«Aqliy hujum» usuli oliy o’quv yurtlari amaliyotida o’qitish usuli sifatida qo’llashga ulgurgani yo’q, bu usul boshqaruv tizimi, shuningdek ilmiy izlanishlar natijasida kelib chiqqan. U ayniqsa iqtisodiy boshqaruv faoliyati, menejmentda keng qo’llaniladi. O’qitishga bog’liq bo’lmagan holda aqliy hujum usulining mazmuni mohiyati nimada? Mutaxassislarning fikricha, muamoning javobini qidirishda bevosita miyaga kelgan fikrlar, taxminlar tasodifiy o’xshatishlar, shuningdek birdan kelib chiqadigan, mavjud kerak va nokerak bog’lanishlarni asoslab berishlarini o’z ichiga oladi. Keyin diktofonga yozib olingan tasodifiy jumla, fikrlarni diqqat bilan tahlil qilish yo’li ayniqsa qiziqarli ya’ni aqliy hujum usuliga yaqin bo’lganlari ajratib olinadi va keyinchalik chuqurroq savol quyilib, muhokama qilish uchun foydalaniladi. Aqliy hujumning o’ziga xos oltin qoidasi mavjud bo’lib – ishtiroqchilar suhbati davomida aytishganlaridan hech biriga shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda to’la erkinlik yaratib berish lozim.
Bunday psixologik erkinlik o’zini xotirjam tutishga «guruh fikridan» uyalmaslikka omadsiz luqma tashlash bilan o’zini o’ng’aysiz holatga qo’yishdan qo’rqmaslikka imkon beradi.
Bunday holatda (ayniqsa ishtiroqchilar bunga moslashganda) ko’chirishi to’g’ri bo’lgan, hech nimaga yaramaydigan (ayni damda muamoni echish uchun) ahmoqona, kutilmagan, lekin zarur bo’lgan, haqiqatdan intensiv fikrlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham aqliy hujum uyushtiriladi. Lekin bu, menejment va ilmiy izlanishlarda tugri echimni izlash uchun qo’llaniladi. Bu usulni oliy o’quv yurtlarida qanday qo’llash mumkin? Aytish lozimki, imkoniyatlar diapozoni psixologiya o’qitishda qo’llash uchun etarli emas. Lekin aqliy hujum usuli qaysidir muamo echimining qiyinchiliklarini tushuntirish maqsadida qo’llash mumkin. Masalan: iqtisodiy ba’zi muamolar (maoshning kechikishi, korxonalarning ixtiyoriy soliq to’lashi va h.k.) sosiologiyada (siyosiy faoliyat reytingi interpritasiyasi) pedagogikada (axloq va axloqsizlik o’rtasidagi qarama-qarshilik), psixologiyada psixikani rivojlanish qonuniyatlari va ta’lim-tarbiya amaliyoti va h.k.
Aqliy hujumda, yosh va pedagogik psixologiyani o’qitishda foydalanishda qo’yidagilarni misol qilamiz. Seminar mashg’ulotida o’smirlik psixik rivojlanishida krizisi muamosi muhokama qilinmoqda, pedagogika kollejini tugatib boshlang’ich sinf o’qituvchisi yoki maktab psixologi bo’lib ishlayotgan sirtqi bo’lim talabalari bunday krizisni amaliy faoliyatlari davomida guvohi bo’lganlari uchun ularga bu jarayon yaxshi tanish edi. Bunday o’smirlar bilan ishlash davomida beriladigan tavsiyalarni ham bilar edilar. Alohida tavsiyalar o’zini oqlardi, ulardan ko’pchiligi esa, na ta’limda na tarbiyada kutilgan natijani bermadi. Umuman ularda o’tish davrida bo’ladigan krizisga uchragan o’smirlar bilan ishlash davomida ko’plab usullar va turli xil fikrlar ko’p edi.
Bu haqida bilgan o’qituvchi aqliy hujum usulini qo’llashdi: har qanday fikrni bildirishga ruxsat beradi, jumladan «zararli» yoki «yaramaydigan» deb tanqid qilinadigan fikrlar shuningdek har qanday yaqqol yoki yashirin tanqidiy fikrlarni bildirishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, o’qituvchi «juda qiziqarli», «qiziqarli» va h.k. kabi o’z so’zlari bilan ma’qullab turadi. Xo’sh nima bo’pti? Krizisning o’tish davrida o’smirlar bilan qanday ishlash mumkinligi haqida 40 dan ortiq fikrlar bildirildi. Ba’zi fikr shu erning o’zida boshqa fikrlar bilan bog’liq holda tug’ildi, boshqalari shunchaki aytilgan so’zlar edi, lekin ko’pincha bu shaxsiy malakadan iborat bo’lib, bu nimaga asoslanadi: «tanqid qilgani» tavsiyaga amal qilib, xato yoki nojo’ya maslahatlarni tanqidiy izohsiz, hatto qanday bo’lishdan qat’iy nazar unga o’z munosabatini bildirmay, shunchaki hisoblashidir.
Aqliy hujum nima beradi, ayni vaziyatda – bu usul qo’llanishdan olingan foydaning real natijasi qanday? U shundan iboratki talabalar, bu yoshdagi bolalar bilan ishlash malakalari etarli ancha mashhur pedagogik nazariyalardan va psixologik o’sishda duch kelanidigan krizisdagi o’smirlar bilan ishlash usullari bo’yicha maslahat va tavsiyalar berishdi. Bunday tavsiyalar orasida, fan va amaliyotda qo’llasa bo’ladigan, keraqli natijalarga olib keladigan fikrlar ham mavjud. Shu yo’l bilan keyingi faoliyat uchun foydali va asosiysi muloqot psixologiyasini o’rganishga taxminan shunday fikrlar yuzaga keladi. Usul va uslublarda ish ko’p, lekin o’smirlik davridagi krizis maktabdagi ta’lim-tarbiyani rad etishda davom etaveradi, zero hamma uslub va usullar muamoni hal etavermaydi.
Bunday manfiy xulosa talabalarni jiddiy psixologik tahlil qilishga undaydi va quyidagi savolga javob berishni talab kiladi. uchun: Nahotki maktabdagi bu muamodan qutilishning iloji yo’q? Aqliy hujumdan so’ng seminar mashg’ulotida, maktabda tavsiya etiladigan va foydalaniladigan ko’pchilik usullar samarasizligini psixologik sabablari muhokamasi boshlandi. Shu yo’l bilan ayni vaziyatda aqliy hujum o’smirlar bilan ishlashning ko’plab usuli va yo’nalishlarini hisoblab chiqishga yordamlashdi va shu bilan birga talabalarni psixologik muamoni tahlil qilishga fikrlashga tayyorlaydi. Bunday mezonlar hozirgi zamon psixologiyasida ko’plab uchraydi, demak aqliy hujum usuli bu kundalik ishimizda uchraydigan muamolarni echishda talabalarni ijodiy yondashishlarida yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |