Ro`yxatga olindi: № “ ” 2021 yil «tasdiqlayman»


-MAVZU. O’zbekistonda milliy turistik mahsulotlar va mehmonxona xo’jaligini rivojlantirishda brending



Download 1,44 Mb.
bet19/24
Sana13.07.2022
Hajmi1,44 Mb.
#792997
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
MEH BRENDING MAJMUA (1)

12-MAVZU. O’zbekistonda milliy turistik mahsulotlar va mehmonxona xo’jaligini rivojlantirishda brending
REJA

    1. O’zbekistonda turizm sonasida amalga oshirilgan islohatlar

    2. O’zbekiston milliy brendni yaratish istiqbollari

    3. Samarqand brendi dunyo nigohida

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar barcha tarmoqlarda, jumladan, turizm sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston rivojlanishning milliy modelini yaratmoqda, turizm bu modelning yaratilishida iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi sifatida o‘rin olishi zarurdir. Bunda iqtisodiy islohotlarning natijasi tarmoqning rivojlanishi bilan belgilanadi.


Respublikamiz turizm salohiyati bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng ilg‘or hisoblanib, dunyodagi yetakchi o`nta davlat qatoriga kiritilgan.
Tur mahsulotlarning umumiy soni o‘n mingtadan ortiq bo‘lib, juda ko‘p son va sifat ko‘rsatkichlariga ega. Ammo ayrim milliy turistik mahsulotlar haligacha shakllanmagan yoki xalqaro bozorda sotishga mo‘ljallanmagan. Ko‘pchilik turmahsulotlar ma’lumot beruvchi sifatida ifodalanib, unda mahsulot bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar to‘liq yoritib berilmagan. Tur mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanib, unga ayniqsa baho katta ta’sir ko‘rsatadi. Tur mahsulotni baholashda uning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tur mahsulotga xalqaro bozorda bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligi, mahsulotning turli xilligi va raqobatchi turmahsulotning bahosi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro turizm bozorini o‘rganish natijasida milliy turmahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi uchta tamoyil asosiy rol o‘ynaydi: ishni aniq maqsadga yo‘nalgan holda davom ettirish, yangi rejalarni mo‘ljallash va ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish. Haqiqatdan ham, turmahsulotning bozorda o‘z mavqeini ushlab turishiga doir tadbirlar ushbu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarni uzluksiz ravishda olib borgandagina ijobiy natija bera boshlashini ilg‘or davlatlar tajribasidan ham ma`lum.

Tur mahsulotni o‘tkazish vositalarining yakka tartibda, boshqa chora-tadbirlardan ajralgan holda qo‘llanishi yoki ularning gohi-gohida qo‘llanib turilishi ushbu vositalar ta’sirchanligini ancha kamaytirishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, turmahsulotni xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishda va uning sotuvini ta’minlashda quyidagi asosiy yo‘nalishlarini alohida ta’kidlash joyizdir:


· tur mahsulotlarni sotishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tomonidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalda qo`llash;
· jamoatchilik bilan aloqani kuchaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotlar berishni ta’minlash va ulardan samarali foydalanish;
· reklama-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 4 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. O‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Bugungi kunda respublikani xalqaro turizmning mintaqaviy markaziga aylantirish uchun hamda hududida bo‘lgani kabi transmilliy darajada ham katta investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha shart - sharoitlar yaratilgan. “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda 2015 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2014 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2013 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan.
O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda.
Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o’ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi” deb nom oldi.

Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo’mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o’z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to’pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go’zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.


Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo’lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko’targan.
Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy.
Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilib kelmoqda.
Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda












Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish