Ro‘yxatga olindi” Korporativ boshqaruv fakulteti



Download 0,55 Mb.
bet3/13
Sana07.10.2022
Hajmi0,55 Mb.
#851825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurahmonov Dilshod

Kurs ishining maqsadi. Mamlakatimizdagi qimmatli qog’ozlar bozori va unda xorijiy investorlarning ishtirokini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Qimmatli qog’ozlar bozori tushunchasi va uning turlarini, iqtisodiyotni rivojlantirishda qimmatli qog‘ozlar bozorining roli va ahamiyatini va qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish muammolari va istiqbollarini, qimmatli qog’ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishning xorij tajribasidan foydalanish o’rganishdan iborat.

  1. Qimmatli qog’ozlar bozori tushunchasi va uning turlari.

XX asrning iqtisodiy taraqqiyoti shuni to‘liq tasdiqladiki, faqat bozor iqtisodiyotigina xalq xujaligi samaradorlik ko‘rsatkichlarining eng yuqori darajasini ta’minlaydi. Bozor mexanizmining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotning tovar—pul munosabatlari bilan qanchalik to‘liq qamrab olinganligiga bog‘liq. Bu tovar bozorlari bilan bir qatorda moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish zarurligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti simmatli qog‘ozlarning rivojlangan aylanmasisiz amal qilishi mumkin emas. Qimmatli sog‘ozlar bozori —bu jismoniy va yuridik shaxslarning simmatli qog‘ozlarni chitsarish, ularning muomalada bo‘lishi va sundirilishi bilan bog‘lih munosabatlari tizimidir. Har qanday bozor makonini ikki qutbga bo‘lish mumkin (rasmga qarang). Ulardan birida kapi­ tal etkazib beruvchilar —bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan va ularni saqlash hamda ko‘paytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa —yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamonalashtirish, kengaytirish, qayta ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha kapitalga muhtoj bo‘lgan bozor sub’ektlari turadi. Kapitalning iste’molchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin.
Mablag‘larni jalb etish maqsadida kapital iste’molchilari qimmatdi qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo —sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag‘ oladi. Kapital iste’molchilari (emitentlar) va etkazib beruvchilari (sarmoyadorlar) o‘rtasidagi munosabatlar qaytarilish, to‘lovlilik yoki mol—mulkka egalik qilish huquqini o‘tkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.
Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir —birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda yordamchi bo‘lsada, ammo juda muhim rol o‘ynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona o‘zaro munosabatlarini ta’minlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi sub’ektlarning ancha murakkab muassasaviy (institutsional) tizimi zarur.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi umumiy va maxsus tabaqalarga bo‘linadi. Umumiy infratuzilmani namoyon qiluvchi tashkilotlarga qimmatli qog‘ozlar bilan opera siyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan yoki murakkablashgan bular edi. Bularga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari, notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sug‘urta kompaniyalari kiradi. Qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlarga xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashuvchi vazifalarni bajarish uchun ularga qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus lisenziyalarning zarurati yo‘q. Ayni paytda bunday tashkilotlar davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sug‘urta kompaniyalari), Adliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial idoralar), Davlat matbuot qo‘mitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega bo‘lishi kerak. Mazkur sub’ektlarning faoliyati ushbu holatda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga kredit hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish, emitentlar hisobi va moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi hamda umumiy belgilangan me’yorlarga mos kelishini tasdiqlash, qimmatli qog‘ozlarning oldi —sotdisi, almashuvi, sovg‘a qilinishi shartnomalarini tasdiqlash, ular bilan bajariladigan operatsiyalarni sug‘urtalash, sarmoyadorlarni va fond boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxslarni bozordagi vaziyatdan xabardor qilish va hokazolardan iborat bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyatini amalga oshi­ ruvchi tashkilotlar (fond birjalari, tovarxom ashyo, valyuta va boshqa birjalarning fond bo‘limlari) hamda investitsiya muassasalari maxsus infratuzilmanio‘zida namoyon qiladi.
Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (brokerlar—dilerlar), investitsiya maslahatchilari, investitsiya fondlari, investitsiya kompaniyalari, boshqaruvchi kompaniyalar, qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob-kitob kliring palatalari, qimmatli qog‘ozlarning nominal egalari kiradi. Sanab o‘tilgan tashkilotlardan har biri qimmatli qog‘ozlar bozorida qat’iy ixtisoslashgan faoliyat turini bajarishi lozim, shunga qaramay, ayrim faoliyat turlarining qo‘shilib ketishiga ruxsat etiladi. Mazkur tashkilotlar qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyatini ko‘rsatish yoki mamlakat fond bozori holatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan investitsiya muassasasi sifatida operatsiyalarni amalga oshirish uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Birjalarda bevosita bozorlarga chiqarilmaydigan, hujjatlar bilan tasdiqlangan aniq sifat va miqdor xususiyatlariga hamda talab va taklif asosida belgilanadigan narxga ega bulgan ayrim fond boyliklari sotiladi va xarid qilinadi. Birjaga savdoda ishtirok etishni xohlovchi barcha shaxslarga emas, faqat uning a’zosi bo‘lgan professional ishtirokchilarga ruxsat etiladi. Qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari har bir birja tomonidan maxsus ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishini, birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja savdolariga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumotlarning e’lon qilinishini, tuzilayotgan bitimlar to‘g‘risida axborotning oshkor etilishini va hokazolarni nazarda tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi. Birjada oddiy qimmatli qog‘ozlar bilan emas, faqat alohida talablarga javob beradigan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi. An’anaviy tarzda fond birjasi — bu eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarning bozoridir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda fond birjalariga kam miqdordagi — faqat moliyaviy xo‘jalik ahvoli juda ham barqaror bo‘lgan emitentlarning aksiyalari kelib tushadi. Masalan, AQSHdagi mashhur Nyu —York fond birjasida faqat ikki mingtadan sal ko‘proq kompaniyaning aksiyalari baholanadi. Ayni paytda qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro’yxatdan o‘tkazgan tash — kilotlarning soni mazkur mamlakatda yuz minglabni tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlarning aksariyat qismi birjadan tashqari bozorlarda xarid qilinadi va sotiladi (muomalada buladi). Moliyaviy — xo‘jalik holati birja mezonlari bo‘yicha tanlab olish tadbiriga dosh berolmaydigan emitentlarning qimmatli qog‘ozlari aynan ushbu bozorlarda muomalada bo‘ladi. Bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bir vaqtning o‘zida ham fond bozorida, ham uning tashqarisida muomalada bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar birja bozorida ham, birjadan tashqari bozorda ham mazkur bozor ishtirokchilarining o‘zlari ishlab chiqqan va qonuniy tartibda mustahkamlangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bunday tamoyillarga quyidagilar kiradi:
— qimmatli qog‘ozlar bozorida tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
—aniq yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxlarni belgilash;
—qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
—qimmatli qog‘ozlar, ularning emitentlari, narxlari, birja va birjadan tashqari bitimlar haqidagi axborotlarni majburiy ravishda oshkor etish;
—sarmoyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoyalash;
—qimmatli qog‘ozlar bozorida tovlamachilik va nayrangbozliklarning taqiqlanishi va ta’qib qilinishi.
Har qanday bozor tartibsiz, boshqarib bo‘lmaydigan yoki tartibga solinadigan, boshqariladigan bo‘lishi mumkin. Turli mamlakatlar qimmatli qog‘ozlar bozorlari rivojlanishining tarixi boshqarilishning turli saviyasi va darajasini biladi. Boshqarilish fond boyliklari bilan savdo qiluvchilarga qulay sharoitlar (masalan, fond birjasi yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarining uyushmasi) yaratish buyicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tashkilot darajasida o‘rin tutishi mumkin. Utarmoq va ma’muriy —hududiy darajada amalga oshiriladi. Biroq ushbu mamlakat uchun umumiy xususiyatga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi eng katga ahamiyatga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tartibsizlik, istalgan boshqa bozordagi kabi, uning ishtirokchilariga ham, davlatga ham juda qimmatga tushishi-qimmatli qog‘ozlarning mayda egalari tomonidan o‘z jamg‘armalarining yo‘qotilishidan tortib, to muqarrar iqtisodiy larzalar bilan birjaning barbod bo‘lishigacha olib kelishi mumkin. Mazkur salbiy jarayonlar ehtimolini eng kam (minimum) holatgacha tushirish, qimmatli qog‘ozlar doimiy aylanmasi, qo‘ldan—qo‘lga o‘tishi uchun engyaxshi sharoitlarni yaratish —bu fond bozorini tashkil qilish va tartibga solish jarayonida doimiy ravishda hal etiladigan asosiy vazifalardir.
Sovet iqtisodiy adabiyotida turli iqtisodiy vositalar va ularning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rib chiqishda an’anaviy tarzda fond birjasiga katta e’tibor qaratilardi. Faqat fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozoridan ajratilgan holda ko‘rib chiqilar edi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy muassasasi sifatida fond birjasining roli bir tomonlama talqin qilindi va, odatda, yirik kapitalistlarning tanqislik davrida o‘rta va mayda kapitalistlar hisobidan boyib ketishi bilan, shuningdek, umuman iqtisodiyot uchun yuzaga kelgan salbiy oqibatlar bilan bog‘lanardi. Darvoqe, bunday nuqtai nazar to‘liq haqiqatga mos kelmaydi, chunki fond birjasi faqat qimmatli qog‘ozlar bozori, deb nomlanuvchi tizimning (ahamiyatli bo‘lishiga qaramay) unsurlaridan biri hisoblanadi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qimmatli qog‘ozlar bozori u yoki bu davlatning iqtisodiyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U to‘g‘ri tashkil etilib, davlat tomonidan ustalik bilan tartibga solinsa, fond bozorining xalq xo‘jaligiga ta’siri ijobiy bo‘ladi.
Qimmatliqog‘ozlarningbirlamchi va ikkilamchibozorlari
Fond bozorini birlamchi va ikkilamchi bo‘laklarga ajratish amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega.
Qimmatli hog‘ozlarning birlamchi bozori — bu qimmatli qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni simmatli sogozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarning takroriy chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi. Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotning oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumotlar beriladigan emissiya pro — spektini yoki qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish to‘g‘risi— dagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan tortib, to fond bozori so— hasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat ido— ralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq obuna shaklida faqat tegishli davlat boshqaruvi idorasiga ma’lum qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qogozlarning ikkilamchi bozori —bu ilgari chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar oldi—sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozordir. Aynan qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorining rivojlanish darajasiga qarab, ushbu mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozoriningtaraqqiy etishdarajasi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlilik hisoblanadi. Bozorning likvidliligi —bu ma’lum vaqt oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib turgani holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori sur’atda aylanishini ta’mynlash imkoniyatidir.
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganligiga, fond bozorining shakllanganligiga, uning iyoshi"ga, shuningdek, muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar har xil turlarining tarkibiga (strukturasiga) bog‘liq. Masalan, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarning deyarli barcha turlari bo‘yicha ikkilamchi savdo ustun turadi. Birlamchi bozordagi qimmatli qog‘ozlar aylanmasi ushbu mamlakatlarda ikkilamchi bozor aylanmasining 5—10 foizini tashkil etadi, xolos. Odatda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga oshirilmaydi, shuning uchun u erlarda uzoq muomala mumatiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar baholanadi.
Ommaviy xususiylashtirish bilan kuzatiladigan bozor munosabatlarini vujudga keltirish jarayonlari kechayotgan va endigina o‘zining fond bozordarini barpo etayotgan mamlakatlar uchun islohotlarning dastlabki bosqichlarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozorlari ustun turadi. O‘zbekistonda ham 90—yillarning o‘rtalarida birlamchi bozorning ikkilamchi bozordan ustunligi kuzatildi, lekin asr oxiriga kelib, bu muvozanat ikkilamchi bozor tomonga o‘zgara boshladi (korporativ aksiyalar va depozit sertifikatlarining bozorlari bundan mustasno). 1995 yilda respublikada bank va tijorat veksellarining ikkilamchi bozori, 1996yildan boshlab esa, davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining ikkilamchi bozori kuchli taraqqiy etdi. 1997 yildan boshlab aksiyalar ikkilamchi bozori salmog‘ining birmuncha o‘sishi kuzatila boshlandi tish mumkin bulgan daromadli qimmatli qog‘ozlar ham, shuningdek, emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda yohud bankrotlik yoqasida bulgan yaroqsiz, deb nomlanuvchi aksiyalar ham sotilishi mumkin. Bizning mamlakatimizda uyushmagan bozorda yangi barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aksiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi va xarid qilinadi. O‘zbekistonda XIFlar aksiyalari — ning bevosita XIFlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan yoki Xalq banki bo‘limlari orqali birlamchi sotilishi bunday bozorlarga misol buladi.
Qimmatliqog’ozlarningbirjavabirjadantashkari bozorlari Qimmatli sog‘ozlarning birja bozori —bu qimmatli qog‘ozlar bilan fond bozori doirasida uyushgan tarzda savdo silish sohasidir. Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida savdo qilish uchun shart—sharoitlarni ta’minlovchi alohida muassasa bulib, unda savdo faqat qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan maxsus qoidalar buyicha olib boriladi. Fond birjasi — bu eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bozoridir. Birja savdolarida ishtirok etish uchun faqat ma’lum vaqt mobaynida barqaror moliyaviy-xo‘jalik mavqeiga, salmoqli nizom jamg‘armasi va aktivlar hajmiga ega bo‘lgan, shu — ningdek, birja tomonidan belgilangan ayrim boshqa talablarga javob beradigan emitentlarning aksiyalariga ruxsat etiladi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning birja bozori ikkita muassasa orqali amalga oshiriladi. Bular — "Toshkent" Respublika fond birjasi vauning viloyatlardagi 13ta bo‘linmasi, u korporativ qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkillashtiradi hamda Respublika valyuta birjasining fond bo‘limi, u davlat qisqa muddatli obligasiyalarining savdosi bo‘yicha ixtisoslashgan. O‘zbekistondagi aksiyalar birja bozorining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning katta qismini davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini birlamchi sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar tashkil etadi. Fond birjalarining faoliyati to‘g‘risida VI bobda batafsil so‘z yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari bozori —bu fond birjasidan tashqarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish vositasidir. Birjadan tashqari bozor uyushmagan bozorni (u haqda yuqorida hikoya qilindi) vauyushgan bozorning bir qismini o‘z ichiga oladi. Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashsari uyushgan bozori —bu qimmatli qog‘oz bilan, odatda, o‘rta va kichik kompaniyalar qimmatli qog‘ozlari savdolariga kirishga ruxsat etilgan maxsus kompyuter tizimlari doirasida savdo qilishdi.
Birjadan tashqari uyushgan bozordarga misol tariqasida NASDAQ ("National Association of Securities Dealers" —Investasion dilerlar milliy assotsiatsiyasining avtomatik kotirovkasi tizimi) Investitsion dilerlar milliy assotsiatsiyasi tizimini (AQSH), SESDAQ (Singapore Stock Exchange Dealing and Automated Quotations System) Singapur fond birjasi qoshidagi avtomatik kotirovka va diling tizimini, "XETRA" Angliya—Germaniya tizimini keltirish mumkin. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning bir — jadan tashqari uyushgan bozori 1998 yil 1iyunda amalga kiritilgan "Elsis —Savdo" —birjadan tashqari elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. "Elsis —Savdo" —birjadan tashqari savdolar elektron tizimi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va sotish uchun tushgan buyurtmalarni jamlash hamda bajarish tamoyiliga asoslanib faoliyat yuritadi. Savdolarda u yoki bu emitentning aksiyalariga qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan eng katta hajmdagi bitimlarni ta’minlovchi yagona narx belgilanadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, aksiyalarning xarid va sotish narxlari bitta savdo bitami davomida barcha xaridorlar uchun teng buladi. Birjadan tashqari savdolarning elektron tizimi O‘zbekistonning har qanday fuqarosiga fond bozorida brokerni chetlab o‘tgan holda, mustaqil ishlash imkonini beradi. Bunday tizimlarning kompyuter savdo majmualari topshirilgan ko‘rsatkichlar (miqdor, narx, yetkazib berish shartlari va b.)ga muvofiq mavqeni qidirishning avtomatik usullari asosida ishlaydi. SHuningdek, birjadan tashqari uyushgan bozorlar, o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarni savdoga kiritilishiga ruxsat berish, ishtirokchilarni tanlab olish mezonlari va savdo-sotiqning alohida qoidalariga ega. Birjadan tashqari uyushgan bozorlar 70—yillarning boshida paydo bo‘lib, kuchli taraqqiy etdi va hozirga kelib, fond birjalari bilan jiddiy raqobatlashmoqda. Qator mamlakatlarda bunday bozorlarning aylanmasi fond birjalari aylanmasidan ancha yuqori.
80—yillarda bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan deyarli barcha mamlakatlarda eng yaxshi simmatli sogozlar bozori sifatida faoliyat kursatuvchi fond birjalari va sifatsizrots simmatli sogozlar aylanmasini o‘zida mujassamlantirgan birjadan tashqari bozorlar ichida o‘rtacha mavsega ega bo‘lgan, qimmatli qog’ozlarning birjalar soshidagi bozorlari paydo bo‘la boshladi. Ushbu bozorlar fond birjalarining fond savdosining tartibga solingan birjadan tashqari tizimlarining hamon o‘sib boruvchi ta’siriga bo‘lgan munosabati sifatida birja va uyushgan birjadan tashqari bozorlar o‘rtasidagi raqobat natijasida vujudga keldi.
Ular "ikkinchi", "uchinchi" bozorlar (Angliya, Fransiya, Italiya, Ger­ maniya), "fond birjalarining ikkinchi seksiyasi" (YAponiya), "muvoziy bozor" (SHvetsiya, Gollandiya) va hokazolar ko‘rinishida faoliyat ko‘rsatmoqda. SHu tariqa, fond birjalari "mijozlarni" yo‘qotmaslik va uz faoliyatini kengaytirishga intilib, o‘zlariga o‘rta va kichik korxonalarning qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qilishni bog‘lagan holda, o‘zlari qoshida qimmatli qog‘ozlar sifatiga kam talab qo‘yiladigan savdo tizimini barpo etadi. Uzbekistonda, masalan, qimmatli qog‘ozlarning birja qoshidagi bozori "Toshkent" Respublika fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga muvofiq listingga kirish arafasida turgan va listingga kiritilmagan kompaniyalar qimmatli qog‘ozlari seksiyalari, shuningdek, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari seksiyasining mavjudligi bilan taedim etilgan. "Toshkent" RFBda listing tadbiri kompaniyalarni tanlab olish­ ning qat’iy mezonlarini nazarda tutganligi hamda listinglar safiga bor yo‘g‘i bir necha aksiyadorlik jamiyatlari kirganligi bois, "Toshkent" RFBning savdo zalida tuziladigan bitimlarning katta qismini birja qoshidagi bozorga tegishli deyish mumkin. Qimmatli qog‘ozlarning mintatsaviy, milliy va xalsaro bozorlari
Nisbatan katta hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda, odatda, qimmatli qog‘ozlarning mintatsaviy yoki lokal bozorlari shakllanadi. O‘zbekistonda, masalan, qimmatli qog‘ozlarning lokal (mahalliy) bozorlari qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12ta viloyatdan iborat bo‘lgan ma’muriy—hududiy tuzilmalar ixtiyoriga topshirish tamoyili bilan namoyon etilgan. Bu mintaqalarning har birida davlat boshqaruvi idoralari (Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy bank, Moliya vazirligi bo‘limlari), fond birjalarining bo‘linmalari, qimmatli qog‘ozlar bozori umumiy va maxsus infratuzilmasining muassasalari mavjud. Tashkil etilishning yagona tamoyillariga qaramasdan, mintaqaviy bozorlar bir-biridan umuman iqtisodiyotning rivojlanishi darajasi, emitentlarning ma’lum bir tarmoqqa tegishliligi, emitentlar va imkoniyatli sarmoyadorlarning miqdoriy hamda sifat xususiyatlari, infratuzilmaning rivojlanganligi, professional ishtirokchilarning faolligi va, o‘z navbatida, qimmatli qog‘ozlar bilan bajariladigan operatsiyalarning hajmi bilan farq qiladi. Tabiiyki, masalan, Surxondaryo viloyati hududida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarning egalari, asosan mahalliy tashkilotlar va fuqarolar bo‘ladi. SHunday qilib, mintaqaviy bozorlarda viloyat doirasida xo‘jaliklar va aholi tomonidan pul mablag‘larini etkazib berish hamda iste’mol qilish buyicha nisbatan chegaralangan aylanmasiga yo‘l qo‘yiladi. SHu munosabat bilan, bir —birlaridan yuqorida kursatilgan xususiyatlari bilan farqlanuvchi, masalan, Toshkent shahri, Andijon viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va hokazo mintaqalarda shakllangan qimmatli qog‘ozlar bozorlari to‘g‘risida gapirish mumkin. Biroq, doimo shuni yodda tutish kerakki, ushbu bozorlar bir —birlari bilan uzviy bog‘langan, yagona markaz tomonidan tartibga solinadi va boshqariladi hamda barcha uchun umumiy bulgan qonuniy asosga ega bo‘lib, O‘zbekistonning yagona fond bozorini tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlar alohida turlarining bozorlari
Fond boyliklarining etarli darajada rivojlangan bozori sharoitida aksiyalar bozori, obligatsiyalar bozori, depozit va jamg‘arma sertifikatlari bozori, veksellar bozori kabi to‘liq shakllangan qimmatli qog‘ozlarning alohida turlari bozorlari haqida so‘z yuritish mumkin. Bu bozorlarning har biri umuman olingan qimmatli qog‘ozlar bozorining segmenta hisoblanadi va alohida olib qaralgan mamlakatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Dunyo miqyosida va alohida mamlakat doirasida aksi51lar bilan qilingan savdolar hajmi quyida keltirilgan ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (jadvalga qarang).
O‘zbekistonda amalda shakllash ssh simmatli qog‘ozlar ayrim turlari bozorlarining o‘ziga xos xususiyatini quyidagi tarzda ta’riflash mumkin.
Aksiyalar bozori. Birinchi galda, bu birlamchi bozor bo‘lib, unda besh mingga yaqin emitentlar va millionlab sarmoyadorlar-yuridik hamda jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Emitentlar bir-biridan o‘zlarining kattaligi jihatidan farq qiladi. Xodimlarining soni 5—6 kishidan iborat bo‘lgan, 500 ming so‘mgacha miqdorda nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan kichik dorixonadan tortib, to ishchilar soni bir necha ming kishini tashkil etadigan va 70 mlrd. so‘mgacha miqdorda nizom jamg‘armasiga ega bulgan eng yirik kombinatlar shular jumlasidandir. Aksiyalar bozori asosan davlat korxonalari negizida barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi —sotdisi bo‘yicha qilinadigan operatsiyalar bilan bog‘liq. Bu birjadan tashqari bozordir, chunki fond birjasidagi listing tadbiridan faqat bir nechagina kompaniyalar o‘tgan, xolos. Bu bozorda xorijiy sarmoyadorlarning ishtirok etishiga ruxsat berilgan, ular tomonidan aksiyalarning xarid qilinishi tasodifiy xususiyatga ega, lekin xorijiy sarmoyadorlar ayni paytda ushbu bozorga yanada katta qiziqish bilan qarashmoqda. Aksiyalar bilan operatsiyalar O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshiriladi; bitimlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtida va viloyatlar markazlarida birjadan tashqari bozorda ham, birja qoshidagi bozorda ham tuziladi. Aksiyalar bozori o‘z hajmiga ko‘ra ancha katta bulib, nisbatan rivojlangan muassasaviy infratuzilmaga ega. Aksiyalar bozori bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan tartibga solinadi. Bu jo‘shqin rivojlanayotgan bozordir.




  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish