Rossiyada 18-asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702 yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq
tillarini oʻqitish joriy qilindi.
18-asrning 2-yarmidan shahrini ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan
Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma
yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik Peterburg kabi
shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi,
dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni
tarjima va tadqiq etish ilmiy shahrining shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqggacha ilmiy
shahrining asosiy va yagona sohasi Sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash,
kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash,
garjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik
qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar
buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.
Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero unda tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma
manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida
shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy,
Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan
asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq
filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan
yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.
Qad. fors tilidan "Avesto" fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mix xatlar, Misr iyerogliflarini
oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845)
shahrilarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari —
Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi.
Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan
yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.
Rossiyada G.S. Lebedev Yevropada birinchi boʻlib sanskrit grammatikasini tuzdi (1801). 19-
asr sharqshunoslaridan eng mashhuri N.Ya. Bichurin boʻlgan. Untlarda Sharq tillari oʻqitishni
M.V.Lomonosov taklif qilgan edi. 1807 yildan Qozon unti, 1819 yildan Peterburg untida
sharqshunoslar tayyorlana boshladi. 1818 yil Peterburgda Osiyo muzeyi ochildi.
19-asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saklanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va
kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. "Islom ensiklopediyasi" (4 tilda) nashr
etildi. 1873 yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan
boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar
Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy
qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.
Rus sharqshunoslari shahrining yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik,
kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N.
Berezin, M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid
yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O.I.
Senkovskiy, X.D. Fren, V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Mongoliya,
Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr
ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari
juda koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I.
Veselovskiy, V.V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geogr. siga oid
asarlar yaratdilar. B.A. Turayev qadimiy Sharq tarixi boʻyicha rus maktabining asoschisidir.
Qozon, Peterburg va Moskva untlari, Moskvadagi Lazarev Sharq tillari instituti, Odessadagi
Rishelye litseyi, Vladivostokdagi Sharq instituti va boshqalar bir necha oʻquv yurtlarida
sharqshunoslar tayyorlandi. Sharqshunoslarning tadqiqotlari, asarlari "Aziatskiy vestnik"
(1825—27), "Zapiski Vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestva" (1887
— 1921), "Mir islama" (1912—13) jur. larida chop etilgan.
20-asr boshlarida yirik rus sharqshunoslari yangi ochilgan Sh. markazlarida ish olib bordilar.
N.Ya. Marr, S.F. Oldenburg , F.I. Sherbatskoy, B.Ya. Vladimirsov, V. V. Bartold, I. Yu.
Krachkovskiy, V.V. Struve va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. 1930 yil Osiyo muzeyi va
boshqalar Sh. tashkilotlari asosida SSSR FA Sharqshunoslik instituti tuzildi. SSSR FA va
respublikalar FA lari tizimlarida Sh. muammolarini oʻrganuvchi yangi markazlar (SSSR FA
Tinch Okeani instituti, OʻzSSR FA, OzSSR FA, GruzSSR FA, TojSSR FA Sharqshunoslik ilmiy
tekshirish institutlari, respublika FAlarning tarix, adabiyot va til intlari, shuningdek, boshqa
respublikalar akademiyalari Sh. boʻlimlari) tuzildi.
Leningrad, Toshkent, Dushanba, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq
qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. 20-asrning 40-yillarida Moskva unti Tarix va filologiya
ftida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi untlarida
Sharq ftlari ochildi.
1957 yil Moskvada "Sharq adabiyoti" (1964 yildan "Nauka") nashriyoti tuzildi. "Sovetskoye
vostokovedeniye" (1955; 1959—61 yillarda) "Problemn vostokovedeniya", 1961 yildan "Narodi
Azii i Afriki" va "Sovremennga Vostok" (1957; 1961 yildan "Aziya — Afrika segodnya") jur.lariga
asos solindi. 1957 yil Toshkentda Butunittifoq sharqshunoslarining 1-konferensiyasi boʻlib
oʻtdi. 50—60-yillarda koʻp jildli "Vsemirnaya istoriya" ("Jahon tarixi")ning Sharq tarixi boʻlimlari,
Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Sharqiy Osiyo, arab mamlakatlarining yangi va eng yangi
tarixi, oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar, mustamlaka tizimining krizisi va inqirozi,
muammolari hamda Sharqdagi mustaqil davlatlarning iqtisodiy rivojlanish muammolariga oid
yirik, umumlashgan asarlar nashr etildi. Sharq mamlakatlari tarixi boʻyicha I.M. Reysner, B.N.
Zaxoder, YEA. Belyayev, V.B. Lutskiy, A.L. Galperin, AA. Semenov, Yu.V. Gankovskiy, L.I.
Duman, I.M. Dyakonov, I.P. Petrushevskiy, O. Bolshakov va boshqalar yirik asarlar yozganlar.
Sharq adabiyotshunosligi rivojlandi. "Literatura Vostoka" ("Sharq adabiyoti") seriyasi vujudga
keldi. "Istoriya mirovoy literaturm"ning Sharqqa oid qismlari yozildi; "Pamyatniki literaturm
narodov Vostoka" (matn va tarjimalar) nashr etilmoqda.
20-asrning 2-yarmida qadimiy qoʻlyozma yodgorliklarni tadqiq qilishda ham katga
muvaffaqiyatlarga erishildi. Bir necha dialektlar tadqiq qilindi va turk, kavkaz, moʻgʻul, fors,
somiy va boshqalar tillar boʻyicha ilmiy grammatikalar, lugʻatlar va ularga oid asarlar yaratildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharq davlatlarida boʻlgan tarixiy oʻzgarishlar chet el Sh.
tadqiqotlarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Mustamlaka qilingan davlatlardagi siyosiy va
iqtisodiy jarayonlar Sharq davlatlaridagi gumanitar fanlarning rivojlanishiga, shahrida
tadqiqotlar mavzuining dolzarblashuviga olib keddi. Sharq davlatlarida olib borilayotgan
arxeologik qazish ishlari shahrining rivojlanishiga ayniqsa muhim hissa qoʻshmoqda.
Qad. Sharq tillari — shumer, xett, urartu, ugarit, xatt, elam, toxar tillarida matnlarni oʻrganish
keng yoʻlga qoʻyildi. Axomaniy matnlari, pahlaviy, sugʻd, xoʻtan, qumron, toxar tillarida yozilgan
matnlar toʻplami chop etildi. Oʻrta asr tarixi, adabiyoti, fani va madaniyatiga oid yodgorliklarni
toʻplash, oʻrganish va nashr etishda katta ishlar qilingan boʻlib, bu jarayonlarni yevropalik
sharqshunos olimlar boshlab bergan edi. Yevropa Sh.iga xos boʻlgan mukammal va puxta
ilmiy tekshirish anʼanalari hozirda ham davom etib kelmoqda. MXR va KXDR olimlari oʻrta
asrning istoriografiyasiga oid eng muhim qoʻlyozmalarni, 50-yillarda XXR tarixchilari Xitoyning
yangi va eng yangi tarixiga oid hujjatlar toʻplamini nashr etdilar. Yapon tarixchilari — S. Xattori,
G. Xachi va boshqalar Yaponiya tarixini tadqiq qildilar.
Urushdan oddin va urushdan keyingi oʻn yilliklarda Sharqning jonli tillarini tadqiq etish
quchaydi. Dialektologiya, tillarning tasnifi va rivojlanishiga oid asarlar yaratildi.
Oʻzbekistonda shahrining rivojlanishi, asosan, uch Sh. markazi — Oʻzbekiston FA Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti va Toshkent
Islom universiteti faoliyati bilan bogʻliq. FA Sh. institutining ilmiy yoʻnalishi institut fondida
toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va
qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga
tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida i.t. ishlari yaratish, Sharq
xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol
qoʻrsatishdir. Toshkent Sharqshunoslik intida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga
Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari
ham olib boriladi. Toshkent Islom untida islom dini tarixi, iqtisodi, huquqshunosligi, arab tili va
boshqalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi va mazqur sohada ilmiy tekshirish olib
boriladi. Islom dini va u bilan bogʻliq masalalar shahrining muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Oʻzbekiston shahrining shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov,
S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov,
S. Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh.
Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov,
M.B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir
Oʻzbekistonda Sh. boʻyicha "Sharqshunoslik" almanaxi (1991 yildan), "Sharq mashʼali", "Mayak
Vostoka" va "Imom Buxoriy saboklari" kabi jur. lar chop etilmoqda.
Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004 yil Moskva shahrida boʻlib
oʻtdi.
Hozir dunyoning turli mamlakatlarida 1000 dan ortiq ilmiy tekshirish markazlari, oʻquv
assotsiatsiyalari, universitet va boshqalar oliy oʻquv yurtlari sharq fakultetlari bilan birga Sh.
boʻyicha tadqiqotlar olib borib, sharqshunos kadrlarni tayyorlamoqda. Ularning koʻpchiligi
oʻzining davriy nashrlariga ega.
Bartold V.V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, L., 1925; Oʻrinboyev A.,
Ahmedov A., Mannonov B., Sharqshunoslikning dolzarb muammolari, T., 1995;
Abdusamatov M., Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1996.
Bahrom Abduhalimov, Surayyo Karimova.
Do'stlaringiz bilan baham: |