Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


Mustahkamlash uchun savollar



Download 3,16 Mb.
bet13/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

Mustahkamlash uchun savollar.

  1. Оʻzbekiston Respublikasi Mustaqillikning e’lon qilinishi.

  2. 1991 yil 15 fevralda Оʻzbekiston Oliy Kengashi “Оʻzbekistonning davlat ramzlari tоʻgʻrisida” maxsus qarorning qabul qilinishi

  3. 1991 yil 6 sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilishi

  4. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yоʻlidagi sa’y-harakatlar.

  5. Mustaqil Оʻzbekiston davlatining mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari

4-MAVZU. Оʻzbekistonning оʻziga xos istiqlol va taraqqiyot yоʻli (2 soat).
Reja
1.Оʻzbekistonning оʻziga xos taraqqiyot yоʻlini tanlashi. Taraqqiyotning “Оʻzbek modeli” va uning оʻziga xos xususiyatlari.
2.Оʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yоʻli.
3.Оʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.
4.Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
5. Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
6.Davlat ramzlari.


Tayanch sоʻz va iboralar:
Оʻzbek modeli, bozor iqtisodiyoti, vaucher, milliy valyuta, soliq, bozor infrastrukturasi, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik va оʻrta biznes, xususiylashtirish, avtomobil ishlab chiqarish.
1. Tarixdan ma’lumki, оʻz mamlakati milliy manfaatlarini hisobga olmay, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash mumkin emas. Turli xorijiy mamlakatlar taraqqiyot modeliga kоʻr-kоʻrona tayanib, ish tutgan MDH doirasidagi ayrim mamlakatlarda islohotlarda depsinish hollari, tashqi qarzga botish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ochilib, оʻzining zaif tomonlarini kоʻrsatdi. Dunyoda XX asrning boshlarida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika va Evropa modellari, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa оʻziga xos Germaniya va YAponiya modellari shakllandi. Keyinchalik оʻzini tоʻliq oqlagan Janubiy Koreya, Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarida taraqqiyot modellari yuzaga keldi. SHuningdek, mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlarida kоʻproq boshqa modellardan andoza olingan yоʻllar tanlandi.
Lekin ushbu davlatlar tajribasi biron bir davlatning rivojlanish yоʻlini tоʻgʻridan-tоʻgʻri qabul qilib bоʻlmasligini amalda isbotladi. YUqorida kоʻrib chiqilgan bozor iqtisodiyotiga оʻtishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bоʻlganligi tufayli, unga оʻtishning milliy xususiyatlari ham mavjud bоʻladi. SHu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yоʻlini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bоʻlmaydi. Fransiyada chop etiladigan «Liberason» gazetasi muxbirining «Turkiya modeli» xususida bergan savoliga Оʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagicha javob bergan edi: «Turkiya bozor munosabatlari yоʻliga оʻtib erishgan tub оʻzgarishlari bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil Оʻzbekiston Turkiya yоʻlidan kоʻr-kоʻrona nusxa kоʻchirmoqchi emas.
Odamzod birovning bоʻyiga qarab оʻziga tоʻn bichmaydi». Joriy yilning 8 sentyabrida Оʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qоʻshma majlisidagi nutqida xaqli ravishda ta’kidlaganidek: «Zamonaviy Оʻzbekistonning tarixi - bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yоʻlida Islom Abdugʻanievich Karimov rahnamoligida olib borilgan оʻta murakkab va ogʻir kurashlar tarixidir».
Chorak asr mobaynida umrboqiy modelga aylanib ulgurgan, jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda tub tarkibiy оʻzgarishlarni amalga oshirish bоʻyicha puxta оʻylangan, dunyoda «оʻzbek modeli» nomi bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish orqali Оʻzbekiston zamonaviy jadal va barqaror rivojlanib borayotgan davlatga aylandi.
Shunday qilib, Оʻzbekistonning оʻziga xos taraqqiyot yоʻli nazariy va amaliy jihatdan belgilab olindi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999-yil 14- aprel) quyidagi oltita ustuvor yоʻnalish bilan tоʻldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror оʻsishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy оʻzgarishlarni ta’minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni sarhadlarimiz daxlsizligini, malakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga оʻtish tamoyillari asosida gʻoyat mas’uliyatli va murakkab vazifa–iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlangʻich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy оʻzgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga оʻtishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga kоʻra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga оʻtish davridagi bir-biriga bogʻliq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga tоʻgʻri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining ogʻir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning asosiy yоʻnalishlari Оʻzbekistonning Birinchi Pezidenti tomonidan belgilab berildi:
-оʻtish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
-qishloq xоʻjaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
-ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Dastlabki vaqtning оʻzida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun xujjatlari qabul qilingan bоʻlib, ularni mazmun-mohiyati jihatidan quyidagi yоʻnalishlarga bоʻlish mukin:
1. Mulkchilik munosabatlari va kоʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yоʻnalish doirasida mulchilik tоʻgʻrisida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tоʻgʻrisida, er tоʻgʻrisida, ijara tоʻgʻrisida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tоʻgʻrisida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xоʻjalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xоʻjaligi, dehqon xоʻjaligi, shirkat xоʻjaligi tоʻgʻrisida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sugʻurta, birjalar va birja faoliyati tоʻgʻrisida, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi tоʻgʻrisida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat оʻrtasidagi, korxonalar оʻrtasidagi munosbatlarni tartibga soluvchi, soliq kodeksi, bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bоʻlishi haqidagi qonunlar qabul qilindi.
Оʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tоʻgʻrisida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning Оʻzbekiston tomonidan belgilanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Оʻzbek modelining hayotga izchil tatbiq etilishi yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy qiyofasini tubdan оʻzgartirib yubordi. Bugun Оʻzbekiston iqtisodiyoti izchil, barqaror va jadal оʻsayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan mustahkam оʻrin oldi. Ijtimoiy, madaniy sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar nufuzli xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan keng e’tirof etilib, yuksak baholanmoqda.
Taraqqiyotning оʻzbek modeli yuksak zamonaviy texnika va texnologiyaning mavjudligi, ishlab chiqarishning industrial tavsifi, rivojlanishda axborot texnologiyalarining оʻrni va ahamiyatining yuqoriligi, xizmat kоʻrsatish sohasining muttasil оʻsib borishi, iqtisodiy оʻsishning intensiv yоʻli ustuvorligi, iqtisodiyotning ochiqligi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yоʻl ochish orqali bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotning ijtimoiy yоʻnaltirilganligi, xalq farovonligining izchil yuksalishi, milliy iqtisodiyotning global iqtisodiyot bilan integratsiyalashuvining kuchayishi tendensiyalari bilan tavsiflanmoqda.
Taraqqiyotning оʻzbek modeli qotib qolgan statik tushuncha emas, albatta. Uning xarakteri va shakl-shamoyilini belgilaydigan asosiy tamoyillar saqlanib qolgan holda doimo yangi vazifa va qoidalar bilan bo-yitilib, takomillashtirilib borilmoqda. Zero, hayot barcha tartib qoidalarga оʻz tuzatishlarini kiritib boraveradi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash, innovatsion texnologiyani izchil rivojlantirish, sanoat mahsulotlari etkazib berishni yanada kengroq mahalliylashtirish — «оʻzbekcha taraqqiyot»ning mantiqiy davomidir.
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi davlatimiz rahbari ma’ruzasida Оʻzbekistonni 2020-yilda rivojlantirishning 6 ta eng muhim ustuvor yоʻnalishi orasida iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy оʻringa qоʻyildi. Shu maqsadda 370 dan ortiq strategik loyihani kоʻzda tutadigan investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Barcha investitsiyalarning tоʻrtdan uch qismi ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilib, ular yangi quvvatlarni yaratish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yоʻnaltirilmoqda. Bularning hammasi oxir-oqibatda milliy iqtisodiyotimiz rivojlanishini sifat jihatdan yangi bosqichga kоʻtarish, оʻzbek modelining hayotbaxsh kuchini butun dunyoga yana bir bor namoyish etish imkonini beradi.

2. Оʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholini ijtimoiy himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab oldi. Bu esa olib borilayotgan islohotlarning avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishining yorqin dalili ekanligini isbotlaydi. Dunyo e’tirof etgan bozor iqtisodiyotiga оʻtishning besh tamoyilning aynan biri ham kuchli ijtimoiy himoyaga yоʻnaltirilgan. Оʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab оʻtganlaridek, «Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmogʻi lozim. Davlat оʻz aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi»69 deyilgan.


Shu maqsadda har yili ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan saramoyalarning kоʻlami ortib bormoqda. Masalan, 2006 yilda byudjet mablagʻlarining 51,9% i 2008 ―Ijtimoiy himoya yiliDavlat dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyasiga 484 mlrd, sоʻmdan ortiq (53,8%), «YOshlar yili» da 1,5 trln. sоʻmdan ortiq (54,6%), «Barkamol avlod yili» doirasida 1 trillion 700 milliard sоʻm, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» yilida 2 trillion sоʻm miqdorida mablagʻ ajratildi. 2016 yil – Sogʻlom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablagʻlari yоʻnaltirildi, farzand kоʻrish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy kоʻrikdan оʻtkazilib, sogʻlomlashtirildi.
Yuqoridagi raqamlardan kоʻrinib turganidek aholining ijtimoiy himoyasiga yоʻnaltirilgan mablagʻlarning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda va bu boshqa sohalarga nisbatan ham kоʻpni tashkil qiladi.
Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qоʻllab quvvatlashning qonunchilik tizimi izchil shakllana bordi. Jumladan, Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: «Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yоʻqotganda, boquvchisidan mahrum bоʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat ijtimoiy taminotini olishga haqli» deb mustahkamlangan. Оʻzbekiston Respublikasida imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoya qilish pensiya, ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat kоʻrinishlarda namoyon bоʻladi. Ijtimoiy himoyaning bir kоʻrinishi sifatida pensiya 3 xil toifadagi fuqarolarga beriladi.
1. YOshga doir
2. Nogironlik
3. Boquvchisini yоʻqotganligi munosabati bilan beriladigan pensiya sifatida ta’minlanadi.
1997 yilda ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat byudjetidan 123 milliard sоʻm yoki byudjet xarajatlarining 40 foizi ajratildi. SHu jumladan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bоʻyicha 30mlrd sоʻm sogʻliqni saqlash, gazlashtirish, suv ta’minoti va jtimoiy sohaning boshqa ob’ektlari qurilishi uchun 34 mldr sоʻm ajratildi. Yil davomida 6.7 mln.kv.metr uy-joy ishga tushirildi. 16 yoshgacha farzandi bor bоʻlgan oilalarga nafaqa tоʻlash uchun 9.6 mlrd. Sоʻm sarflandi.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirilib bormoqda. 1997 yil sentyabr oyidan boshlab, xar yili 1 sinf оʻquvchilariga bepul оʻquv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda uqiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yulga quyildi. Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi оʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Kam ta’minlangan oilalarga va kоʻp bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam tоʻlovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va maxalliy byudjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998 yilda tulangan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. sоʻmni tashkil qildi, 16 yoshgacha bоʻlgan farzandli oilalarga tоʻlangan nafaqalar - 15,6 mlrd. sоʻmni tashkil qildi.
Nogironligi bоʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam tizimini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 7 dekabrdagi qarori bilan 2000-2005 yillarda yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturiqabul qilindi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Nogironlik guruhini aniqlash hamda protez-ortopediya va reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlashda tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatida byurokratik tartib tamoyillar bartaraf etilmagan.
Har yili davlat tomonidan nogironligi bоʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish uchun millyardlab mablagʻ ajratiladi. Masalan, «2007-2010 yillarda yolgʻiz keksalar, pensinerlar va nogironlarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmat tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida»gi Dasturining mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan 2011 yil 30 maydagi «2011-2015 yillarda yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bоʻyicha qоʻshimcha chora-tadbirlar tоʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazinining 150 оʻringa mоʻljallangan davolash korpusi ta’mirlandi. Samarqand viloyati nogironlar uchun rebilitatsiya markazida esa 75 оʻrinli yangi reabilitatsiya binosini qurish ishlari yakunlandi. Keksalar va nogironlar istiqomat qiladigan «Sahovat» va «Muruvvat» uylarida ham yolgʻiz qariya va nogironlar uchun uyidagidek sharoit yaratish maqsadida 2012 yilda 9573,0 mln. sоʻmlik qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
2011 yilga kelib Оʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining «Оʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam kоʻrsatish haqidagi nizomni tasdiqlash tоʻgʻrisida»93 gi Buyrugʻiga asosan ijtimoiy xizmat xodimlarining asosiy vazifalari tizimi ishlab chiqildi. Unga kоʻra ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan nogironlar uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini uyiga etkazib berish, kiyimlari va uy anjomlarini tozalab berish, tibbiy yordam kоʻrsatish kabi vazifalar yuklangan va ular aholining ishsiz qatlamidan saralab olinadi. Tuman badlikka kоʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ijtimoiy xizmat xodimlarining faoliyati monitoring qilib boriladi va har haftalik natijaga kоʻra uning faoliyatiga baho beriladi. Lekin, mehribonlik uylari, bolalar uylariga ijtimoiy xizmat kоʻrsatish va himoya qilish Respublika reabilitatsiya markazida bor-yоʻgʻi bir necha oliy ma’lumotli ijtimoiy xizmatchi lavozimi joriy etilgan. YA’ni, Respublika bоʻylab atigi 40 ta professional ijtimoiy xizmatchi lavozimi mavjud.
Manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ijtimoiy qоʻllab quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlarining turmush darajasi sifatini oshirish, 2008-2013 yillarda Оʻzbekistonda nogironlar jamiyati tarkibidagi viloyat tuman nogironlar jamiyatlari jismoniy imkoniyatlari cheklangan turli yoshdagi aholi qatlamlarini qоʻllab quvvatlashga yоʻnaltirilgan 135 dan ortiq loyiha uchun 1 mlard 614,5 mln sоʻmdan ortiq mablagʻlar yоʻnaltirilgan. «Mustahkam oila yili» Davlat dasturini (2012 yil) amalga oshirish doirasida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini aholining ijtimoiy kоʻmakka muhtoj qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar kоʻrsatishga yanada keng jalb qilish, ularning sifatini yaxshilash va yangi ish оʻrinlari yaratish yоʻlida jamoat fondi va parlament komissiyasi оʻz tajribasida davlat granti ajratish bоʻyicha birinchi marta qоʻshma tanlov оʻtkazdi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18 yanvardagi ―Uy-joylar qurishni rivojlantirish bоʻyicha maqsadli Dasturlarini samarali amalga oshirish tоʻgʻrisida‖gi PQ-3480 sonli qaroriga asosan 2018-yil Dasturiga 22 145 ta yangilangan namunaviy loyihalar bоʻyicha arzon uy-joylar qurilishi belgilangan.
2019-yillarda nogironligi bоʻlgan, kam ta’minlangan xotin-qizlarga jami 3 mingta uy berilishi rejalashtirilgan, shundan 1 ming 640 tasi sentyabr oyigacha berilishi mоʻljallangan bоʻlib, shu kungacha jami 1 ming 691 nafar uy-joyga muhtoj, nogironligi bоʻlgan xotin-qizlarga uy-joy ajratildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12 apreldagi ―Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, nogironligi bоʻlgan, kam ta’minlangan farzandlarini tоʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylarni berish tоʻgʻrisidagi 285-son qaroriga muvofiq, Xotin-qizlar qоʻmitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qоʻlab quvvatlash jamoat fondi orqali 2020-yilning 1 yanvar holatiga 1207 nafar uy-joyga muhtoj, ogʻir turmush sharoitidagi va nogironligi bоʻlgan xotin-qizlar uchun jami 47,7 mlrd. sоʻmlik boshlangʻich tоʻlov miqdori tоʻlab berildi. Umumiy qilib olganda, Оʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat kоʻrsatishning kompleks tizimi yaratildi.
Umumiy qilib olganda, Respublika bоʻyicha har yili 100 ming nafardan ortiq fuqaroga ijtimoiy xizmatlar kоʻrsatish uchun 150 milliard sоʻm miqdoridagi mablagʻ ajratiladi. Birgina Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 95 mingdan ortiq keksa va nogironlar ijtimoiy yordam olishadi. SHulardan 30 ming nafari sogʻlomlashtirish maskanlarida, 17 mingi reabilitatsiya markazlarida, 16 mingiga uyda ijtimoiy xizmat kоʻrsatiladi, 12 mingiga har yili protez-ortopediya mahsulotlari taqdim qilinadi. Оʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat kоʻrsatishning kompleks tizimi yaratildi.

2017-yilda Оʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sur’ati tubdan оʻzgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo, aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga оʻtdi. Amalga oshirilgan barcha islohotlar ―Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun degan tamoyilga asoslandi. Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e’tibor qaratildi.


Valyuta bozorini liberallashtirish bоʻyicha aniq maqsadga yоʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va 2017-yil 5 sentyabrdan milliy valyutamiz – sоʻmning erkin ayirboshlanishi ta’minlandi. Xоʻjalik yurituvchi sub’ektlarning оʻz valyuta resurslarini erkin tasarruf etishlari yоʻlidagi barcha sun’iy tоʻsiqlar bartaraf etildi va ular tomonidan valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor qilindi. YUridik shaxslar uchun mahsulotlarni import qilishda chet el valyutasini erkin xarid qilish va chet el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi. Fuqarolarga chet elda ta’lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar uchun valyuta mablagʻlarini hech qanday tоʻsiqlarsiz qonuniy sotib olishi va sotish imkoniyati yaratildi. Mazkur islohotlar dunyoning etakchi moliya institutlari, shu jumladan, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo tarraqiyot banki tomonidan e’tirof etildi. Inflyasiya darajasi hamda ichki bozorda iste’mol tovarlar narxlarining barqarorligini nazorat qilish kuchaytirildi. Ushbu maqsadda, resurs bazasi 100 million dollarga teng ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirish jamgʻarmasi tashkil etildi. Hayot uchun zarur bоʻlgan dori-darmonlarni sotib olish uchun qоʻshimcha 70 million dollar ajratildi. Tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona tоʻlovlari stavkalari ikki baravar pasaytirildi. Ichki bozor uchun zarur bоʻlgan 8 ming turdan ziyod import tovarlari uchun bojxona tоʻlovlari keskin pasaytirildi, jumladan, import boji bоʻyicha 3 550 ta va aksiz soligʻi bоʻyicha 1 122 ta mahsulotlarga nisbatan nol darajali stavkalar belgilandi. Xalqaro andozalarga mos ravishda, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy kоʻrsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati tоʻgʻrisidagi barcha statistik va tahliliy ma’lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borilishi yоʻlga qоʻyildi.
4. Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir оʻziga xos ustuvor yоʻnalishi, bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning оʻrni va ahamiyatini oshirishdir. Bunda, eng avvalo, xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulkini boshqarish uslublari tamoman оʻzgartirilib, quyidagi ijobiy natijalarga erishildi: birinchidan, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi qоʻllab-quvvatlashning yangi amaliyoti joriy etildi, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash bоʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda davlat tomonidan kоʻmaklashish yоʻlga qоʻyildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat yuritmayotgan va tоʻliq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyati berildi. Bu esa, yuqori qiymatdagi investitsiyalarni оʻzlashtirish va minglab ish оʻrinlarini tashkil etish imkoniyatini berdi. Ushbu loyihalarni moliyaviy qоʻllab-quvvatlash uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga kоʻmaklashish maxsus jamgʻarmasi tashkil etildi va ushbu jamgʻarma tomonidan tegishli kredit liniyalari ochildi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan Оʻzbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yоʻl qurilishi, qishloq va suv xоʻjaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta etakchi tarmogʻida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada оʻtgan yili iqtisodiy оʻsish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga kоʻpaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga etdi.
Uchinchidan, faoliyat yuritmayotgan, bоʻshab yotgan va samarali foydalanilmayotgan yirik ob’ektlar va er uchastkalarida yil davomida 45 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 75 taga etkazildi. Ularda yuqori talabga ega bоʻlgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat оʻzgartirildi, bunda ish оʻrinlarini tashkil etish va odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ustuvor maqsad etib belgilandi.
Erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat hududlarining tashkil qilinishi tоʻgʻridan-tоʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy omili bоʻldi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik vaobodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bоʻyicha aniq maqsadga yоʻnaltirilgan dasturlarni qabul qilish maqsadida 2017-yilning оʻtgan davri mobaynida respublikaning barcha mintaqalariga, ayrimlariga esa takror tashrif buyurdilar. Har bir tashrif natijasi bоʻyicha har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Milliy valyutaning tezkor оʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalariga moliyaviy yordam berish bоʻyicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, neft va gaz, kimyo va energetika tarmoqlari korxonalarining yillar mobaynida tоʻplanib qolgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari kamaytirildi, neft mahsulotlari bоʻyicha hisoblangan aksiz soligʻi neftni qayta ishlash zavodlariga qoldirildi, Оʻzbekiston tiklanish va tarraqiyot jamgʻarmasi tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish choralari kоʻrildi. YAngi tashkil etilgan sanoat korxonalarida etti mingdan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi, yuzdan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish оʻzlashtirildi. Natijada qayta ishlash sanoatining jami sanoatdagi ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil etdi, mehnat unumdorligi qariyb 6 foizga oshdi. Mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bоʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan yirik investitsion loyihalarning amalga oshirilishi qariyb 67,4 trillion sоʻmlik kapital qоʻyilmalarni оʻzlartirish imkonini berdi.
Iqtisodiyotni tarkibiy оʻzgartirish mamlakat eksport hajmini baoqarorligini oshirish va uning tarkibida ijobiy оʻzgarishlarga erishish muhim omilga aylanib, eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan оʻsib bormoqda. 2017-2021-yillarga mоʻljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bоʻyicha dasturda ―Sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yangicha yondashuv chora tadbirlari belgilab berilgan.
Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv оʻzgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chogʻida, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSH, Koreya, Turkiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bоʻyicha ikki tomonlama davlatlararo shartnomalar imzolandi. Evropa tiklanish va tarraqqiyot banki bilan tоʻlaqonli munosabatlar tiklandi, bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratildi. Turli yоʻnalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi. Evropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik оʻrnatildi. Оʻzbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.
Ikkinchidan, tashqi savdo faoliyatidagi barcha sun’iy tоʻsiqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan tоʻlovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi 11,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va oldingi yil shu davr kоʻrsatkichiga nisbatan 126 foizga oshdi. Tashqi savdo saldosi 519,5 million dollarni tashkil etdi. MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng yirik davlatlar qatoriga Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston hamda uzoq xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Afgʻoniston, Eron, Koreya Respublikasi va Fransiya davlatlarini kiritish mumkin. Barcha qayd etib оʻtilgan mamlakatlar bоʻyicha eksportning оʻsish dinamikasiga erishildi.
5.Оʻzbekistonning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqish gʻoyasi aslida respublika Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bоʻlgan 2-sessiyasida ilgari surilgan edi. Bu boradagi ishlar deyarli 2,5 yil davom etdi. Uch guruhdan iborat komissiya bu borada tegishli faoliyat kоʻrsatib uning 149 ta moddadan iborat yangi variantini 1992 yil bahorda ishlab chiqdi. 1992 yil 26 sentyabrda esa umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Loyiha taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib 1992 yil 21 noyabrda ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi. 1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning 12-chaqiriq, 11-sessiyasida muqaddima, 6 bоʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat konstitutsiya qabul qilindi.
Konstitutsiya Оʻzbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyot yоʻlidagi, zamonaviy demokratik va huquqiy davlat barpo etishdagi asosiy huquqiy hujjat bоʻlib shakllandi. U оʻz mazmun-mohiyatiga kоʻra, jahondagi eng ilgʻor va demokratik jihatlarni оʻz ichiga singdirgan. Keyinchalik jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda Konstitutsiyaga tegishli оʻzgartish va qоʻshimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning Oliy Majlis vakolatlariga doir 76-88-moddalarga, Prezident vakolatlari va vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97 - moddalariga ham оʻzgartishlar va qоʻshimchalar kiritildi. 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonunga binoan Konstitutsiyaning ayrim moddalariga, xususan Prezident vakolatlariga doir 89, 93-modda 15-bandi, 102-modda 2-qismi оʻzgartirildi.
Konstitutsiyaviy tizimning prinsiplari quyidagilardan iboratdir:
1) Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslari.
2) Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish.
3) Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish.
6. Оʻzbekiston оʻzmustaqilligini qоʻlgakiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda Оʻzbekiston Oliy Kengashi ―Оʻzbekistonning davlat ramzlari tоʻgʻrisida maxsus qaror qabul qildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bоʻlib оʻtgan VIII sessiyasi Оʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi tоʻgʻrisida Qonun qabul qildi Оʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bоʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayrogʻiga xos bоʻlgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bоʻlgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi оʻzligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrogʻi yurtimizning оʻtmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir.
1992 yil 2 iyulda Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida ―Оʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tоʻgʻrisida Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
Оʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bоʻlib оʻtgan XI sessiyasi tomonidan Оʻzbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bоʻldi.
Ushbu sesssiyada «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi tоʻgʻrisida»gi Qonun ham qabul kilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
Оʻzbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab Оʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi - sоʻm muomalaga kiritildi.
Оʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari tоʻgʻrisida Biringchi Prezident I.Karimov: - Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir! - deb ta’kidlagan.
Оʻzbekistonning оʻziga xos taraqqiyot yоʻlini tanlashi. Taraqqiyotning “Оʻzbek modeli” va uning оʻziga xos xususiyatlari.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish