Ko’p misollarda tarkibi, hajmi o’zgaruvchan bo’lgan murakkab konstruksiyalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunday o’zgaruvchan ma’lumotlar dinamik informasion strukturalar deb ataladi.
Eng asosiy dinamik informasion struktura bu ro’yxatdir. Ro’yxat uchun 3 ta oddiy amal aniqlangan.
Navbatga yangi element joylashtirish
Navbatdan element o’chirish.
Navbatni bo’sh yoki bo’sh emasligini aniqlash.
Ro’yxat (xossasi)
Ro’yxatning asosiy xossasi shundan iboratki, ixtiyoriy elementini o’chirish va ixtiyoriy elementidan keyin yangi element qo’shish mumkin.
Bu amallar boshqa elementlarga ta’sir o’tkazmaydi.
Bir bog’lamli Ro’yxatning har bir bo’g’inida ma’lumot va keyingi element adresi joylashgan. Agar bu ko’rsatkich nol qiymatga ega bo’lsa ro’yxat oxirigacha o’qib bo’lingan bo’ladi. Ro’yxatni ko’rib chiqishni boshlash uchun birinchi elementining adresini bilish yetarli.