Ro'yxatdagi himoya vositalari (табельные средства) sanoatda ishlab chiqariladigan himoya vositalaridan iborat bo'lib, xaql xo'jaligi inshootlariga markazlashgan holda keltirilib, asosan fuqarolar muhofazasining harbiylashmagan tuzilmalari, ishchilari va xizmatchilarini ta'minlash uchun beriladi.
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash, mavjud bo'lgan qoidalarga ko'ra inshootdagi fuqarolar muhofazasi shtabi tomonidan ularga bo'lgan ehtiyoj asosida hisoblab chiqiladi. Bu amallarni bajarish uchun harbiylashmagan tuzilmalar, barcha ishchilar va xizmatchilarni ta'minlash me'yoridan kelib chiqib, tuman (shahar, markaz) fuqarolar muhofazasi shtabi tomonidan talabnoma tuziladi
Xaql xo'jaligi insho-otdagi ishchilar va xiz-matchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash uchun uning zahiralari inshootlar hisobidan yangilari bilan to'ldiriladi. Bolalar havotozalagichlari yig'imi bolalar muassasalarida yoki unga yaqin joylarda tashkil etiladi.
Oddiy himoya vositalari uy, mashg'ulotlar vafuqarolar muhofazasi mashqlari sharoitida, mustaqil yig'ish usulida ko'paytiriladi. Atom stansiyalari hududlariga yaqin joylarda yashovchi hamma aholi uchun yod moddasi zahirasi yaratiladi. Shaxsiy himoya vositalarini to'g'ri saqlashni tashkil qilish juda faol va muhim tadbir deb hisoblanadi. Ularni saqlash joylari ishchilar va xizmatchilarning ish joyiga hamda aholi turar maskanlariga iloji boricha yaqin bo'Iishi kerak va zarurat tug'ilgan paytlarda, ularni tarqatish eng qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi lozim. Har bir ish bo'limida (sex) fuqarolar muhofazasi mol-mulkining maxsus omborxonalarini yaratish aytarli darajada qulaylik tug'diradi. Garchi, bunday imqoniyat bo'lmasa, korxona omborxonasida saqlanadigan mol-mulk sexlar (bo'limlar), har bir sexda esa, navbatchi va guruhlar (brigada) bo'ylab taqsimlanishi zarur. Saqlash sharoitlari, ushbu mollarni saqlash talablariga javob berishi va uni texnik jihatdan sozlanganligini ta'minlovchi tasdiqlangan andozaviy (standart) qutilarda, havoni almashtirib turiladigan quruq xonalarda amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Ishlamaydigan aholidagi himoya vositalarini saqlash aholi turar joylarida hal qilinadi. Saqlashning quyidagi muddatlari belgilangan: Bolalar havotozalagichlari - 10 yil, shaxsiy havotozalagich (ИП-46) va fuqarolar (ГП-5) havotozalagichlari uchun - 5 yil, rezinkali matodan tayyorlangan terini saqlovchi himoya vositalari va respiratorlar uchun - 3 yil, shaxsiy doridonlar (АИ-2) uchun 4 yil kafolat muddati tugagach, byuymlarning yaroqliligi har yili tahlil yordamida aniqlanadi. Tinchlik davrida havotozalagichlar qismlarga ajratilgan ko'rinishda saqlanadi. Zich qilib, rezinkali tiqinchoq va qalpoqcha bilan berkitilgan so`zg'ich-yutish qutichasi qutining tagiga, quticha ustiga havotozalagich haltasi, uning ustiga esa rezinkali yo`z qismi joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |