Tadqiqot va loyiha usullari
Tadqiqot va loyiha usullari o'zlashtirish darajasining eng yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Bu usul bilan dars o’tilganda o'quvchilar olgan bilimlari asosida hali o'rganilmagan mavzu ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishadi, mavzuga doir keltirilgan ma’lumotlar, izlab topilgan dalillar asosida asarda ilgari surilgan g’oyaning to'g'ri yoki noto'g'riligini tekshirishadi va isbotlashadi.
Usulning bosqichlari:
darsda hammaga qiziqish uyg’otadigan, asarning asosiy g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan muammoli masalani qo'yish;
uni o'rganish, tadqiq qilish uchun ma'lumotlar to'plash;
muammo yoki masalaning yechishga oid fikr-mulohazalar;
har bir fikr-mulohazaning qanchalik to'g'riligini to'plangan ma'lumotlar asosida tahlil qilish va isbotlash;
xulosa chiqarish;
sinf oldida taqdimot qilish.
Shuni 10- sinflarda qo'shma gapning uslubiyati mavzusida ham foydalansa bo'ladi, qo'shma gaplardan qaysi uslublarda qay darajada foydalaniladi, shuni badiiy adabiyotlardan, ilmiy matnlardan, gazeta-jurnallardan, ish qog'ozlaridan, dialoglardan ko'rib, aniq holatda tekshirishlari ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |