Fakultet talabalarini atestatsiyasi shartlari 1.Talabalar atestasiyasi ular o’qigan o’quv fanining o’zlashtirish darajasiga ko’ra, imtihon va sinovlardagi tekshiruvlar natijalari bo’yicha o’tkaziladi.
2.O’zlashtirish darajasi. Talabaning bo’lajak amaliyotchi psixolog mutaxassisi va uning bo’lajak kasbiy faoliyatiga talluqli tayyorgarligi umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Shuning uchun imtihonda undan ikki nazariy (bilimga) va amaliy (mahoratga) qismlardan iborat savollarga javob berish talab qilinadi. Agar savol tuzilishida bunday bo’linish bo’lmasa doimo shunga tayyor bo’lishi kerak. Talaba doim nazariy holatlarni o’zi bilgan hayotiy misollar asosida ko’rsatib berishi kerak.
Bu dasturni o’zlashtirish chuqurligi kitob matnini (darsliklar va boshqa adabiyotlar) uslubiy to’g’ri eslab qolishi (xotirasi bo’yicha aytib berishi) bo’yicha baholanmaydi, aksincha olingan bilimlarni amaliy holatda qo’llay bilishi bo’yicha baholanadi.
3. Talabalar bilimlariga alohida psixologik sikl bo’yicha o’quv fanlariga qo’yilgan talablar:
- psixologiya tarixi bo’yicha – imtihon biletlari talab qilayotgan hajmi va rakursda psixologiya rivojiga yo’naltirilgan aniq bosqichini talaba bilishi, bunday rivojlanish qanday amaliy talablardan kelib chiqqanini asoslash, tushuntira olishini, isbotlab berishi;
- umumiy psixologiya bo’yicha nazariy savollarni bilishi va o’z bilimini amaliyotda qo’llay olishi avvaldan berilgan amaliyot topshirig’ini bajarishi yoki nazariy holatni ko’rgazma qiluvchi yo tasdiqlovchi hayotdagi misollarni keltirish;
- pedagogik va yosh psixologiya bo’yicha talabaning ontogenezda shaxsning psixik rivojlanishi haqidagi qonuniyatlarni, shuningdek bolalik chog’ida bu rivojlanishning asosiy bosqich va davrlari yoki tarbiya va ta’limning psixologik asoslari haqida shaxsning psixik rivojlanishining umumiy shakllarini bilishidan iborat. Shuningdek imtihon qilinayotganda samarali pedagogik amaliyotning asosida yotuvchi, uning ilmiy poydevori sifatida xizmat qiluvchi psixik rivojlanishining qonuniyatlari asosidagi misollarda ko’rsatib bera olishi lozim.
Ijtimoiy psixologiya bo’yicha ijtimoiy guruhlarga kiritilgan insonlarning faoliyati va xulq-atvori qonuniyatlari haqidagi yana shuningdek ana shu guruhlarning psixologik tavsifi haqidagi savollarni bilishi, guruhning xatti-harakati yoki guruh faoliyatidagi holatlarni tahlil qilish uchun shu bilimlarni qo’llay olishi:
- maxsus kurslar bo’yicha umumpsixologik ijtimoiy psixologik va pedagogik-psixologik qonuniyatlarni omaviy ahamiyatini bolalar va kattalarga ta’lim va tarbiya berishdagi nazariy va amaliy topshiriqlarini echish uchun bilishi va shu bilimlarni pedagogik holatlarini psixologik baholash va tahlil qilish uchun ijodiy qo’llay olishi.
4. Imtihon va sinovlardan tashqari talabani atestasiya qilish uchun asos bo’lib, uning seminar va amaliy mashg’ulotlar natijalari, kurs va nazorat ishlari sifati bo’yicha o’qituvchi tomonidan aniqlangan oraliq baholashlarini o’tkazish o’zlashtirishiga xizmat qilishi mumkin.
Bunday holatda talaba berilgan fan bo’yicha imtihonsiz (sinovsiz) «a’lo» baho bilan atestasiya qilinishi mumkin.
Bu erda etarlicha talabaning bilimi va mahoratiga aniq va qat’iy talablar belgilanadi. Shubhasiz hujjatning qulayliklari deb – talabaning o’quv faoliyatining shunday natijasiki, o’qitish sifatini ham nazariy bilimlarga va uni hayotda qo’llashning amaliy mahoratiga bog’liqdir. O’qituvchi nazorat qilinuvchi nazoratchilarga oldindan tanish bunday kriteriy o’qitishni va talabaning o’quv faoliyatini boshidan aniq jihatdan yo’naltirib,psixologiya bo’yicha holatlarda amaliy topshiriqlarni echishdagi mahoratini ko’rsatish asosida tekshirishni nazarda to’tadi.
Hozirgacha etarli darajada aniqlanmagan va qayta ishlash talab qiluvchi (balki dars jarayoni davomida izlanishlarni talab qiluvchi) «mahorat» va «bilish» tushunchalarining aniq tarkibi haqidagi savol berishgan. Gap shundaki, turli o’qituvchilar va boshqa nazorat qiluvchilar unga turli xil tarkiblarni kiritishlari mumkin. Biroq psixologik jihatdan o’quvli inson etarlicha ishonch va aniqlik bilan ushbu tushunchalardan yashirin manbani anglab olishi mumkin. Bu ko’rsatilgan jihatlarni qo’llash mahorati talabalarga salmoqli foyda keltiradi, og’zaki javob berish uchun imtihonlarda ulardan qanday bilimlarni nazorat talab qilinishi va ular nimani ushbu bilimlarga ilova sifatida hayotiy masalalar asosida ko’rsata olishlari lozimligi yuzasidan uchun aniq tassurot qilib oladilar.
Ushbu jihatlarni imtihonlarda bilim va mahoratlarini tekshirish uchun qo’llash uslubi oddiy, har bir bilimga bita nazariy savol va bita topshiriq kiritiladi.
Odatda savollar oldindan talabalarga ma’lum bo’ladi, ularning bilimlarini tekshirish uchun imtihonga kiritilgan va dastur bilan hamjihatlikda tuzilgan va talabalarga ma’lum qilingan psixologik topshiriqlar to’plamini qo’shish kerak shu orqali ular imtihonlarga tayyorgarlik tartibida barcha berilgan to’plam topshiriqlarini echadilar.