Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma’ruza qo’yidagi turlarga ajratiladi;
1.Kirish ma’ruzasi o’quv fani haqida birinchi yaxlit tasavvurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo’yicha ishlash tizimiga yo’naltiradi. Ma’ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O’quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o’rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo’yicha qisqacha ma’lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo’nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma’ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko’rsatib beriladi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o’quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |