Ro‘yxatga olindi” Korporativ boshqaruv fakulteti



Download 0,55 Mb.
bet10/13
Sana07.10.2022
Hajmi0,55 Mb.
#851825
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdurahmonov Dilshod

5. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qogozlar bozorining orni va roli tahlili
Moliyaviy investitsiyalar asosini qimmatli qog’ozlar bozori orqali jalb etiladigan investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni moliyalashtirishning samarali usullarini qo’llash, xalqaro moliya institutlari bilan bevosita aloqalarni o’rnatish, investitsiya faoliyatini moliyaviy ta’minlashda qimmatli qog’ozlar bozorining rolini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Milliy qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirishda tanlangan iqtisodiy model xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va uning raqobatbardoshliligini oshirish, investitsiyalar oqimini kengaytirish imkoniyatini yaratib beradi.
O’zbekistonda moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish zarurati quyidagilar bilan belgilanadi: 2000—2012-yillarda QQB orqali iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalarning jami investitsiyalar tarkibidagi ulushi yetti foizdan oshmagani hamda aksiyalar bozori kapitallashuvining YIMga nisbati 0,8 %, savdo aylanmasi esa 0,2 % ga teng bo’lganligi uchun bu holat barqaror makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosatiga to’sqinlik qilmoqda. Shu bois, moliyaviy investitsiyalarni tahlil qilish, samaradorligini baholash, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini o’rganish muhim hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining asosiy elementi bo’lgan aksiya bozorini tahlil qilishda asosiy masala aksiyalarni emissiya chiqarish orqali loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratiladi4. Lekin qimmatli qog’ozlar bozoridagi mavjud amaliyot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, uning ishtirokchilari va bozor operatsiyalari mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni to’la namoyon etmayapti.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat»5. Bunday sharoitda qimmatli qog’ozlar bozori (QQB)ni rivojlantirish orqali institutsional investorlarning investitsiyalarini keng jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi.
«Aynan qimmatli qog’ozlar bozorining holatiga qarab, bozor munosabatlari shakllanishi jarayonining nechog‘liq shiddatli kechayotganligiga xolisona baho berish mumkin. Islohotlarni yanada chuqurlashtirishning prinsipial vazifasi — qimmatli qog’ozlar bozorini, eng avallo, ikkilamchi bozorini yanada faolroq rivojlantirish zarur»6 deya ta’kidlagan edilar Yurtboshimiz.
So’nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog’ozlar bozori rivojlanib borayotganligi, ayniqsa, aksiyalar va obligatsiyalar bozorining kengayib borayotganligini inobatga olib, qimmatli qog’ozlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi o’rni ortib borayotganligini ko‘rish mumkin. Fond bozori vositalari yordamida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish orqali portfel investitsiyalar hajmini oshirish, investorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, aksiyadorlik jamiyatlarining bozor faolligini oshirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda turli moliyaviy vositalardan keng foydalaniladi. Moliyaviy vositalar turlari, xossa va xususiyatlari; chiqarilishi va muomalasi, iqtisodiy samaradorligi, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni belgilashi; bajaradigan funk-siyalari bilan farqlanadi. Moliyaviy vositalarning eng keng tarqalgan turi sifatida fond bozori vositalarini keltirish mumkin. Fond bozori vositalari bo’lib, turli xildagi qimmatli qog’ozlar, ya’ni aksiyalar, obligatsiyalar, hosilaviy qimmatli qog’ozlarni aytish mumkin.
Keng ma’noda moliyaviy vositalar moliya tizimi va uning tarkibiy bo’g’inlarida qo’llaniladigan vositalar, usul, usul elementlari, investitsion vositalar (qimmatli qog’ozlar) va ular muomalasini amalga oshirish va tartibga soluvchi element (vosita)larni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, qimmatli qog’ozlar vositasida investitsiyalarni moliyalashtirish jahon amaliyotida keng tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalarning asosini qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari tashkil etadi. Qimmatli qog’ozlar o’zining investitsion jozibadorligi orqali firma va kompaniyalarning bozor faolligini belgilovchi vositalar ham hisoblanadi.
Maxsus reyting agentliklari kompaniyalarning qimmatli qog’ozlarining sifati, ta’minlanganligi, daromadliligi va ishonchliligiga qarab, uning investitsion faolligiga baho beradilar va investorlarning qiziqishiga sabab bo’luvchi yoki kompaniyaning qimmatli qog’ozlari bozor narxiga ta’sir ko’rsatuvchi ko’rsatkichlarni tegishli tahlillar asosida e’lon qiladilar.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o’rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi.
Ya’ni uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali yechim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog’liq bo’ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tar’kibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va xavf-xatarsizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi.
Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o’z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, inflatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi.
Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi investitsiyalar, jamg’armalar, iqtisodiy o’sish, inflatsiya, davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o’rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz QQB rivojlanishini tahlil qilish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
ˆˆ ˆ ˆ

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish