Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


Ilmiy adabiyotlarni o’rganish metodikasi bo’yicha bir necha eslatmalar



Download 0,92 Mb.
bet291/324
Sana06.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#432462
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   324
Bog'liq
П.П. ва ПЎМ сайтга (2)

Ilmiy adabiyotlarni o’rganish metodikasi bo’yicha bir necha eslatmalar:
Birinchidan, talabaga adabiyotlarni o’rganishda kitob orqasidan kitob o’qish kerak emasligi, balki g’oya va nazariyalar bir boshqa tamoyiliga asoslanishlari lozim. Bu bir kitobda bayon etilgan ilmiy g’oya rivojlantirilishi, ravshanlantirishi boshqasida aniqlashtirilishi. Uchinchisida, esa asosli tanqid qilinishi, to’rtinchi kitobda esa yanada asosli isbotlanib berilishi mumkin.
Talaba o’qituvchidan nazariyaning rivojlanishi haqida bilishi juda muhim chunki, bir vaqtda bir joyda bir ma’lumotlar boshqa joyda boshqa vaqtda o’sha ma’lumotlar ko’pincha tekshirilishi va aniqlanishi yoki rad etilishi mumkin. Ilmiy xulosalarni tasdiqlash, rad etish ham fanning rivojlanishi uchun bir xilda foydalidir. Talaba esa bu rivojlanishni tushunishi foydalidir. Barcha hollarda ham turli manbalar bo’yicha muamolarni o’rganish fanni chuqur haqiqiy professional o’zlashtirish garovidir.
Ikkinchidan adabiyotlarni o’rganish, mustaqil bilim olish butun tizimni bir elementi hisoblanib, tizimining boshqa elementlari bilan ma’ruza materiallarini o’rganish darsliklarni o’qish va talabalarning keyingi ishlari bilan (nazorat yoki kurs ishlarini yozish imtihonlarga tayyorlanish) uzviy bog’liq bo’lishi mumkin.
Shu erda aytilganlarga qo’shimcha qilish mumkin: imtihonlarga tayorlanish alohida, boshqa o’quv ishlaridan mustaqil faoliyat emas, balki mustaqil bilim olishni uzviy tashkil etish qismidir. Har qanday muamo bo’yicha ilmiy asarlarni o’qiganda talaba u erda bayon etilgan g’oyalarni o’zlashtiradi va demak o’rganilgan masala bo’yicha imtihonni topshirishga tayyor bo’ladi, lekin ko’pchilik talabalar baribir imtihonga bevosita imtihon sessiyasi oldidan yoki imtihonlar paytida tayyorlana boshlaydilar. Unga adabiyotlar bilan mustaqil shug’ullanish ishlari imtihonga tayyorlanishga aloqasi yo’qdek bo’lib qoladi. Bularning barchasi talaba imtihonda javob berishni talab etadigan savollarni tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlardan o’rganiladigan savollar bilan bog’lash qiyinligi yoki hatto bog’lay olmasligi sababli sodir bo’ladi.
Talaba bu qiyinchiliklarni engib o’tishi uchun nima qilishi kerak? O’qituvchi oldindan imtihonlardan ancha avval talabalarga adabiyotlar darslikni mustaqil o’rganishda doimiy yo’naltiruvchi bo’lib xizmat qiladigan savollarni berishi kerak, o’zi esa ana shu savollar asosida imtihon biletlarini tayyorlaydi. Psixologiya bo’yicha kitobni o’qiganda talaba keng doiradagi muamolarni shu jumladan imtihonda u javob berishi kerak bo’lgan savollar bo’yicha bilimlarni o’zlashtirib boradi. Shuning uchun talaba yo’naltiruvchi savollarga ega bo’lishi kerak, qaysi savollarga javob topish lozimligini o’ziga belgilab boradi.
Tavsiya etilgan adabiyotlarni mustaqil o’rganish odatda imtihonga qo’yiladigan hamma savollarga javoblarni bilishga olib keladi.
Shunday qilib, ilmiy adabiyotlarni mustaqil o’rganish jarayoni o’quv fanini o’zlashtirish, imtihonga tayyorlanish, sessiya davrida darslik matnlarini bir ikki takrorlab chiqish, eslab qolish va ma’ruza konspektlarini ko’rib chiqish orqali sifatini tekshirish shakli emas, balki talabaning sessiyalararo davrida mustaqil o’quv faoliyatining butun jarayonini samaradorligini tekshirish bo’lib qoladi. Shunday qilib, barcha mumkin bo’lgan adabiyotlarni o’qish faqatgina dasturga amal qilmay yordamchi savollarni ham o’rganish natijasida talaba mustaqil bilim oladi.
Adabiyotlarni shu jumladan darslikni o’rganish bilan bir vaqtda fan bo’yicha nazorat ishi, kurs yoki diplom ishlarini yozishga tayyorgarlik masalasini ham hal etishi kerak. Yuqorida aytilganidek kurs yoki nazorat yozma ishi bu yagona maqsad emas va psixologiyaning asosiy nazariy qoidalarini o’zlashtirib olishdan avval ular bo’yicha ishlarni bajarib qutilib olishga intilishi kerak emas. Talaba shaxsida kuzatiladigan turli xil psixik holatlarni taxmin qilish baholash va ta’riflashda o’zining nazariy bilimlarini erkin qo’llashi uchun birgina darslikni o’zini o’qish etarli emas.
Misol uchun shaxsning psixologik xususiyatlari haqida ana shunday sayoz ilmiy bilim bilan referat yozishganda odatda terminlarni o’rinli ishlatishlari mumkin, ba’zan esa umuman noto’g’ri qo’llaydilar. Talabalarning ishlarida «xarakteri bo’yicha kirishuvchan emas, chunki uning temperamenti xolerik», uning xotirasi yaxshi rivojlangan, lekin qisqa muddatli, uzoq muddatli xotirasi yaxshi rivojlanmagan, eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, chunki u musiqani juda yaxshi ko’radi va yaxshi tushunadi kabi mulohazalarni uchrashish mumkin, ular hodisaning mohiyatini tushunmay turib darslikdagi psixologik bilimlarini yuzaki bilib olganini bildiradi. Umuman olganda, bu nazariyani bilish emas, balki termenologiyani eslab qolish va tanish odat xususiyatlariga bog’lashdir, ya’ni ta’riflanayotgan shaxs psixologiyasini o’rganishga talabaning bilimlariga hech narsa qo’shmaydilar.
Shuning uchun kurs yoki tekshirish ishlarini (referat) yozishni nazariyani egallaganligi o’ziga xos yakuni bo’lishiga erishishi va talabaga shaxs psixologiyasini umumiy u yoki bu vaziyatlarda unda namoyon bo’ladigan ba’zi psixik jarayonlar va holatini chuqurroq tushunishga yordam beruvchi keraqli fikrlarni o’zlashtirib borib materiallar to’plab adabiyotlarni o’rganish jarayoniga tayyorlash kerak.
Ana shunday ilmiy asosda yozilgan ishlar nazariyani hayotda qo’llashga birinchi tajribasi biror bir tor lekin, aniq hayotiy muamoni ilmiy psixologik tekshirishga urinish bo’ladi. Bu juda ham muhimdir, chunki taqlif etiladigan metodika aynan o’quv faoliyatiga tadqiqot ishini egallab olishga yo’naltirilgan, bunda fanni o’qishdagi har bir qadam nazariy g’oyalarni hayotiy faktlar bilan obektiv haqiqat bilan solishtirish bilan olib boriladi.
Fanni hayotiy amaliyot bilan bog’lab o’rganish bu bir vaqtda hayotni fan nuqtai nazaridan ham o’rganishdir, ya’ni amaliy muamolarni ilmiy o’rganishdir. Har qanday katta olim fanni amaliyotga solishtirishda shunday tajribalaridan boshlangan. Aniq metodik tavsiyalar odatda har bir kurs ishi (nazorat) mavzusi bo’yicha topshiriq hamda talabalarga beriladigan ma’ruzalar va qonuniyatlarda beriladi. Bu topshiriqni tayyorlashda talabalar ulardan oson foydalanishlari uchun talablarni ifoda etishga juda diqqat bilan yondoshish kerak.
Shunday qilib, talabaning mustaqil bilim olishni boshqarish metodikasi haqida aytganlariga qisqacha yakun yasaydigan bo’lsak.
1. Asosiy talab ilmiy va o’quv adabiyotlarini nazariy qoidalarini albata o’zida va o’zining atrofida kuzatiladigan haqiqiy psixologik hodisalar bilan solishtirib mustaqil o’rganish kerak.
2. Qolgan barcha o’quv ishlari (kurs yoki tekshirish ishlari, referat, sinov va imtihonlarga tayyorlanish) bir vaqtda va tavsiya etilgan adabiyotlarni o’rganish bilan amalga oshirilishi kerak va faqatgina uni muvaffaqiyatli bajarish o’rganilgan ishlarning mazmunini o’zlashtirishga kafolat bo’la oladi.
3. Mustaqil o’quv ishlari talabaga yangi va o’zi uchun foydali bilimlarni egallashi qiziqarli bo’lganda muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.
Shuning uchun, o’qituvchi talabaning psixologiyani uning faoliyati amaliy sabablari sifatida o’rganishda yuzaga kelgan qiziqishini shakllantirib va rivojlantirib borish haqida doimo o’ylashi kerak, buning natijasida talaba adabiyotlarni qiziqib o’qiydi va yangilikni bilib olishdan quvonchni his etadi. Yuqoridagilar asosida mustaqil bilim olish talaba uchun og’ir vazifa bo’lmay, balki inson ijodiy ish bilan shug’ullanganida odam his etadigan ruhiy qoniqish hissini uyg’otadi.
Yuqori malakali mutaxassis o’qituvchilarni tayyorlash Respublikamiz oliy maktablari oldida turgan muhim vazifalaridan biridir. Mazkur vazifani hal qilish uchun biz talabalarimizni o’quvchilar bilan ish olib borishga, o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish buyicha ilmiy tadqiqot ishlarining olib borishga o’rgatmog’ligimiz zarurdir.
Oliy maktab tizimida bu masalani hal qilish uchun avvalo talabalar tadqiqot faoliyatini izchillik bilan to’g’ri tashkil qilish, oliy ta’limda olgan nazariy bilimlarni maktabdagi ta’lim tarbiya ishlarida qo’llashdan oldin tajribalarni umumlashtirish zarur.
Referat shaklida yozilgan nazorat ishi odatda kismlarga ajratilib beriladi. Jumladan «asosiy qism» «ishning maqsadi» va «vazifalari», «xulosa va mulohazalar».
Tadqiqot harakteriga ega bo’lgan nazorat ishlarida qisqacha nazariy kirish qismi va metodik tafsilot berish keyin esa asosiy material bayon etilib, tahlil qilish va xulosa chiqarish talab qilinadi. Bundan tashqari tajriba o’tkazishda yozilgan qarorlar, anketalar, kundalik yozib olingan ma’lumotlar albatta qo’shib topshirilishi shart.
Uchinchidan savollarga berilgan javoblar foydalanilgan adabiyotlar manbalariga va kundalik daftarlarida ko’rsatilgan kuzatish ma’lumotlariga yoki karor ta’kidlagan fikrlarga asoslanmog’i lozim.
Talabalar 4-qism buyicha berilgan vazifalarni topshirganda o’qigan ma’ruzasi yoki ma’ruzasining batafsil matni, uning rejasi bilan birgalikda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini ko’rsatib munozara yoki ma’ruza o’qiganligi tug’risidagi tasdiqlangan xujjatlarni taqdim etishlari kerak.
O’qituvchi bulib ishlaydigan talabalarga maktabga borib ishlash bilan bog’lik vazifalarni bajarish tavsiya etiladi. Bu esa ularga o’qituvchilik kasbiga tezrok kirishishga yordam beradi.
Nazorat ishini topshirish muddati fakultetning o’quv jadvalida ko’rsatiladi.
Nazorat ishini bajarish jarayonida uchragan qiyinchiliklar va shu munosabat bilan yuzaga kelgan savollar buyicha talabalar topshirik bergan asosiy o’qituvchiga shaxsan yoki xat orkali murojaat qilib, maslahat so’rashi mumkin.
Psixologiya fanidan imtihon topshirishda talaba albatta tekshirilgan nazorat ishining taqrizi bilan kelishi lozim. Bunda o’qituvchi nazorat ishining talaba tomonidan naqadar mustaqil bajarilganligini bilish maqsadida talabadan ishning mazmunini og’zaki so’rab ko’radi. Agar javob qoniqarli bo’lsa, imtihonga ko’yiladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish