O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ushbu fan respublikamizda malakali kadrlarni bilim darajalarini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir. Talabalarga turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, algoritmlarni ishlab chiqish hamda ular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish borasida talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Axborotlarga ishlov berish va algoritmlash” fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o’qitish maqsadga muvofiq. Unda turli xil algoritmlar bilan tanishtirish, yangi algoritmlarni ishlab chiqish va uni jarayonlarga tadbiq etish usullari o’qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |