Rossiyada innovatsion risklarni sug’urtalash istiqbollari


Venchur investitsiyalarining risklari o’z mohiyatiga ko’ra



Download 23,6 Kb.
bet3/3
Sana12.06.2022
Hajmi23,6 Kb.
#657837
1   2   3
Bog'liq
ROSSIYADA INNOVATSION RISKLARNI SUGURTALSH

Venchur investitsiyalarining risklari o’z mohiyatiga ko’ra-tadbirkorlik risklari hisoblanadi, ular dunyodagi biron bir joyda sug'urtalanmaydi.Lekin ko'pincha venchur kapitalistining majburiy talabi innovatsion korxona mulkiy riski bilan bir qatorda (venchur moliyalashtirish obyektlari), innovatsion korxonaning top menejerlari hayoti va sog'lig’i sug'urtasi va javobgarlik sug'urtasi, shuningdek turli xil klassik risklar [1].
Innovatsion risklarni sug'urtalash- innovatsion sohaga investitsiyalarni jalb qilishning muhim shartlaridan biridir.
A.L. Orlanyuk-Malitskaya ta’kidlaganidek: "Sug'urtalash texnologik modernizatsiyani rag'batlantirishga qodir, nomukammal va xavfli texnologiyalarni qo'llashni cheklash yoki ularni ishlatilishini iqtisodiy jihatdan foydasiz amalga oshirish orqali ishlab chiqarish va boshqarishning yangi shakl va usullarni joriy etish "[2].
Sug'urtalash orqali davlat o’zidan har xil to'lovlar uchun xarajatlarni qoplash yukidan xolos bo’ladi.Umuman olganda innovatsiyalarni sug’urtalash quyidagilarni ta’minlaydi: noqulay hodisa yuzaga kelganda zararlarni qoplash;innovatsion faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq zararni to’lash; innovatsion faoliyatga investitsiya qilingan moliyaviy aktivlarni himoya qilish; innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonida buzilgan yoki zararlangan mulk qiymatini qaytarish;uchinchi shaxslarga kompensatsiya to’lash. Innovatsion sug'urta yordamida korxona o’zining deyarli barcha mulkiy, shuningdek siyosiy, kredit, tijorat va ishlab chiqarish risklarini kamaytirishi mumkin.
Sug'urtalash boshqa moliyaviy risklarni boshqarish metodlariga qaraganda nisbatan ko'p afzalliklarga ega ( innovatsion firmalarni to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi, xedjerlash, o’z-o’zini sug’urtalash va davlat kafolatlari).
Hukumat idoralari har doim ham bozorga nisbatan samaraliroq ishlashga, risklarni to'g'ri baholashga va zarur yordamni ko’rsatishga qodir emas. Sug’urta kompaniyasi qoidaga binoan, risklarni baholashda tajribaga ega, shuningdek investitsion proyektlarini baholashda, sug’urtaoldi ekspertizalarini o’tkazishda risk menejeri bo’lgan vaqtda, o'z-o'zini sug'urtalashda kompaniyaga ko’p hollarda zarar oqibatlarini bartaraf etishga ham o’z mablag’larining yetishmasligini ta’kidlab o’tish mumkin. Sug'urtalash korxonani tartibga solishga va ijtimoiy javobgarligini oshirishga qodir. Sug'urtalash boshqa moliyaviy xizmatlardan samaraliroqligini sababi, u intellektual mehnatga katta miqdordagi investitsiyalarga kamroq mablag’ sarflanishini ta’minlaydi va postindustrial iqtisodiyot sharoitida juda muhim bo’lgan insonlarni hayot sifatini va hayotlari bilan qoniqishlarini oshiradi. Ammo risklarni kamaytirishning sug’urta metodi qator cheklovlarga ega. Birinchi navbatda bu investitsion risklarni sug’urtalashda sug’urta shartnomalarini tuzishda sug’urta kompaniyalari tomonidan o’rnatiladigan sug’urta badallarining yuqori miqdoridir. Sug’urtalash metodining boshqa cheklovi bo’lib uning hammabop emasligi: ba’zi bir risklar sug’urtalanmaydi. Agar risk hodisasining yuzaga kelish ehtimolligi baland bo’lsa, sug’urta firmalari bu turdagi riskni sug’urtalamaydi yoki haddan ortiq to’lovlar talab qiladi. Shuning uchun bunday hollarda risk sug’urtalanmaydigan bo’lsa tashkilkot o’z zaxiralariga murojat qilishi ya’ni jamg’arilgan rezervlardan yoki o’z-o’zini sug’urtalash metodidan foydalanishi kerak. Ayniqsa innovatsion tashkilotning tadbirkorlik va mol-mulk riskini baholash juda qiyin kechadi.
Xo’jalik risklarini boshqarish metodi sifatida sug’urtalashning boshqa kamchiliklarini ham aytib o’tamiz. Shunday qarash mavjudki biznesda aynan spekulyativ risk tadbirkorlik uchun katta motivatsiya yaratadi, daromadni ololmaslik riski sug’urtalangan taqdirda samarali ishlash stimuli yo’qoladi [3].
Shuni hisobga olish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sug’urta- kompaniyaga foyda olib kelishi kerak bo’lgan biznesdir. Sug’urtalovchilar yangi sug’urta turlarini kiritishni baholayotganda birinchi navbatda “ foyda”ga tayanishadi. Innovatsion risklarni sug’urtalash yetarli darajada qiyin va spetsefik sohaki, ma’lum bir sug’urta turi bo’yicha shartnomalarni tuzishda zaruriy talablar qatorini talab qiladi. Sug’urtalashda riskni qabul qilayotganda sug’urtalovchi sugurta obyektlari, shuningdek sug’urta javobgarligi hajmi bo’yicha limitlar o’rnatishi; franshizaning minimal talabini o’rnatishi shu bilan birga qoplashning maksimal summasi bo’yicha cheklovlar qo’yishi kerak. Tasavvur qilish mumkinki, sug’urtalovchi va sug’urtalanuchi o’rtasida innovatsion risklarni sug’urtalash bo’yicha shartlashuvlar qiyin kechadi.
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada sug’urta ko’magi istiqbolli bo’lgan innovatsion tarmoqlar sifatida harbiy- sanoat kompleksi, atom sanoati va kosmik soha maydonga chiqadi, chunki Rossiya bu tarmoqlarda an’anaviy raqobatga ega, bunday sohalardagi katta risklarning mavjudligi esa o’zida mamlakat xavfsizligi bo’lgan yuqori tahdidni o’z ichiga oladi.
Sug'urtalash nafaqat innovatsion risklarni kamaytirish metodi balki iqtisodiyotni innovatsion aktivligini oshirishga xizmat qiladi.Innovatsiyalarni rag'batlantirish uchun shunday metodlarni ishlatish mumkinki, ya’ni innovatsion korxonalarnin sug’urta badallariga , shu jumladan, innovatsion korxona tomonidan ishchilarga to’lanadigan majburiy pensiya, tibbiyot va ijtimoiy sug’urta to’lovlariga imtiyozlar qo’llashdir.
Ta'kidlash joizki, oxirgi yillarda xorijiy mamlakatlarda o’z ichiga shaxsiy,mulkiy uchinchi shaxs oldidagi javobgarlik rislarini o’z ichiga oladigan kompleks innovatsion risklarni sug'urtalash tendentsiya bo’lishiga qaramasdan, xorijiy amaliyotda innovatsion risklarni sug’urtalash tizimida mulkiy sug’urtalash keng tarqaldi.
Chet el amaliyotida innovatsion risklarni sug'urtalashning turlari uzoq vaqtdan beri rivojlanmoqda. Masalan, axborot sug'urtasi jahon bozoridagi eng katta kompaniya bo’lib, 130 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat ko’rsatuvchi
American International Group (AIG) hisoblanadi.Bu kompaniya ushbu soha bozorining taxminan 70% ni tashkil etadi, 2002 -yil boshiga taxminan 1.5mingta axborot riski sug’urta polislarini sotgan [4].
AQSHda intellektual mulkni sug'urtalash faol rivojlanmoqda.Hozirgi vaqtda intellektual mulkni sug'urtalash Yevropa va Amerika Qo'shma Shtatlarida sug’urta qoplamalari ikkita asosiy turga bo'linadi: sud xarajatlarini sug’urtalash ( legal expenses)-qidiruv ishlari bo’yichava javobgar ishlari bo’yicha –patent qiymatini himoyalash sug’urtasi( value protection). Bir qator kompaniyalar
sudlanuvchining ishi bo'yicha sud xarajatlarini sug'urta qilishning sug’urta qoplamalarini taklif qilmoqdalar [5].
Boshqa mamlakatlarga innovatsiyalarning kirib kelishi siyosiy risklar bilan bog'liq.Bunday holda, yangi mahsulot emas,balki yangi xaridor innovatsion hisoblanadi. Sug’urtaning ushbu turidagi xususiy sektorning mavjud bo’lishi uzoq vaqt davomida e'tiborsiz qoldirildi. Faqatgina Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Lloyd sindikatlarini siyosiy risklarni sug’urtalashga qabul qilishdi. AIG doimiy ravishda siyosiy risklarni sug’urtalashdagi birinchi kompaniyalardan biri bo’ldi. Birinchi bo’lib xorijiy investitsiyalarni davlat sug’urtalash tizimi AQSHda, keyinchalik esa Germaniya va Yaponiyada tashkil topdi. Hozirgi vaqtda AQSHda ushbu sug'urta turi bilan OPIC (Overseas Private Investment Corporation) shug’ullanadi. Keyinchalik xususiy kompaniyalar o'zlarining siyosiy risklarni sug’urtalash bozoridagi mavqeini topdilar. Investitsiyalarning siyosiy risklarini baholashda ko’plab faktorlarning, ya’ni hukumat barqarorligi, muxolifat ta'siri, ishlab chiqarish dinamikasi, to'lov balansi holati, kutilayotgan inflyatsiya dinamikasi,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvining darajasi, kapitalni tartibga solish qoidalari va boshqalar tahlilini o’tkazish zarur.
Xorijda ekologik risklarni sug'urtalashga katta e'tibor qaratiladi.Rivojlangan mamlakatlarda, masalan, Germaniyada riskni sug'urtalamaydigan kompaniyalar biznes qila olmaydi, chunki boshqalar u bilan biznes hamkorlik qilmaydi, atrof muhitni sug'urtalashning preventiv funktsiyasi ayniqsa bu yerda yorqin namoyon bo'ladi [6].
Rossiya sug’urta amaliyotiga innovatsion risklarni kiritish quyidagi qiyinchiliklarga olib keladi : kuchli statistik bazaning yo'qligi va sug'urta hodisasining yuzaga kelishi ehtimolini hisoblashning iloji yo’qligi va qiyinligi; barqaror va yaxshi o'rganilgan sug'urta turlari bilan shug'ullanishni afzal ko’ruvchi Rossiya sug'urtalovchilarinining konservatizmliligidir. Tasavvur qilamizki,bu sug'urta turlarini amalga oshirishda sug'urtalovchi miqdori yigirma foizdan ko'proq franshiza ( zararning to’lanmagan miqdori) kiritishni talab qiladi va minimum bir nechta qayta sug'urtalovchilarning xizmatlariga murojaat qiladi. Sug'urtalovchi uchun bunday sug'urta turlarining foydaliligi shubha tug'diradi. Venchur moliyalashtirish o'z-o’zidan o'ta riskka to’la va zararli hisoblanadi, bu esa har qanday sug'urta qiluvchining xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada faqatgina yirik yuridik shaxslar asosiy innovatsion sug'urtalovchilar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari shunisi ma’lumki yirik sug’urtalovchilar o’zlarining manfaatlarini himoya qilishda yuqori davlat darajasida katta imkoniyatlarga ega. Ular to'g'ridan-to'g'ri hukumat yordamini afzal ko'radi, bu vaqtda esa kichik va o'rta innovatsion biznes subyektlari sug’urtalashga tog’ridan-to’g’ri manfaatdorlar,ammo ko’pincha bunga mablag’lari yetmaydi, sug’urta kompaniyalari esa birinchi navbatda kichik va o’rta biznes subyektlariga ishonishmaydi, sababi ularni jozibador mijoz sifatida qabul qilishmaydi.
Rossiya sug'urtachilari avvalo,eng qisqa vaqt ichida maksimal foyda olishga moslashgan va shuning uchun uzoq vaqt innovatsion loyihalarni amalga oshirishdagi uzoq muddatli investitsiya daromadlari ular uchun jozibador emas [7].
Rossiya iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy istiqbolli sohalari va yuqori ustunlikka ega milliy loyihlarni amalga oshirishda sug’urta katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Rossiya sug'urta kompaniyalari "Salomatlik" loyihasi doirasida sog'liqni saqlash tuzilmalari infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini himoya qilishni ta’minlovchi turli xil sug’urta dasturlarini taklif qilishi mumkin:qurilish-montaj risklarini sug’urtalash, tibbiy asbob-uskunalarni sug'urtalash, tezyordam mashinalari sug'urtasi va hk. Bundan tashqari, ipoteka risklarini minimallashtirish mexanizmi sifatida sug’urtaning rolinining muhimligiga shubha yo'q. Ipoteka kreditlash tizimida sug'urta kompaniyasi faqatgina bitta sug’urta turi bilan chegaralanmaydi. Odatga kora, kompleks ipoteka sug’urta shartnomasi standartlari doirasida,quyidagi risklardan himoya taqdim etiladi: mulkiy risklar, o'lim riski va qarz oluvchining mehnat qobiliyatini yo'qotish riski,mulkchilik yo'qolishi riski. Qishloq xo'jaligining riskini kamaytirishda sug’urtaning roli yuqori.
So'nggi paytlarda rus amaliyotida innovatsion risk deb atash mumkin bo’lgan ko’pgina alohida risklarni sug’urtalash hodisalari uchrab turibdi.
Agar bir necha yil oldin sug'urtalovchilar ishonchli va yirik mijozlar bilan shuningdek, sug’urtaning an'anaviy turlari bilan shug'ullanishni afzal ko’rgan bo’lsalar, bugungi kunda sug'urtaning yangi turlari va yangi obyektlarga investitsiya qilishning sug’urta zaxiralari paydo bo’ldi.Rossiyalik sug'urtalovchilari asta-sekin shu bilan birgalikda doimiy ravishda o’zini faoliyatini diversifikatsiya qilmoqda. Hozirgi vaqtda sug’urta kompaniyalarining modernizatsiyalashuvi yaqqol namoyon bo’lmoqda,
Rossiyada innovatsion risklarni sug'urtalovchi kompaniyalar paydo bo’lmoqda.Misol uchun2008- yilda shahar sug'urta kompaniyasi (GSK) o'zining yuqori texnologiyalar va birinchi navbatda nanotexnologiyalar bog’liq risklarni sug'urtalash niyyati borligini e'lon qildi [8].
Rossiya sug'urta kompaniyalari o’zlari uchun keng sug'urta maydoniga yo’l ochadigan olimpiada o’yinlarining 2014- yilda Sochida o'tkazilishi to'g'risidagi qarorni mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Innovatsion sug'urtalashning yanada yorqin namunalarini keltirib o’tamiz, 2008 yilda Rossiya yadroviy sug’urta puli (RyaSP) va FGUP “ Atomflot” atom energiyasini ishlatish obyektini eksploatatsiya qiluvchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini birgalikda sug’urta qilish haqidagi shartnomani imzolashdi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlari bo’lib, atom muzlatuvchilari va atom- texnologik ta’minotining kemalari hisoblanadi. Har bir obyekt bo’yicha javobgarlik RYaSPga tegishli 22 ta sug'urta kompaniyalari o'rtasida taqsimlangan. Rossiya yadroviy sug'urtalash puli 1997 yilda tashkil etilgan., hozirgi vaqtda uning korxona va tashkilotlarining mulkiy manfaatlari sug'urta himoyasini tashkil etish bo'yicha yanada faollashmoqda; shu bilan birgalikda sug'urta puli tarkibiga kiruvchi kompaniyalar odatda eng yuqori darajali ishonchlilik reytingiga ega [9]. 2009 yilda S.A. Chapliagin nomidagi aviatsiya instituti Novosibirskdagi o’tkaziladigan "Sukhoi" samolyotlarini sinovdan o'tkazish bo'yicha barcha risklarlardan sug'urta qildi. Ushbu fakt o’z ichiga sezilarli miqdordagi yangi konstruktorlik qarorlar va yangi texnologiyalarni oluvchi obyektlarni sug’urtalashning yorqin namunasi hisoblanadi [10].
Rossiya amaliyotiga innovatsion risklarni sug'urtalashni tadbiq etishning barcha muammolariga qaramasdan, ko’rinib turibdiki Rossiyada sug'urtalashga bo’lgan talab obyektivdir, lekin ertami-kechmi albatta o’zlarining risk va imkoniyatlarini savodli baholaydigan, innovatsion risklari sug’urtasi rivojlanishini foydasini anglab yetadigan, sog’lom fikrlovchi tadbirkorlarning qatlami vujudga keladi va shunda sug’urtaning ushbu turi amaliyotga munosib tadbiq etiladi.
Download 23,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish