O’quv faoliyatini boshqarish.
1.O’quv faoliyatini rejalashtirish.
2.O’z-o’zini nazorat qilish.
3.Keng qo’lamdagi bilimlar, talimiy usullarni tizimlashtirish.
4.O’z faoliyatini o’zi boshqarish usullarini egallash va yangisini topish.
5.Shaxsiy qiziqishni idora qiluvchi usullarni egallash.
6.O’z diqqatini o’zi boshqarish usullarini egallash.
Faoliyatni psixik boshqarishning samarali bo’lishi uchun psixika narsalarining o’ziga xos obektiv xsusiyatlarini aks etirishini va ana shular vositasi Bilan inson oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarini aniqlashimiz kerak. Inson faoliyati bili shva idora qilish bilan bog’liqdir. Bu jarayonlar ishtirok qilmasa, inson faoliyati namoyon bo’lishi mumkin emas.
Har qanday faoliyat insonning psixik va jismoniy faolligidan iborat bo’lib ongli maqsad bilan boshqariladi.
Xatti-harakatlarni boshqarish olatda teskari aloqa tamoyili asosida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda bunday sezgi aloqaning kanali bo’lib xizmat qiladi, predmet va harakatlarning idrok qilinayotgan element va belgilari esa informatsiya manbai vazifasini o’taydi. Teskari aloqaning bunday turini P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan edi.
Inson faoliyatining interiorizatsiya va ekstriorizatsiya xususiyati mavjut. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga o’tish jarayoni interiorizatsiya deyiladi Narsalar bilan qilinadigan tashqi faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb qabul qilingan. Psixologiya fanida subektni o’rganishdan iborat bo’lgan maxsus faoliyat talimi deb ataladi. Psixologiya fanida talabaning faoliyati, xulqi va xatti-harakatini, insonning ijtimoiy tajribasini o’zlashtirish tomon yo’naltirish iborat bo’lgan faol jarayonni talim deb yo’uritish ham uchiraydi. Odatda talim faoliyati o’z ichiga quyidagi holatlarni kamrab oladi :
A) Malum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli tashkil qilish uschn tevarak-atrof to’g’risida muhim xususiyatlar va qonuniyatlarni o’zlashtirish.
B) Mavjud malumotlar va informatsiyalarni o’zlashtirib olishga yordam beradigan usul va operatsiyalarni egallash.
V) Ko’zlangan maqsad va muamo shartiga mos ravishda optimal uslub, ratsional yo’l-yo’rik va operatsialar tanlash hamda nazorat qilish uchun nazarda tutilgan informatsion materiallardan foydalanish usullari bilan talabalarni qurollantirish va xokazo.
Bizningcha, oliy talimda o’quv faoliyatini talaba tomonidan boshqarish jarayoni dastlabki paytlarda o’qituvchining bevosita rahbarligida va kumagidamalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Aks holda oliy talimning mazmuni, o’quv faoliyatining tarkibiy kisimlari, uning psixologik xususiyatlari va qonuniyatlarini, uni tarkib toptirish yo’llari, vositalari, o’zlashtirish, egallab olish usullari talabalarga anglashmay qolishi mumkin. Oliy talimni takominlashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga urgatish va bunda hozirgi zamon talablariga anglashilmay qolishi mumkin. Oliy talimni takomillashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga urgatish va bunda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi faol uslublar bilan qurollantirish ayni muddaodir.
O’quv faoliyatini boshqarishning psixologik masalalarini tadqiq qilish natijasida uning bosqichlari, fazalari, yuyo’llari, hozirgi kundagi holati, o’quv dasturlarida, darsliklarida va qo’llanmalarda bundan foydalanish axvoli, diagnostik metodikalarning ishonchlilik darajasi aniqlandi. Shuning bilan birga maktab o’quvchilari va talabalarning o’quv faoliyatini boshqarishning yosh davrlari xususiyatlari o’ziga xos jihatlari, gruxiy faoliyat va individual uslubga oid qonuniyatlar, boshqarishning tarkibiy qismlariningturlari,kurinishlari,shakllari to’g’risida boyningmalumotlar turejadi. Yugilgan malumotlar ham nazariy, ham Amaliy ahamiyat kasb etib oliy maktabda o’quv faoliyatini boshqarishda muhim rol uynaydi.
3.Maktabning ta'lim berishdan iborat asosiy vazifasi - o’quvchilarning fan asoslarini faol, ongli mustahkam va tizimli ravishda egallashini ta'minlashdir.O’zlashtirish natijasida bilimlar ma'lum bir tizimni hosil qilishi amalda tadbiq etilishi mumkin. Haqiqiy o’zlashtirish – hamisha faol jarayon bo’lib bilishga oid xilma - xil vazifalarni xal qilish bilan bog’langandir.
O’zlashtirish, keng manoda olganda, o’quvchining uyushgan bilish faoliyatidir, bu faoliyat idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi kator bilish protsesslarini o’z ichiga oladi. Ijodiy o’zlashtirish sifatida o’qish, bilim egallash uch faktorga – nimani o’qitishga, kim va qanday o’qitishga, kimni o’qitishga bog’liqdir.
Birinchidan, o’qishning xarakteri o’zlashtirilayotgan materialga, uning mazmuniga va qanday tizimda etkazib berilayotganligiga bog’liqdir,
Ikkinchidan, u o’qituvchining metodik mahoratiga va tajribasiga, uning shaxsiy xususiyatlariga, har bir ayrim holda qo’llaniladigan konknret o’qitish metodikasiga bog’liqdir.
Nihoyat, o’qish jarayoni o’quvchining o’zga xos xususiyatlariga ham – uning psixik rivojlanishining (aqliy, emotsional, irodaviy jihatdan) individuval xarakteristika, unda o’qishga nisbatan qaror topgan munosabatlarga, uning qiziqish-xavaslariga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, talim protsessii o’quvchiga nimani va bir xil natijasiga emas, yani sirtdan tasir qildiradigan shart-sharoitlarning oeibati emas, balki o’quvchining individual - psixologik xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi.
N.D.Levitov o’zlashtirishning psixologik komponentlari degan tushunchani kiritadi, u an shu komponentlar deganda o’quvchi psixikasining bir-birini bilan o’zaro bog’langan ko’p qirralari tomonlarini tushunadi. Uning fikiricha, ana shu komponentlarni faollashtirnasdan va tegishli tarzda yo’naltirnasdan turib ta’limda maqsadga erishib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |