Rossiya hukmron doiralarining Turkiston yerlariga g‘arazli maqsadlarda ko‘z olaytirishlari hali oikada shayboniylar hukmronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan



Download 19,65 Kb.
Sana25.02.2021
Hajmi19,65 Kb.
#60018
Bog'liq
8-маъруза(1-u)


Rossiya hukmron doiralarining Turkiston yerlariga g‘arazli maqsadlarda ko‘z olaytirishlari hali oikada shayboniylar hukmronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan. Kavkaz, Volgabo‘yi, Sibir va 0 ‘rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy va asriy orzusi bo‘lgan. «Grozno‘y» laqabi bilan mashhur boigan Ivan IV ning Moskva uchinchi Rim, to‘rtinchi Rimning esa boiishi mumkin emas, degan so‘zlaridaana shu maqsad ro‘y-rost aks etgandi. Shu orzuni amalga oshirishni Ivan «Grozno‘y»ning o‘zi boshlab beradi, 1553-yili Qozon va 1556-yilda Ashtarxon xonliklarini bosib oladi. Moskvadavlati 1581-yilda Sibirdagi musulmon podsholigiga hujum qilib, uni zabt etadi. Rus davlati 0 ‘rta Osiyo mintaqasiga ko‘z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng koiamda josuslik ma’lumotlarini to‘play boshlaydi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshchiligi dagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon bo’ladi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar 1558-1559-yillarda, Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov 1621-yilda Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan oikani o‘rganish va josuslik ma’lumotlarini to‘plash maqsadida kelgan edilar. Lekin Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlanadi. U o‘zining Sharqqa nisbatan tajovuzkorlik siyosatini, O‘rta Osiyo va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o‘tirmaydi. «Sharq bilan aloqada Qozog‘iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab mablag‘ sarflasa ham Qozog‘istonni bo‘ysundirish yoki hech bo‘lmasa u yerda Rossiya ta’sirini o‘rnatish zarurdir», deydi Pyotr I.

Xususan, rus elchisi o‘z shohiga shunday maslahat beradi: «Agar Siz o‘z xazinangizni yana boyitish niyatini hosil qilsangiz Chor atrofdan ko‘p xavf tug‘ilmasligi ayon. Chunki, Xiva, Buxoro o‘zbeklari, shuningdek Paytxon (atxoy)lar ham birbirlari bilan urushib turadilar. Faqat hindlar tinch, ammo

ularning ham knyazlari o‘zaro urishishadi. Toshkentliklar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar hech qachon Sizga xalaqit bermaydilar».1 «Aytishlaricha, - deb yozadi A.S.Pushkin, - Pyotr I o‘limi oldidan ikki narsani amalga oshira olmagani uchun armon bilan ketayotganini aytgan; Prut yonidagi jangda Turkiyadanyengilganini va Bekovichning o‘limi uchun Xivadan o‘ch ololmagani uchun qattiq afsus chekkan.»2

O‘rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zamonidayoq Qozog‘istonning zabt etilgan hududlarida harbiy qal’alar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717-yilda Omsk, 1718- yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kamenogorsk, 1742-yilda

Orenburg qal’alari quriladi. Faqat XVIII asrning o‘zida Chor ma’murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog‘iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal’a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning boshlarida har uchala Juzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostida og‘ir ahvolga tushib qoladi.

1723-yilda ro‘y bergan og‘ir ocharchilik qozoqlarning o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf ostiga solib qo‘yadi. Oqibatda katta Juz jungarlarga siyosiy qaram bo‘lib qoladi. O‘rta Juz Buxoroga ko‘chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning

bir qismi esa Xiva xonligiga tobe bo‘ladi. Bunday og‘ir vaziyat Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxonni o‘z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor hokimiyati bilan yaqinlashuvga majbur etadi. Ana shu tariqa 1731- yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o‘tadi.3 Bu Pyotr I orzu-armonlarining ro‘yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari

chor mustamlakachi ma’murlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq Yevropadagi davlatlar o‘rtasidagi vaziyatning tobora taranglashib va chigallashib borishi, rus-turk urushi (1806- 1812), rus-shved urushi (1808-1809), rus-fors urushi (1805-1813)

va nihoyat Napoleonga qarshi 1805-1812-yillardagi to‘qnashuv va urush, qolaversa, chor samoderjaviyasiga qarshi dekabristlar nomini olgan dvoryanlar qo‘zg‘oloni va uni bostirish chor hukumatining Turkistonga nisbatan bosqinchilik siyosatini ma’lum muddatga ortga cho‘zilishiga sababchi boiadi. Biroq 1830- yillardan ma’lum darajada Yevropadagi janjalli voqealardan qo‘li bo‘shagan chor hukumati yana o‘zining ayg‘oqchilik va yovuzlik niyatlarini 0 ‘rta Osiyo hududlariga qaratadi.

Ost-Hindiston kompaniyasi Buxoro amirligi va Xiva xonligiga Rossiyaga qarshi ittifoq tuzishni taklif qiladi va birlashib Rossiya tajovuziga qarshi kurashishni tavsiya etadi. Lekin bu takliflar amalga oshmaydi. Inglizlaming O‘rta Osiyoni bosib

olishdan iborat rejasining amalga oshuviga Hindiston bilan o‘zbek xonliklari o‘rtasida joylashgan Afg‘oniston to‘siq bo‘ladi. Hatto 1838-1842-yillarda va 1878-1880-yillarda inglizlar bilan Afg'oniston o‘rtasida ikki marta urush ham kelib chiqadi. Ammo inglizlar afg‘on xalqining qarshiligini bostira olmaydilar. O‘z milliy

mustaqilligi uchun kurashga otlangan xalqni yengib bo‘lmasligini o‘sha davr ingliz-afg‘on urushlari ochiq-oydin ko‘rsatadi. Albatta, Rossiya hukumati inglizlarning ishtahasi karnay bo‘lib O‘rta Osiyoga intilayotganligiga befarq qaray olmasdi va bu hududlarni tezroq egallash ishtiyoqida yonardi. Chor Rossiyasining Turkistonni

bosib olishi podsho Aleksandr II hukmronligi davrida nihoyatda tezlashdi. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi to‘rt bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 1847-yildan boshlanib 1865- yilga qadar davom etadi. Bu bosqichda Qo‘qon xonligiga qarashli hududlar bosib olinadi. Ikkinchi bosqich 1865-yildan boshlanib

1868-yilga qadar davom etadi. Bu davrda Toshkent va Buxoro amirligi hududlari bosib olinadi. Uchinchi bosqich 1873-1879- yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Xiva va Qo‘qon xonligi hududlari chor qo‘shinlari tomonidan zabt etiladi. To‘rtinchi bosqich 1880— 1885-yillar bu davrda hozirgi Turkmaniston yerlari bosib olinadi.

Rossiya davlatining Turkiston yerlarini bosib olishga intilishining yangi to‘lqini 1847-yilda boshlandi. Shu yili Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyi - Raim egallanib, Orol harbiy qal’asi barpo qilinadi. Orenburgda «Nikolay» va «Konstantin» degan kemalar qurilib, ular bo‘lak-bo‘lak holga keltirilib Orol dengiziga tushiriladi. Oq masjid (Qizil 0 ‘rda), Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Pishpek, To‘qmoq va boshqa shaharlarda Qo‘qon xonligining harbiy istehkomlari mavjud edi. 1852-yilda chor qo‘shinlari Oq masjidga hujum qiladilar, lekin uni qo‘lga kirita olmaydilar. 1853-yilda general Perovskiy boshchiligida ikki ming

askardan ortiq qo‘shin Oq masjidga ikkinchi marta hujum uyushtiradi. 22 kunlik qurshov va jangdan so‘ng chor askarlari istehkomni egallaganlar. Qal’a himoyachilaridan 74 kishi tirik qolgan xolos. Chor qo‘shinlaridan bor yo‘g‘i 25 kishi halok boigan va 46 kishi yarador qilingan. Istehkomga «Perovskiy forti» nomi

berilgan. Oq masjiddagi mag‘lubiyat Qo‘qon xonligini qattiq tashvishlantirdi. Tezlik bilan Toshkentda kuch to‘planib hokim Sabdalxo‘ja boshchiligida 8 ming askarlik qo‘shin va ko‘ngillilar Oq masjidni qaytarib olish uchun yo‘lga chiqadi. Lekin ikki

o‘rtadagi jangda ular yengiladilar. Vatan himoyachilaridan 192 kishi halok bo‘ladi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari yaradorlarni 92 tuyaga ortib orqaga chekinishga majbur bo‘ladilar. 1853-yilning dekabr oyida Yoqubbek boshchiligidagi 13 ming kishilik qo‘shin Oq masjidga kelib yana dushman bilan to‘qnashdi. Yurt himoyachilaridan bu jangda mingga yaqin kishi o‘ldirildi va yarador qilindi. Bosqinchilar faqat 55 askarlarini yo‘qotdilar. Bunday ketma-ket mag‘buliyatlar Vatan himoyachilari ruhini tushirmadi. Ular 1855-yilda yana 1500 kishilik qo‘shin bilan Oq masjidga otlandilar. Ammo chor qo‘shinlariga yangi kuchlar kelib qo‘shilganini eshitib, orqaga qaytdilar. 1854-yilda Olmaota o‘rnida Verniy harbiy qal’asining

qurilishi Turkistonni egallashda hal qiluvchi o‘rin tutgan istehkomlardan bo‘ldi.

1862-yilda «Russkiy vestnik» oynomasi sahifalarida ham Turkiston yerlarini bosib olishga da’vat etuvchi bir qator shovinistik g‘oyadagi maqolalar bosilib chiqarildi. «Golos» deb ataluvchi liberal oynoma esa Hindistonni mustamlakaga aylantirgan inglizlardan namuna olishga da’vat qiladi, «Kaspiyni rus dengiziga aylantirish, 0 ‘rta Osiyoning ko‘chmanchi elatlarini o‘troq yashashga o‘rgatish, bu saxroyilar bilan pachakilashib o‘tirmay, ularni hattoki terror qilishga chaqirdi. Harbiy vazir D.A.Milyutin harbiy yurishlarning doimiy tarafdori edi. Shu bois u 1864-yil oktabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan podshoh uchun tayyorlangan agressiv xarakterdagi ma’ruza matnini

batamom ma’qulladi. Bu matnda Rossiyaning Sharqqa intilishi oqlanadi, «Yarim yowoyilar» qabilalari bilan to‘qnashib qolgan damlarda o‘ta tinchliksevar siyosatni saqlab qolishning imkoni yo‘qligi xususida, Qo‘qon xonligining tabiiy boyliklari bo‘lmish paxta, ipak, qimmatbaho ma’danlar to‘g‘risida gap boradi. Xullas,

oltmishinchi yillar boshlarida Turkistonni bosib olish bo‘yicha harbiy harakatlarni olib borolmaydilar. Qrim urushidagi mag‘lubiyat O‘rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategic jihatdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Rossiya O‘rta Osiyo uchun olib boriladigan raqobatli kurashda Buyuk Britaniya qirolligini nafaqat siyosiy-iqtisodiy va strategic jihatdan balki harbiy jihatdan ham mag‘lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi magiubiyat tufayli xalqaro maydonda

bo‘shashib qolgan obro‘sini tiklashi ham mumkin edi. Chunki hind xalqining butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo‘rlik bilan bostirilgan 1857-yilgi qo‘zg‘oloni Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mavqeyi uncha mustahkam

emasligini ko‘rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari o‘rtasida 0 ‘rta Osiyo muammosini tezroq hal qilishga chorlovchi xat, da’vat va takliflar 1860-yillarda tez-tez ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Jumladan, Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida «0‘rta Osiyo mulkiga hukmronligimizni

o‘rnatishimiz uchun albatta Turkiston va Toshkentni egallashimiz shart» deb ko‘rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo‘lga kiritish Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan boorish uchun albatta zarurdir. 1862-yilda «Russkiy vestnik» oynomasi sahifalarida ham Turkiston yerlarini bosib olishga da’vat etuvchi bir qator shovinistik g‘oyadagi maqolalar bosilib chiqarildi. «Golos» deb ataluvchi liberal oynoma esa Hindistonni mustamlakaga aylantirgan inglizlardan namuna olishga da’vat qiladi, «Kaspiyni rus dengiziga aylantirish, 0 ‘rta Osiyoning ko‘chmanchi elatlarini o‘troq yashashga o‘rgatish, bu saxroyilar bilan pachakilashib o‘tirmay, ularni hattoki terror qilishga chaqirdi. Harbiy vazir D.A.Milyutin harbiy yurishlarning doimiy tarafdori edi. Shu bois u 1864-yil oktabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan podshoh uchun tayyorlangan agressiv xarakterdagi ma’ruza matnini batamom ma’qulladi. Bu matnda Rossiyaning Sharqqa intilishi oqlanadi, «Yarim yowoyilar» qabilalari bilan to‘qnashib qolgan damlarda o‘ta tinchliksevar siyosatni saqlab qolishning imkoni yo‘qligi xususida, Qo‘qon xonligining tabiiy boyliklari bo‘lmish paxta, ipak, qimmatbaho ma’danlar to‘g‘risida gap boradi. Xullas, oltmishinchi yillar boshlarida Turkistonni bosib olish bo‘yicha tini davom ettirib, shahar va qishloqlarni birin-ketin egallab boradi. Avliyoota va Turkistonning dushman tomonidan zabt etilishi butun Qo‘qon xonligini oyoqqa turg‘azdi. Toshkent shahri chorizm bosqinchilariga qarshi kurashning markaziga aylandi. Bu

yerga Marg‘ilondan, Yusufbek, Xo‘janddan Mirza Ahmad Qushbegi qo‘mondonligida qo‘shinlar, Andijon, Namangan, O‘sh va boshqa joylardan harbiy qismlar keltiriladi. To‘plangan qo‘shin va xalq qasoskorlariga Qo‘qon xonligining lashkarboshisi mulla Alimqul boshchilik qiladi. Vatanparvar kuchlar to‘plangach duo fotiha olib Chimkent tomon ravona bo‘ladilar. Chimkentda bir kecha-kunduz qattiq jang bo‘ladi. Muhammad Solih o‘zining «Tarixi jadidi Toshkand» asrida

yozishicha: «So‘ngra to‘rt tomondan askarlar otdan tushdi va karnay sadolari ostida rus askarlariga qarshi hujumga o‘tiladi. Himoyachilar 2-3 ming qadam yugurgach, dushmanning to‘p va miltiqlaridan yomg‘irdek yog‘ilgan o‘qlar ostida qoldilar».

Oqibatda 12 ming kishi halok boiadi va yaralanadi. Ammo general Chernyayev boshchiligida chor qo‘shinlari urushni davom ettira olmay Turkistonga qaytishga majbur bo‘ladi. Jinay degan joyda bo‘lgan jangda ham vatanparvarlarning qo‘li baland keladi. Vatan himoyachilari Iqon qal’asi uchun bo‘lgan jangda ham

g‘alabaga erishadilar. Alimqul boshchiligida yurt himoyachilari urushni davom ettirish maqsadida tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarxonning Qo‘qonga hujum qilganligi to‘g‘risida xabar oladi. Natijada lashkarboshi Alimqul qo‘shinning katta bir qismini Chimkentda qoldirib o‘zi Qo‘qonga qaytishga majbur bo‘ladi. Albatta bu hoi dushmanga qo‘l keladi

va Chernyayev 1864-yil 21-sentabrda Chimkentni jang bilan egallaydi. Shahar mudofaachilaridan ko‘p kishi qirib tashlanadi. Shu paytga qadar ikki yo‘nalishda mustaqil harakat qilib kelgan chor armiyasining ikki qo‘shini Chimkent shahrida tutashadi. Istilo qilingan yerlar hisobiga 1865-yilda Orenburg generalgubernatorligi

tarkibida Turkiston viloyati tashkil etiladi; uning tepasiga general Chernyayev qo‘yiladi.

XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiysiyosiy hayotida jadidichilik harakati keng quloch yoyib rivojlandi. «Jadid» so‘zi arabcha yangi usul degan ma’noni anglatadi. Jadidchilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma’rifiy harakatning, ya’ni eski maktablarning qiyin o‘qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan yangi uslub (metod) asosida o‘qitishga o‘tishdangina iborat emasdi, ayni chog‘da turk-islom huquqiy munosabat larining millatga o‘rgatilishi, milliy-ma’rifiy, taraqqiyot va milliy istiqlol muammo larini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan turli oqimlar va Turkiyadagi «Ittihodiy va taraqqiy», «Yosh turklar» harakatining ta’siri katta bo‘ldi. XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik harakat jarayoni asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo‘nalish chor Rossiyasiga qarshi kurashni turlicha g‘oya va yo‘nalishlarda olib borish maqsadida Rossiyaning o‘zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning vakillari edilar. Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr to‘ntarilishiga qadar ham o‘lkada siyosiy partiya o‘laroq uyushib shakllanmagan edilar. Chunki ular oz sonli va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning vakillaridan iborat bo‘lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga ham ommaviy sur’atda ergashmagan, ularni qo‘llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga a’zo bo‘lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa bo‘lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g‘ayridin-kofirlar deb, bosqinchimustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarningdastur maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g‘oyasi va saviyasidan yiroq bo‘lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va ularni qabul qilmaganlar. Hali oktabr to‘ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir

guruh andijonlik jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo‘llab, ularning g‘oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi o‘zlariga singdira olmasliklarini bayon qilgan edilar. «Sizning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi, - deyiladi o‘sha xatda. - Shuning uchun kelguvsi davlatchilik hayotini



birdaniga umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo‘llab bo‘lmaydi ... Bizda sizning sof ruscha ma’nodagi dehqonlar yo‘q. G‘arbiy Yevropacha ma’nodagi fermerlar va ijarachilar yo‘q. Bizda erkin dehqon yashaydi. Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas va balki ijarachi fermer ham bo‘lmagan, erkin mulkdor bo‘lib kelgan. Muqaddas islom bizni hech qanday tabaqalarga va sinflarga bo‘lmagan. Shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh mulkdor bo'lishidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar».1

Sotsial-demokratlarda birlik bo‘lmagan, ular ikki guruhga bo’lingan edilar. Bir guruhi bolsheviklar, ikkinchi guruhi esa mensheviklar deb atalgan. Ular bir-birlarini inkor etganlar.
Download 19,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish