Ko‘pgina mutaxassislar birinchi o‘zbek lotin alifbosi XX asrda o‘zbek tili uchun ishlab chiqilgan barcha yozuv loyihalari ichida eng qulayi bo‘lgan deb hisoblaydi. Buning sababi – alifbo fonetik prinsipga asoslangan va tilning fonetik kartinasini to‘liq aks ettirgan. Jumladan, o‘zbek tilidagi singarmonizm hodisasini va unlilarni aks ettirish uchun to‘qqizta harf qabul qilingan.
Ma’lumot uchun:
Bugungi o‘zbek tilida ishlatiladigan “o” tovushi lotin alifbosida yo‘q edi. “O” harfi bugungi “o‘”day o‘qilardi. “O” tovushi esa “a” harfi bilan ifodalanar edi. Shunday qilib, quyidagi rasmda aks etgan roman so‘zi “ro‘mon”, Çolpan so‘zi esa “Cho‘lpon” o‘qiladi.
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani. 1936-yil.
Foto: Zaynobiddin Abdurashidov
Do'stlaringiz bilan baham: |