Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”



Download 0,92 Mb.
bet191/204
Sana05.06.2023
Hajmi0,92 Mb.
#948833
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   204
Bog'liq
Ro’yxatga olindi ¹2021 yil “ ”

Pilotaj tadqiqot – tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o’tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli.
Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o’lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.
Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy tomondan o’rganishning asosiy yo’l-yo’riq va usullari.
Psixokorreksiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo’llash jarayoni.
Psixologik xizmat – psixologiyani amaliyotda qo’llash tizimi. U turli sohalarda diagnostika, konsultasiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.
Psixologik maslahat – shaxsning turli darajadagi o’z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
Polilog – guruh ichidagi munozara bo’lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi.
Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.
Professiografiya – mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o’zaro munosabati va bog’liqligini o’rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
Professiogramma – kasbning turli obyektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma – faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi.
Rigid shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.
Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqye, martabaning inobatga olinishi
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Referent guruh – shaxsning har tomonlama ishongan, o’ziga yaqin tutgan guruhi.
Sangvinik – temperament turlaridan bo’lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o’zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
Simpatiya – bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki namoyon bo’lishi.
Sosiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqyea-xodisalarni va o’zaro munosabatlarni o’rganishga qaratilgan fan.
So’rov – asosiy metodlardan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
Tajriba – psixologik tashxis qo’yish, ya’ni psixodiagnostikadir.
Tashxis – qaysi sohada qo’yilishidan qat’iy nazar: tibbiyot, taxnika, boshqarma yoki psixologiyadami – bu har doim paydo bo’lgan noxushlikning yashirin sababini qidirish hisoblanadi.
Ta’lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta’lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste’dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi.
Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.
Test qilish – psixologik xarakteristikani o’lchash demakdir.
Tushuncha – narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
Tushunish – biror narsaning ma’nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi.
Tahlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo’linib o’rganiladi.
Taqqoslash – narsa va xodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi.
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo’lib, shaxsning muloqotga o’rgatish va obro’li bo’lishini rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi.
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Tobe shaxs – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko’nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog’liqlik, fikriga bo’ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.
Umumlashtirish – voqyelikdagi narsa va xodislarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Uyushganlik – guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
Ustanovka – yo’nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va obyektlarga nisbatan qanday munosabatda bo’lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va ularga nisbatan harakatining tayyorlik xolati.
Fan – o’ziga xos psixologik farqlarni o’rganuvchi differensial psixologiyadir.
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta qurishga yo’naltirlgan faolligi.
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo’lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emosional xolatlarning tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi.
Funksional tashxis – shifokor uchun nafaqat kasallik “nomi”ni aniqlash imkonini yaratadi, balki kimda (qanaqa shaxsda) va qanday muhitda (ijtimoiy mikromuhitda) kasallik kelib chiqishi to’g’ridagi savolga ham javob beradi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo’lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o’ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo’lib, bir qancha xukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo’lib, xissiyot jo’shqinligi, kayfiyatning tezda o’zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi betakror odam.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir.
Shaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o’zaro ta’sir etish natijasida ro’y beradigan ijtimoiy-psixologik hodisalar.
Shakllar – bevosita va bavosita tur bo’lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko’zda tutiladi.
Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo’lishi bilan bog’liq psixologik jarayon.
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko’ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
Emosiya – odam va hayvonlarning subyektiv ifodalangan ichki va tashqi qo’zg’oluvchilar ta’siriga javob reaksiyasi.
Egosentrizm – men, markaz ma’nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi.
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati.
O’qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
O’yin – faoliyat turlaridan biri bo’lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish harakatlarini aks ettirishda ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Qiziqish – shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish