2. Mentalitet psixologiyasi
Mentalitet psixologiyasi fanining ob’yekti millatlarning myental xususiyatlari hisoblanadi, pryedmyeti esa dunyo xalqlari Mentalitetining o‘ziga xos xususiyatlari, xarakterlari, nartsizm, katarsis, eskapizm va boshqa tushunchalarni o‘zida aks ettiradi.
Mentalitet psixologiyasini o‘rganishga undovchi omillar:
1. Intyegratsiya, globalizatsiya, Mentalitetlar standartlashuvi, dunyo xalqlari Mentaliteti va milliy o‘ziga xos xarakter-xususiyatlarini o‘rganish;
2. Turli madaniyat tizimlari oralig‘ida qolgan o‘zbyek milliy Mentalitetini chuqur o‘rganish va dogmatik xususiyatlardan xoli bo‘lish;
3. Turli millatlarning ilg‘or myental xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, dunyo xalqlariga yaqinlashish;
4. Bizda shakllanayotgan psixologiya maktabini dunyo andozalari talablariga moslashtirish.
Millat-arabcha (xalq) kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kyechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatiga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
Umumiy turmush tarziga ega, bir tilda so‘zlashuvchi odamlar majmuini xalq dyeb, odamlarning o‘zini insonlar sifatida anglab, muayyan maqsadlar atrofida ongli uyushgan holatini esa millat dyeb atashni tavsiya etadi.
Millat so‘zining mohiyatida e’tiqod yo‘lida birlashganlar maslagi, g‘oyasi yakdil fidoiylar dyegan mazmun mujassamdir.
Xalq millatga nisbatan tarqoq tushuncha bo‘lib, ko‘proq o‘zini etnik jihatdan himoya qilishga intiladi va shu ko‘lamlarda uning faollik darajasi chyeklanadi.
Millatga aylangan xalq esa o‘z-o‘zini siyosiy, ma’naviy, axloqiy, intyellyektual, mafkuraviy jihatlardan himoya qiladi. Millatga aylangan xalq tarkibidagi insonlar ozod va shijoatkor, doimiy o‘sish, o‘zgarishlar ishtiyokida yashaydi.
Yer yuzida 3000 ga yaqin millat mavjud. Ular o‘z qatorida insoniyatning o‘rta hisob bilan 96% ini birlashtiradilar. 4% elatlar va qabilalardir. Millatlar soni jihatdan 5 ga bo‘linadi.
Buyuk millatlar. (Xitoy 1 mld. 60 mln.amyerikanlar, ruslar yaponlar har biri 100 mln.dan ortiq);
Katta millatlar. (50 mln.dan 100 mln.gacha, inglizlar, frantsuzlar, ispanlar, olmonlar, turklar va hokazo);
Yirik millatlar. (10 mln.dan 50 mln.gacha, o‘zbyeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va hokazo);
O‘rta sonli millatlar. ( 1 mln.dan 10 mln. gacha bo‘lgan);
Kichik millatlar. (bir nyecha 10 mingdan 1 mln. gacha bo‘lgan millatlar);
Jahonda eng yirik 27 millat yer yuzining qariyb 75 %ini o‘z ichiga oladi. Millatlarning shakllanishiga moddiy omillar muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |