Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


-MAVZU. KIRISH.“ОʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” ОʻQUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI



Download 3,16 Mb.
bet3/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

1-MAVZU. KIRISH.“ОʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” ОʻQUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI
(2 SOAT).


1. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini оʻqitishning maqsad va vazifalari. Uning predmeti va оʻrganish ob’ekti.
2. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fanining g`oyaviy-nazariy asoslari va metodologik tamoyillari. Davrlashtirish.
3. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tоʻgʻrisida
Tayanch sоʻz va iboralar:
Fanning predmeti va dolzarb muammolari, xolislik, ilmiylik, tarixiylik, dialektik uslub, moddiy va yozma manbalar.

1. Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va оʻtmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bоʻlishi va uning tadrijiy-evolyusion rivojlanish jarayoni va boshqalarni оʻrganadi. Shuningdek, Оʻzbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fani yaqin tarixni, sоʻnggi yarim asrdan kamroq vaqtni xolisona va haqqoniy оʻrganadi.


Tarixiy haqiqat tоʻla rоʻyobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va ob’ektini tоʻgʻri belgilanishi оʻta muhim ahamiyatga ega. CHunki, Оʻzbekistonning eng tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va ob’ekt masalasi asosiy masala bоʻlib hisoblanadi. Zero, fan uning оʻrganish predmeti va ob’ekti aniq bоʻlmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bоʻlib, maqsadga erishish mushkul bоʻladi.
Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fani оʻz xususiyatiga kоʻra, birinchidan, оʻzining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin оʻtmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yоʻlini kоʻrsatadi.
Ikkinchidan, Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda оʻrganiladi.
Uchinchidan, Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fani kоʻp qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. Uning оʻrganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fanining оʻrganish makoni-ob’ekti Оʻzbekistonning mustaqillik davri tarixidir.
Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bogʻliq bоʻlib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda оʻz ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. SHuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni tоʻla yoritib berolmaydilar.
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning оʻrganish ob’ekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. SHuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning rоʻyobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir.
Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, Оʻzbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bоʻlishiga bogʻliqdir. CHunki ular tarix bilan bevosita bogʻliq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik tоʻla va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bоʻladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni оʻtmish tajribasi va sabogʻidan tоʻgʻri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, оʻtmish-tarixga qarab, kelajakni tоʻgʻri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Mustaqillik yillarida Оʻzbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bogʻliq оʻzgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Оʻzbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yоʻnalishlarni оʻzlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30 iyundagi “Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tоʻgʻrisida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pogʻonaga kоʻtarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga Оʻzbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda оʻrganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va оʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi оʻrni va rolini kоʻrsatishga qaratilgan qator vazifalar qоʻyilgan. Mazkur hujjatda kоʻrsatilgan vazifalarni bir-birini tоʻldiruvchi ikki yоʻl orqali rоʻyobga chiqarish lozim. Birinchi yоʻl – yangi avlod ilmiy va оʻquv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yоʻl – mavjud bilimlarni yoshlarga targʻib etish va оʻqitish.
Оʻzbekistonning eng yangi tarixi haqida sоʻz yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib оʻtgan tarixiy yоʻli mohiyati va mazmunini anglab etish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib etish muhim. Оʻzbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: оʻzini оʻzi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yigʻinlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining оʻzi bilan qanoatlanib bоʻlmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan tоʻldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini оʻrnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi kоʻp odamlarda chorasizlik tuygʻusini uygʻotib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining оʻsishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bоʻldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bоʻlgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda Оʻzbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab оʻtirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bоʻlmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil оʻrniga mayda masalalar bilan оʻralashib, dolzarb muammolarning echimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora kоʻproq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol kоʻp partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
Оʻzbekistonning eng yangi tarixini оʻrganishda yuqorida ta’kidlab оʻtilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi оʻzbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bogʻliq masalalarning tоʻgʻri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga etkazish burchimizdir.
Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini оʻrganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, оʻquv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda Оʻzbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “YAngi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bоʻlimlari faoliyat kоʻrsatmoqda. Bu erda eng yangi tarixni оʻrganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. YAna ahamiyatli jihati, institutning olti nafar etakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir.
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “Оʻzbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, оʻrganish tajribasi, manba va uslublar”, “Оʻzbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “Оʻzbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Fargʻona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator tоʻplam va monografiyalarning nashr etilishi Оʻzbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
Bizda, afsuski, Оʻzbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini оʻrganish bilan shugʻullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol kоʻrinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-gʻayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon.
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tоʻgʻrisidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yоʻriqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta kоʻrib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qоʻymoqda.
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur bоʻlgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bоʻlayotgan voqealar asosida Оʻzbekistonning eng yangi tarixini оʻrganish bоʻyicha kompleks yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda Оʻzbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shugʻullanayotgan barcha ilmiy yоʻnalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bogʻliqdir.
2.Оʻzbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:

    • Ilmiy xolislik (ob’ektivlik);

    • Tarixiy – tahliliylik;

    • Mantiqiy – uzviylik;

    • Vorislik va izchillik;

    • Xronologik izchillik;

    • Gʻoyaviylik va vatanparvarlik;

    • Halol va xolislik;

    • Qiyoslash va kuzatish;

    • Kuzatish va umumiylashtirish;

    • Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;

    • Matematik hisoblash;

    • Shakllash va modellashtirish;

    • Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);

Bugungi kunda oshkoralik, shaffoflik kabi tamoyillar ilgari surilayotgan bir vaqtda tarix qanday bоʻlsa, uni shundayligicha оʻrganish ustivor bоʻlmogʻi kerak. CHunki yaqin tarix kоʻpchilik оʻz kоʻz оʻngidan оʻtkazgan voqeliklardir. Uni oshirmay, yashirmay, boricha оʻrganish zarurdir.
Umuman olganda, Оʻzbekistonning eng yangi tarixini оʻrganish va uni оʻqitishning dolzarb muammolari bоʻyicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga etkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin оʻtmishini tushunishga, murakkab, jоʻshqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli оʻrganishga, uni tоʻlaqonli anglab etishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa оʻzbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.
Kоʻp ming yillik taraqqiyot yоʻlini bosib оʻtgan va оʻtmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh bоʻlgan оʻzbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar Оʻzbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mоʻljallangan taraqqiyotiga asos bоʻlib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bogʻliqligi muhim ahamiyatga ega.
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bоʻlsada, mustabid tuzum iskanjasidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi gʻoyatda tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi.
Оʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib оʻtgan yоʻlining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini obektiv baholagan holda mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bоʻlib оʻrganish maqsadga muvofiq bоʻlar edi:
1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yоʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan оʻtish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qоʻyildi. Demokratik an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga оʻtila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Jumladan, kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich оʻtish asosiy vazifa qilib qоʻyildi. Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 2010-yildan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi Оʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bogʻliqdir. SHuningdek, bu davr davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, sоʻz erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan Оʻzbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng kоʻlamli jadal islohotlar davri hisoblanadi. Natijada, hayotimizga yangi iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “оʻz bolangni оʻzing asra”, “yоʻl xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Оʻzbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning оʻtmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi.
Оʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi ahamiyati yuksak baho berib: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bоʻlmaydi3» degan edi. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma’naviyat va ma’rifatdadir. Ma’nviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omildir. «Ma’naviyat,-deb yozadi I.Karimov,-оʻz xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», «tugʻilib оʻsgan yurtida оʻzini boshqalardan kam sezmay, boshini baland kоʻtarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson».
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi оʻz оʻrnini topdi. Barcha оʻquv maskanlarida talaba оʻquvchilarga Vatan tarixini оʻqitish davlat siyosati darajasiga kоʻtarildi. Vatan tarixini оʻqitish yоʻlga qоʻyildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada I.Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bоʻlmaganidek, оʻz tarixi­ni bilmagan xalqning kelajagi ham bоʻlmaydi», «Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yоʻq», «Оʻzlikni anglash tarixni bilish­dan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bоʻlish-hayotdan judo bоʻlish demak­dir» degan metodologik ahamiyatga molik sоʻzlari dasturilamal bоʻlib xizmat qilmoqda. Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur оʻrganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bogʻchalardan tortib OTMlarigacha bоʻlgan ta’lim-tarbiya tizimlarida Оʻzbekiston tarixi fanini оʻqitishga davlat darajasiga kоʻtarilgan vazifa sifatida katta e’tibor berilmoqda, gʻamxоʻrlik qilinmoqda. «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.».



Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish