhi”ga tayangan holda SHHTni 2025 yilgacha mоʻljallangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. Bugungi kunda SHHT noyob, nufuzli va obrоʻli mintaqaviy birlashma sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bоʻlgandan sоʻng uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.
Mustaqil Оʻzbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan kоʻp tomonlama aloqalar оʻrnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qоʻshni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi.
Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bоʻlgan SHarq mamlakatlari bilan оʻzaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar оʻrtasidagi munosabatlarni kengaytirdi. SHuningdek, Оʻzbekiston 1992 yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bоʻlib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozogʻiston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yоʻl aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yоʻli qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu Оʻzbekiston uchun dengiz yоʻllariga, xalqaro transport tarmogʻiga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bogʻliq bоʻldi. Bu yоʻldagi harakatlar natijasida savdo-sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni оʻqitish imkoniyatlariga yоʻl ochildi.
Оʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida Qozogʻiston alohida оʻrin egallaydi. 2018-yilga kelib Qozogʻiston bilan оʻzaro hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bоʻlib, ular orasida “Abadiy dоʻstlik” va “Strategik sheriklik” tоʻgʻrisidagi shartnomalar alohida оʻrin egallaydi. Oxirgi yillarda bu hamkorlik aloqalariga katta ahamiyat berilib, Qozogʻiston va Оʻzbekiston davlat rahbarlari оʻrtasida oliy darajadagi bir qator uchrashuvlar bоʻlib оʻtdi. Xususan, 2017-yil mart oyida bоʻlib оʻtgan Prezident SH.M.Mirziyoyevning Qozogʻistonga rasmiy tashrifi yaxshi qоʻshnichilik aloqalarini yanada rivojlantirishda yangi sahifani ochdi. Оʻzbekistonda qozogʻistonlik investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yоʻlga qоʻyilgan bоʻlsa, qоʻshni davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes sub’ekti faoliyat olib bormoqda. 2017-yil Ostona va Toshkent shaharlarida bоʻlib оʻtgan biznes-forumlar natijasi bоʻyicha umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo aylanmasi va sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy-gumanitar aloqalar rivojini ham kafolatlaydi. Оʻtgan yilning sentyabr oyida ikki davlat rahbarlari 2018-yilda Qozogʻistonda Оʻzbekiston yili hamda 2019-yilda Оʻzbekistonda Qozogʻiston yilini оʻtkazishga kelishib olgan edi. Qozogʻiston Respublikasi 2018-yilni mamlakatda Оʻzbekiston yili deb e’lon qildi. Bu qozoq eli va Qozogʻiston davlatining оʻzbek xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi ramzidir. SHuningdek, 2017-yildan boshlab Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston davlatlari bilan ham оʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etildi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017-yilgi Ostona sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida SHHTni yanada rivojlantirishga doir birinchi galdagi vazifalarni kоʻrib chiqdilar. Tomonlarning оʻzaro kelishilgan pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida оʻz ifodasini topdi.
A’zo davlatlar SHHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan hamda “SHanxay ruhi”ga tayangan holda SHHTni 2025 yilgacha mоʻljallangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. Bugungi kunda SHHT noyob, nufuzli va obrоʻli mintaqaviy birlashma sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bоʻlgandan sоʻng uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.
Оʻzbekistonning AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, YAponiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu davlatlar bilan оʻzaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik, xalqaro huquq normalarida belgilangan qoidalarga va tamoyillara asoslandi.
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. Оʻzbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yоʻndoshishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda Оʻzbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
- Оʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish;
- Ilgʻor texnologiyaning kirib kelishiga, xоʻjalik tarkibini zamonaviylashiga kоʻmaklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini оʻtkazish;
- Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan оʻta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobat bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish;
Оʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bоʻldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat tоʻgʻrisida”, “CHet el investitsiyalari tоʻgʻrisida”gi va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tоʻgʻrisida”gi, “Bankrotlik tоʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. SHu qatorda respublika chet el investitsiyalarini ishonchli sugʻurta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda Оʻzbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj tоʻlashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida etti yil mobaynida foydadan soliq tоʻlashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq tоʻlashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona tоʻlovlari ancha kamaytirildi.
Bu оʻrinda shuni aytib оʻtmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam kоʻrsatish maqsadida Оʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmogʻi tashkil etildi. Bular qatorida “Оʻzbekinvest” Milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bоʻyicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bоʻldi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Оʻzbekistonga 12 milliard amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Оʻzbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qоʻshma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga etdi.
Оʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda оʻz mavqeiga ega bоʻlib borishi quvonarli holdir. Bu оʻrinda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab AQSH bilan оʻzaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat оʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng miqyosda olib borilishi xususida tоʻxtab оʻtmoq lozim. Оʻzbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan AQSH bilan Оʻzbekiston оʻrtasida imzolangan оʻzaro manfaatli shartnomalar asosida Оʻzbekistonga AQSHning sarmoyalari kirib keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida respublikada qоʻshma korxonalar tashkil topib faoliyat kоʻrsatib turibdi. Оʻzaro tuzilgan shartnomalarga kоʻra, AQSH Оʻzbekistondagi bepoyon er osti va er usti boyliklarini оʻzlashtirish uchun katta sarmoya mablagʻlarni ajratishni оʻz zimmasiga oldi, natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. Оʻzbekistonda Amerikaning “Nyumont-Mayning” kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan “Zarafshon-Nyumont” qоʻshma korxonasi qurib ishga tushirildi.
SHuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida Оʻzbekistonda “SamKuchavto”, “UzDEUavto”, Kоʻkdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi.
Koreya Respublikasi sarmoyadorlari bilan “ОʻzDEUavto”, “ОʻzDEU elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi оʻlaroq Оʻzbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan оʻrin egalladi va yuqori baholarga sazovor bоʻldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi.
5.1991 yil 8 dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdоʻstligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13 dekabrda Ashxobodda оʻtgan Оʻrta Osiyo va Qozogʻiston Respublika rahbarlarining kengashida hamdоʻstlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida оʻtgan uchrashuvda jami 11 davlat MDHga a’zo bоʻlib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarogʻ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
- tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish;
- umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, EvroOsiyo bozorini shakllantirish;
- iqtisodiy islohot оʻtkazish;
- bojxona siyosatini birga olib borish;
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
- ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish;
Umuman aytganda, Оʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdоʻstlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yоʻlga qоʻyish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi.
Оʻzbekiston MDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berib, uning ishtiroki quyidagi holatlarda belgilab berildi:
- yangi mustaqil davlatlarning kоʻp yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi halqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;
- respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bоʻlgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida bоʻlsa, MDH doirasidagi davlatlarning оʻzaro aloqalarini uzib qоʻyishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
- MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol оʻynashi;
- mustaqil davlatlarning оʻzaro hamkorligi xalqaro maqomda оʻz mavqeini saqlab qolishi uchun muhim omil bоʻlib hisoblanishi;
1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bоʻlib оʻtdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yоʻlga qоʻyib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qоʻmita tuzish, iqtisodiy integratsiyani tоʻlaqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq tоʻlovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim оʻrin egalladi. Оʻzbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bоʻyicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab оʻzaro manfaatli hamdоʻstlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
Ayni vaqtda Оʻzbekiston 1996 yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan оʻziga xos tuzilmaga ham 1999 yil aprel oyida a’zo bоʻldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Evropa transport yоʻlagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bоʻlib, unda Оʻzbekiston ham ishtirok etdi. YAltada bоʻlib оʻtgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar kоʻrib chiqildi.
Sоʻnggi yillarda GUUAM davlatlarining kоʻpchiligida ichki va tashqi siyosatida yuz bergan keskin оʻzgarishlar yuz berishi oqibatida Оʻzbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bоʻlayotgan оʻzaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab оʻtmoq joizdir. Bu ikki mamlakat оʻrtasidagi 1992 yil оʻrnatilgan diplomatik aloqalardan sоʻng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
2003 yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bоʻlib оʻtdi. Rossiyaning “Gazprom” va “Lukoyl” kompaniyalarining Оʻzbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat оʻrtasidagi tovar almashuv 2002 yili bir milliard AQSH dollarini tashkil etgan bоʻlsa, 2003 yili bu kоʻrsatkich 25 foizga oshdi.
2004 yili Rossiya va Оʻzbekiston оʻrtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. SHu yili ikki davlat Prezidentlari jami etti marta uchrashdi. Оʻzbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari Оʻzbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bоʻyicha bitimlar tuzdi. SHu yili 16 iyunda ikki davlat оʻrtasida strategik hamkorlik tоʻgʻrisida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bоʻyicha alohida bitimlar imzolandi.
Оʻzbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qоʻshma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq Оʻzbekiston-Rossiya qоʻshma korxonalari ishga tushdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin Оʻzbekiston bilan оʻzaro munosabatlarga tоʻxtalib: “...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz” - degan edi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federatsiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yоʻlga qоʻyildi. 1994 yili Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Оʻzbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining оʻrtasidagi оʻzaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xоʻjaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda оʻzaro hamkorlikni amalga oshirish bоʻyicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bоʻlgan masalalar asosiy оʻrin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yоʻlga qоʻyildi. Leonid Kuchma оʻzining Оʻzbekistonga tashrifi davomida Оʻzbekiston baynalminal madaniy markazida ham bоʻldi. Оʻz navbatida Оʻzbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat оʻrtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSH dollaridan oshdi. Оʻzbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni etkazib bergan bоʻlsa, Ukrainadan Оʻzbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda Оʻzbekistonda 20 dan ortiq оʻzbek-ukraina qоʻshma korxonalari ishlab turibdi.
2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit оʻz ishini boshladi. Sammitda оʻtgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va оʻzaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini kоʻpaytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat kоʻrsatuvchi muassasalar, xоʻjalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
2017-yildan boshlab, MDH davlatlari bilan оʻzaro munosabatlar yangi sifat pogʻonasiga kоʻtarildi. Xususan, MDH davlatlari bilan оʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalar hajmi 20 % ga kоʻtarildi. MDH davlatlarining 2017-yil 11 oktyabrdagi Sochi sammitida unga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining “Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qоʻllab-quvvatlash bоʻyicha” bayonoti, Hamdоʻstlikda 2019-yilni Kitob yili, 2020-yilni 1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi. Hamdоʻstlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi. SHuningdek, MDH mamlakatlari оʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yana qator hujjatlar qabul qilindi.
Оʻzbekiston qоʻshni Markaziy Osiyo davlatlari bilan оʻzaro iqtisodiy, savdo aloqalarni mustahkamlash, yaxshi qоʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish tarafdori.
1993 yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bоʻlib оʻtgan uchrashuvidan sоʻng Markaziy Osiyo hamdоʻstligiga asos solindi. Hamdоʻstlikka a’zo bоʻlgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda оʻz mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda оʻtkazish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda оʻziga ruxan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar оʻrnatish suveren Оʻzbekistonning tashqi siyosatidagi muhim yоʻnalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy dоʻstlik va birodarlikni mustahkamlash, оʻzaro iqtisodiy muammolarni echish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuygʻularini, uygʻotib kelmoqda.
1994 yil 10 yanvarda Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti N.Nazarboevning Оʻzbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdоʻstligiga amaliy poydevorni qоʻydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari “YAgona iqtisodiy hudud” barpo etish tоʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada Оʻzbekiston bilan Qozogʻiston оʻrtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin оʻtib turishini nazarda tutuvchi hamda оʻzaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish kоʻzda tutildi. Fan, maorif, sogʻliqni saqlash yоʻlida imzolangan hujjatlar bоʻlsa оʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bоʻlib qoldi. Bu shartnomaga Qirgʻiziston keyinchalik Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. Оʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati shahrida bоʻlib оʻtdi. Tomonlar Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. Kelishuvda qatnashgan mamlakat vakillarining davlatlararo ijroiya qоʻmitasi Almati shahrida joylashdi.
1995 yil 15 dekabr Qozogʻiston va Оʻzbekiston Respublikalari davlatlararo Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bоʻldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000 yilgacha bоʻlgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bоʻlgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi.
Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorolikning davomi Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlarining 1999 yil aprel oyida CHоʻlpon-Ota shahridagi uchrashuvi bоʻldi. Uchrashuvda Оʻzbekiston tomoni barchaning diqqat e’tiborida turgan Afgʻoniston hisoblanmish xalqaro terrorizm оʻchogʻining xavfi masalasi keskinligini qayd etdi. Оʻzbekiston Prezidenti yigʻilish qatnashchilari hamda BMTni butun xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston respublikasi rahbariyati va jamoatchiligi I.A.Karimovni tojik xalqining ogʻir kunlarda yordam beruvchi va qоʻllab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va dоʻsti sifatida qabul qildi. Prezident I.Rahmonov I.A.Karimovni tojik xalqining “boshidagi toji, kоʻzidagi nuri” - dedi. Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Saraz kоʻlining toshish xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi. Bu hamdоʻstlik davlatchiligini qaror toptirish prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “bozor munosabatlariga оʻtishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning kuch-gʻayratlari va sa’y-harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir”.
Ayni paytda Оʻzbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yоʻlga qоʻyib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yоʻlga qоʻyishdagi asosiy havf Afgʻoniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarogʻ savdosi kabi muammolarni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda Prezidentning Dоʻrmon qarorgohida bоʻlib оʻtgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. Оʻzbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusi qоʻllab-quvvatlandi. Tоʻrt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar. SHuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozogʻiston va Оʻzbekiston respublikasi Prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish tоʻgʻrisida, yоʻlovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish tоʻgʻrisida kelishib olindi.
Ushbu mamlakatlarni birlashtirib turgan muhim muammolar qatorida Orol dengizi masalasi katta оʻrin tutadi. SHu bois bu masalani tоʻla qonli hal etish mintaqadagi davlatlarning global muammolari qatoriga kiradi.
Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan beri bu muammoni hal etish Markaziy Osiyo respublikalarining оʻzaro aloqalarida оʻz aksini topib bormoqda. Orol dengizi muammosi bоʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil Оʻrda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bоʻlib оʻtdi. Bu uchrashuvlarda asosan Orol dengizi muammosiga bagʻishlangan chora-tadbirlarni kоʻrish belgilab olindi. Оʻzbekistonning tashqi siyosatidagi har tomonlama hamkorliklar qatorida Orol masalasi ham оʻziga xos оʻringa ega. Respublika rahbariyatining Orol bоʻyi masalasini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yоʻlga qоʻydi. Jumladan, 2001 yil Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Tadao CHino Оʻzbekistonga tashrif buyurib, Orol bоʻyida yuz bergan holat bilan tanishib chiqdi. Ushbu tashrif natijasida Tadao CHino Оʻzbekiston hukumatining Orol bоʻyidagi suv taqchilligini tugatishga qaratilgan sa’yi-harakatlarini qоʻllab-quvvatladi. U YAponiyaning maxsus jamgʻarmasidan begʻaraz grant ajratishni jadallashtirishini ta’kidlab оʻtdi.
2010 yil BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Оʻzbekistonda, xususan, Orol dengizi bоʻyida bоʻlib, asr ekologik fojiasini оʻz kоʻzi bilan kоʻrdi. 2017-yildan boshlab Orol mintaqasi bоʻyidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bоʻyicha qator amaliy harakatlar boshlandi. Orol fojeasi, uning asoratli oqibatlari tоʻgʻrisida Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017-yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sоʻzlagan nutqida alohida ta’kidlab, uning qurigan xaritasini jahon hamjamiyatiga namoyish qildi. Prezident SH.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan Orolbоʻyidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish yоʻlida 2018-2019-yillarda dengizning qurigan qismidagi deyarli 500 ming gektar erga chоʻlga chidamli saksovul va boshqa ekinlar ekilib, оʻrmon massivlarini barpo etish boshlandi. SHuningdek, Qoraqalpogʻistondagi ekologik fojeadan aziyat chekkan Mоʻynoq va boshqa hududlarni tubdan obodonlashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ijobiy hal qilindi.
2002 yil 28 fevral 1 mart kunlarida Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish tоʻgʻrisidagi shartnomaga imzo chekildi. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini kоʻrsatmaydi, balki murakkab оʻtish davrida mintaqa mamlakatlarining оʻzaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’iy nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bоʻlib qoldi.
Оʻzbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilgandir. Umuman, Оʻzbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yоʻlga qоʻyish va rivojlantirish borasida bir necha yillarga arziydigan ishlarni amalga oshirdi.
Оʻzbekiston оʻzining tinchliksevar, yaxshi qоʻshnichilik, оʻzaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida оʻzining munosib оʻrnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 2016 yil oxirlaridan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari bilan оʻzaro aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga kоʻtarildi. Оʻzaro qоʻshni davlatlar bilan chegara, savdo-iqtisodiy, madaniy, xоʻjalik aloqalarni yanada yaxshilash bоʻyicha Оʻzbkiston tomoni qator takliflar bilan chiqdi. Xususan, 2018-yil 15 martda Astanada bоʻlib оʻtgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bоʻlib оʻtdi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2017-yilning 10 noyabr kuni BMT shafeligida Samarqand shahrida оʻtgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yоʻlidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada mazkur uchrashuvni оʻtkazish taklifini ilgari surgan edi. Оʻshanda bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar qоʻllab-quvvatlagan va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev birinchi uchrashuvni Astanada оʻtkazishni taklif qilgandi. 
Oliy darajadagi uchrashuvda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Respublikasi Majlisi raisi Akja Nurberdieva ishtirok etdi. 
Uchrashuvni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev ochdi.Sammitda mintaqa mamlakatlari оʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 
Ta’kidlandiki, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. SHu nuqtai nazardan mamlakatlarimiz оʻrtasida mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini tоʻla ishga solish imkonini beradi. 
Davlat rahbarlari MDH, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar mexanizmlari doirasida оʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdi. Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari оʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir keng kоʻlamli masalalar kоʻrib chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarini kоʻp ming yillik qardoshlik va yaxshi qоʻshnilik rishtalari bogʻlab turadi. Tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. Mintaqamizda dunyo tamadduni rivojiga ulkan ta’sir kоʻrsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot mavjud bоʻlib, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajagi, barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlashda mustahkam poydevor bоʻla oladi. Keyingi yillarda mintaqa davlatlari yaxshi qоʻshnilik va оʻzaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida оʻz salohiyatini namoyon etmoqda. Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish yоʻlida sobitqadam bоʻlmoqda. Davlatlar umummintaqa manfaatlaridan kelib chiqib chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari оʻtkir masalalarga samarali echim topmoqda.
Jumladan, bir necha yillardan buyon muammoli masala sifatida qarab kelingan Оʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. Оʻzbekiston va Qirgʻiziston оʻz chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishildi. Transport sohasidagi hamkorlik borgan sari kengaymoqda. Tojikiston bilan tоʻgʻridan-tоʻgʻri avia, temir yоʻl va avtomobil qatnovi tiklandi. Amudaryodan оʻtadigan Turkmanobod – Forob yangi temir va avtomobil yоʻllari kоʻpriklari ishga tushirildi. Оʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy temir yоʻli qurilishi bоʻyicha kelishuvga erishildi. 
Оʻzbekiston tomonining tashabbusi bilan mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda etakchi korxonalari vakillari ishtirokida kоʻplab uchrashuvlar оʻtkazildi. Bu iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va оʻzaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi. Оʻzbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi оʻrtacha 20-30 foizga оʻsdi. 
Оʻzbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bоʻlgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqa davlatlari bilan munosabatlarimizga bevosita bogʻliq. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qоʻshni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bоʻlmaydi. Оʻzbekiston mintaqa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori. Sоʻnggi ikki yilda davlatimiz rahbari Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga borib, оʻzaro aloqalarni mustahkamlash yоʻlida muhim qadamlarni qоʻydi. Birgina Qozogʻiston bilan ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSH dollariga chiqarishga muvaffaq bоʻlindi. Tomonlar 2020-yilda mazkur kоʻrsatkichni 5 milliard AQSH dollariga etkazishni rejalashtirgan.
Sovet davlati parchalanib ketgandan sоʻng Markaziy Osiyoga, xususan, Оʻzbekistonga xalqaro terroristlar va diniy ektremistlar qоʻporuvchilik harakatlari bilan tazyiq оʻtkazishga harakat qilmoqdalar. Islom Karimov Оʻzbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, xalqaro tashkilotlarning majlislarida Tojikistondagi fuqarolar urushi, Afgʻonistondagi tolibonlar va diniy ekstremistlarning butun jahon xalqlari uchun xavfli ekanini qayta-qayta ta’kidlab aytgan edi.
90-yillar oxirlariga kelib hududiy mojarolar, diniy ekstremistik harakatlar Оʻzbekiston mustaqilligi uchun xavfli tahdidligi ayon bоʻlib qolgan edi. Haqiqatan ham Afgʻonistonda оʻrnashib kоʻp mamlakatlar tomonidan madad olib turgan diniy ekstremistlar 1999 yil 16 fevralda, 1999-2000 yillari davlat chegaralarini buzishlar, 2003-2004 yillarda Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan qоʻporuvchilik harakatlari Оʻzbekiston rahbariyatining fikrlarini tasdiqladi. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi qоʻporuvchilik harakatlari yirik davlatlar rahbarlarining kоʻzini ochdi va Оʻzbekiston tomonining qanchalik haq ekanligini kоʻrsatdi. Terrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik, davlat chegaralari ham yоʻq.
1995-2003 yillarda faqat MDH davlatlari hududida 4.500 uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming оʻqotar qurollar, 400 tonna portlovchi moddalar yоʻq qilindi.
2016 yil umumxalq tomonidan saylangan Prezident SH.M.Mirziyoyev tashqi siyosatda оʻzaro hamkorlik, yaxshi qоʻshnichilik, manfaatli munosabatlar, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarini ilgari surgan holda oshkoralik va shaffoflik masalalariga ham katta e’tibor qaratdi. SHu boisdan ham Оʻzbekiston Prezidentining mazkur siyosati jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy e’tirof etilmoqda. Xalqaro “The Economist” jurnali talqiniga bоʻyicha 2019-yil yakunlariga kоʻra Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Yil odami” deya e’lon qilindi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish